97
Kirish
Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad
ta`lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish,
talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini olish, ularni
aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Talabalarning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting
tizimi asosida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
Har bir fan bo‘yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi
100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha
taqsimlanadi:
yakuniy nazoratga – 30 ball;
joriy va oraliq nazoratlarga – 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan
holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi
na‘munaviy mezonlar tavsiya etiladi:
a)
86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagi talablarga javob berishi
lozim:
fanning mazmunini bilish, aytib bera olish;
tasavvurga ega bo’lish;
hodisaning mohiyatini tushunish;
xulosa va qarorlar qabul qilish;
ijodiy va mantiqiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olingan bilimlarni amalda qo’llay olish.
b)
71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagi talablarga javob berishi
lozim:
fanning mazmunini bilish, aytib bera olish;
tasavvurga ega bo’lish;
hodisaning mohiyatini tushunish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olingan bilimlarni amalda qo’llay olish.
c)
55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanning mazmunini bilish, aytib bera olish;
hodisaning mohiyatini tushunish;
tasavvurga ega bo’lish.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi
0-54 ball bilan baholanishi
mumkin:
aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;
bilmaslik.
Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 foizi
saralash bali hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‘plagan talabalar
yakuniy nazoratga
kiritilmaydi.
98
Joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha umumiy (100) balldan 55 va undan yuqori
balni to‘plagan talaba
fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha
yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi. Talabaning semestr davomida fan
bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq
to‘plagan ballari yig‘indisiga teng.
Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat
tomonidan tuzilgan reyting
nazorat jadvallari asosida, yakuniy nazorat esa semestrning
oxirgi 2 haftasi mobaynida jadval bo‘yicha o‘tkaziladi. Talaba fan bo‘yicha kurs
loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo‘yicha to‘plagan ballari umumlashtirilishiga qadar
topshirishi shart.
Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli
sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun,
navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy
nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi. Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda
belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan
talabalarga fakul‘tet dekani farmoyishi asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta
muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari
ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakunida
joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig‘indisi 55 baldan
kam bo‘lsa, akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‘zlashtirish
uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o‘zlashtira olmagan talaba,
fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar
safidan chetlashtiriladi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari
e`lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakul‘tet dekaniga ariza bilan
murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakul‘tet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra
rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a`zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi
tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning
o‘zida xulosasini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: