102
umurtqa chizig‘ining harakatchanligi tufayli tos va elka suyagi turli
holatlarda bo‘lishi mumkin. Albatta, bu tartibdagi ish qomat tuzilishini
aniqlashda yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Yalang‘och yoki
kiyimli qomat rasmlarida jonli xarakter shakli yorqin va dadil berilishi
kerak. U yoki bu shaklni tus munosabatlari yordamida ifodalashda
alohida emas, katta umumiy shaklni ko‘rishga odatlanish lozim. (74 -
rasm).
O‘quv mashg‘ulotlarida bajariladigan davomli rasmlarda odam
qomati plastik holatlarining turli - tumanligini o‘rganishga imkon yo‘q.
Shuning uchun bu bo‘shliqni xomaki rasmlar ustida mustaqil ishlash
yo‘li bilan to‘ldirish mumkin. Odam gavdasi plastikasini ifodalashda
olingan bilim va ko‘nikmalar syujetli bo‘lmagan o‘lchamlarda qilinadi.
Bu ish masshtabli nisbatlar bilan ishlash malakasini o‘stiradi, ko‘z bilan
qomat proporsiyalarini aniqlashda qo‘l keladi.
Dostları ilə paylaş: