XOMAKI CHIZMALAR VA QORALAMALARNI
TASVIRLASH
Odamlar bir - biridan ma’lum tarzda farqlanishini bilamiz. Shu bois
qomatning individual xususiyatlarini aniqlash zarurati tug‘iladi. ()
Qisqa muddatli rasmda mayda ikir - chikirlardan uzoqlashib, u yoki bu
holatda turgan odam tasviridagi eng ahamiyatli va xarakterli jihatlarni
aks ettirish muhimdir. Uzoq muddatli rasmning tugal-langanlik
darajasi, qo‘yilgan maqsadga erishish – uni bajarish uchun ajratilgan
vaqtga bog‘liq. Kiyimdagi burmalardan shaklni tavsiflovchi eng
asosiylarini va harakatni qayd etuvchilarini tasvirlash kerak.
Qomatning xomaki rasmi ustida ishlashda ko‘rish yaxlitligini doimo
rivojlantirish zarur. Odamning turli harakat va turli mashg‘ulotlarni
bajarishdagi holatlarini tasvirlash davomida mashqlarning hamma
imkoniyatlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, ishlab chiqarish
jarayoni paytida bajarilgan rasmlar kasb xususiyatiga mos keluvchi
qomat holatining u yoki bu xarakterli tomonlarini, shuningdek,
odamning mehnatga munosabatini ifodalashi kerak. Bunday vazifalar
yechimida figuraning aks ettirilishi grafik vositalar kamligi misolida
ko‘zga tashlanadi.
Odam qomatiga oid rasmlarni auditoriyalarda davomli rasm bilan
parallel bajarishga to‘g‘ri keladi. Biroq ularni mustaqil bajarish ham
zarur. Sport maydonchasi yoki qirg‘oqda turgan qomatlarni chizish
103
yaxshi samara beradi. Vaqtning chegaralanganligi esa jonli shakl
plastikasida e’tiborni eng xarakterli jihatlarga qaratishni taqozo qiladi.
Xotiradan xomaki rasm chizish bayon etilgan uslubga ko‘ra olib
borilishi kerak. Qomatning xomaki rasmi ustida ishlashni uy sharoitida
ham, auditoriyada o‘quv rasmini bajarish jarayonida ham davom
ettirish lozim. Xomaki rasm bajarish davomli topshiriqni boshlashdan
oldin katta shakl tuzilishini aniqlash maqsadida yoki uning oxirida
o‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o‘tkaziladi. Davomli rasm
uchun tanlangan joydan shakl qismlarini yaxshiroq tasavvur etish
uchun xomaki rasmlarni turli ko‘rish nuqtalaridan chizish foydalidir.
Dastlabki mashqlarni tik turgan, kiyingan, ma’lum sokin holatda
turgan, oyoqlar tayanch tekisligiga nisbatan aniq ifodalangan holatdagi
qomatlar misolida bajarish tavsiya qilinadi.
74 - rasm. Кекsа kishini natyurmort bilan tasvirlash.
Har bir xomaki rasm davomiyligi 15 - 20 daqiqani tashkil etadi.
Ularni naturaga nisbatan turli nuqtalardan bajarish lozim. Qomatni
chizishda, birinchi navbatda, oyoqlar tayanch tekisligining gavdaga
bo‘lgan munosabatini aniqlash zarur. Buning uchun xayolan oyoqning
yukni ko‘taruvchi ichki tovonidan yuqoriga vertikal chiziq o‘tkazilib,
qomatning boshqa qismlari holati aniqlanadi.
O‘tirgan qomatni chizishda torsning tayanch tekisligiga nisbatan
yo‘nalishini aniqlash juda muhim (90- rasm). Naturani yarim burilgan
holda tasvirlashda oyoq va bel qismining qisqarishini hisobga olish
zarur (75, 76, 77 - rasmlar).
104
75 - rasm. O‘tirgan kishining konstruktiv – chiziqli rasmi.
76 - rasm. Kiyingan kishi gavdasi tasviri.
|