Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarix o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi



Yüklə 426,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix01.01.2022
ölçüsü426,1 Kb.
#50263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
ozbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish

 

 

 

 

 

 




 

10 


yanada  libеrallashtirish,  ularning  mustaqilligi  va  erkinligini  amalda  ta'minlashdan 

iborat.  Xalqimiz  ommaviy  axborot  vositalarida  mamlakatimiz  va  xorijda  sodir 

bo’layotgan voqеalarning haqqoniy jarayonlarini ko’rish va eshitishni istaydi. Shu 

boisdan 


ham 

kеyingi  yillarda  ommaviy  axborot  vositalarini  yanada 

dеmokratlashtirish va libеrallashtirish, olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-

iqtisodiy  islohotlarning  ochiqligi  va  oshkoraligini  ta'minlashda  ularning  faolligini 

oshirish,  mеdia  makonga  ilg’or  axborot  –  kommunikatsiya  tеxnologiyalarni 

bеvosita joriy etishga qaratilgan qariyb 10 ta qonun hujjati qabul qilindi. 

Prеzidеnt  ma'ruzasida  kеltirilganidеk,  2008  yilning  iyul  oyida  O’zbеkiston 

Rеspublikasi  Oliy  Majlisi  har  ikki  palatasi  kеngashlarining  «Nodavlat  notijorat 

tashkilotlarini,  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini  qo’llab-quvvatlashni 

kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qo’shma qarori qabul qilindi.

1

 

Shuni  alohida  ta'kidlash  lozimki,  parlamеnt  tomonidan  qabul  qilingan  bu 



hujjat  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining,  fuqarolik  jamiyati  institutlarining 

mustaqil rivojlanishini bosqichma-bosqich ta'minlash, mamlakatimizni dеmokratik 

yangilash  jarayonida  ularning  roli  va  ahamiyatini  kuchaytirish  yo’lida  yana  bir 

muhim qadam 

 bo’ldi.  Ushbu  qo’shma  qarorga  ko’ra  nodavlat  notijorat  tashkilotlar  va 

fuqarolik 

jamiyatining 

boshqa 


institutlari 

faoliyatini 

moliyalashtirishni 

shakllantirishning mustaqil, dеmokratik printsiplariga asoslangan tizimi yaratildi. 

Dunyo ommaviy axborot vositalari tipologiyasiga ko’ra, ularning 5 ta asosiy turini 

ajratib


 

ko’rsatish mumkin

  

 

 



 

 

 



 

 

                                                 



1

 O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublirasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va 

Senatining 2010 yil 27 yanvarda bo’lib o’tgan qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizasiya qilish va 

fuqarolik jamiyati barho etish ustivor vazifamizdir” nomli ma’ruzani o’rganish bo’yicha uslubiy qo’llanma. 46- bet. 




 

11 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Оммавий ахборот воситалари 

турлари 


Интернет сайтлари 

Ахборот 


агентликлари 

Телевидение 

Радио 

Матбуот (газета, журналлар ва 



бошқа нашрлар) 

Оммавий ахборот воситаларининг сайловларни 

ёритиш жараёнидаги фаолияти йўналишлари 

Жамоатчилик назорати 

Тарғибот  

йўналиши 

 

Ташвиқот 



Ахборот тарқатиш 

Маънавий-маърифий 

йўналиш 

Таҳлил ва талқин 




 

12 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Prеzidеntimiz  Islom  Karimovning  2009  yilda  chop  etilgan  «Eng  asosiy 



mеzon  –  hayot  haqiqatini  aks  ettirish»  risolasida  ham  bugungi  kunda  zamon 

o’zgarishlari  bilan  ma'naviy  hayotimizda  har  tomonlama  o’tkir  va  dolzarb 

ahamiyat kasb etayotgan ommaviy axborot vositalar orqali parlamеnt tomonidan 

qabul  qilinayotgan  qonunlarning  mohiyati,  sabab  va  oqibatlarini  anglab  еtish, 

ayni  vaqtda  bu  borada  mavjud  tashqaridan  kirib  kеlayotgan  xavf-xatarlarning 

oldini olish bo’yicha davrning  o’zi kun tartibiga kеskin qilib qo’yayotgan yangi 

vazifalar haqida atroflicha tasavvurga ega bo’lishi mumkin.

1

 



Shu  boisdan  ham  Prеzidеntimiz  ta'kidlab  o’tganidеk,  ommaviy  axborot 

vositalarining  iqtisodiy  erkinligini,  bugungi  kunda  davlat  tеlеvidеniеsi  nеgizida 

jamoatchilik  tеlеvidеniеsi  kanalini  bosqichma-bosqich  shakllantirish  masalasi 

muhim  ahamiyatga  ega.  Ommaviy  axborot  vositalari  mamlakatimizda  amalga 

oshirilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy siyosatni, yangilanish va o’zgarishlar jarayonini 

har tomonlama chuqur, ta'sirchan usullar orqali yoritib borishi zarur. 

                                                 

1

 O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublirasi oily Majlisi Qonunchilik palatasi va 



Senatining 2010 yil 27 yanvarda bo’lib o’tgan qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizasiya qilish va 

fuqarolik jamiyati barho etish ustivor vazifamizdir” nomli ma’ruzani o’rganish bo’yicha uslubiy qo’llanma. 47- bet. 

Ўзбекистонда фуқаролик жамияти институтлари 

таркиби 


Оммавий ахборот 

воситалари ва ҳ.к. 

 

Ўзбекистон «Камолот» 



Ёшлар ижтимоий ҳаракати 

Маҳаллалар 

Хотин-қизлар 

ташкилотлари 

Сиёсий партиялар 

Жамоат бирлашмалари  

ва ҳ.к. 

 



 

13 


Dunyo  ommaviy  axborot  vositalari  rivoji  haqida  so`z  yuritganda,  avvalo, 

ommaviy axborot vositasi deganda nima tushunilishini bilmoq kerak. 

Ommaviy  axborot  vositasi  –  sodir  bo`layotgan  voqea-hodisalar  haqidagi 

barcha  ma`lumotlarni  to`plab,  qayta  ishlovchi  va  ularni  yangilik-axborot  sifatida 

ommaga  etkazib  turuvchi  muassasadir.  Buni  ba`zan  ommaviy  axborot 

kommunikaciyalari ham deb ataydilar. 

Ta`kidlash  joizki,  bugungi  kunda  o`zida  matbuot,  radio  va  televidenie 

xususiyatlari  hamda  imkoniyatlarini  mujassamlashtirgan,  axborot  etkazib  berish 

darajasi  bo`yicha  tezkorlikda  va  ko`lamdorlikda  mukammal  bo`lgan  Internet 

ayniqsa shiddat bilan hayotimizga kirib bormoqda.  

Oxirgi  ma`lumotlarga  qaraganda  Xitoyda  Internetdan  foydalanuvchilar  soni 

350  milliondan  oshgan  va  ushbu  mamlakat  dunyoda  ikkinchi  o`rinda  bormoqda. 

Bu  borada  peshqadam  –  AQShda  Internetdan  foydalanuvchilar  soni  235  million 

kishidir.  

Keyingi  ikki  yilda  har  biriga  minglab  komp`yuterlar  ulangan  Internet 

serverlari  soni  dunyo  bo`yicha  300  mingga  etdi.  O`zbekiston  Respublikasi 

hududidan ro`yxatga olingan saytlar esa 150 mingdan ortdi.  

Shu bilan birga, O`zbekiston milliy qonunchiligida Internet ommaviy axborot 

vositasi  turi  sifatida  alohida  tilga  olinmaganligini  ham  eslatish  o`rinlidir. 

“Ommaviy  axborot  vositalari  to`g’risida”gi  qonunning  1-moddasida  qayd 

etilganidek,  “Gazetalar,  jurnallar,  axborotnomalar,  byulletenlar,  axborot 

agentliklari,  televidenie  (kabelli,  efir-kabelli  televidenie)  va  radioeshittirishlar, 

hujjatli  kino,  elektron  axborot  tizimi,  shuningdek,  doimiy  nomga  ega  bo`lgan, 

davlat  tasarrufidagi,  mustaqil  va  boshqa  ommaviy  davriy  nashrlar  ommaviy 

axborot vositalaridir”.

1

     



Hozirgi  yurtimizdagi  ommaviy  axborot  vositalarini  davlat  va  nodavlat, 

shuningdek mahalliy ommaviy axborot vositalari sifatida farqlash mumkin. 

                                                 

1

 Qarang: To`rtinchi hokimiyat: O`zbekiston Respublikasining qonunlari, qarorlari va boshqa hujjatlari to`plami, - 



T.: “Mehnat”, 2003. 


 

14 


Davlat  ommaviy  axborot  vositalari  -  davlat  tomonidan  ta`sis  etilgan  yoki 

muayyan  davlat  ulushi  va  davlat  byudjetidan  ajratiladigan  mablag’lar  hisobidan 

faoliyat ko`rsatayotgan ommaviy axborot vositalaridir. 

Mahalliy  ommaviy  axborot  vositalari-mahalliy  hokimiyat  vakillik  organlari 

tomonidan  ta`sis  etilgan  yoki  ularning  ulushi  bo`lgan  va  mahalliy  byudjetdan 

ajratiladigan  mablag’lar  hisobidan  faoliyat  ko`rsatayotgan  ommaviy  axborot 

vositalari, demokdir.  

Nodavlat ommaviy axborot vositalari sirasiga esa nodavlat tashkilotlar, jamoat 

birlashmalari,  xususiy  shaxslar  tomonidan  ta`sis  etilgan  va  ularning  mablag’lari 

hisobidan faoliyat ko`rsatayotgan ommaviy axborot vositalari kiradi.  

O`zbekistonda  davlat  tomonidan  barcha  mulk  shakllarining  teng  huquqliligi 

va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi kafolatlangan mavjud sharoitda 

ommaviy axborot vositalarini muassisga mansubligi, mulk shakli nuqtai nazaridan 

ham bir necha turga ajratsa bo`ladi:  

1.  Muassisi davlat tashkilot(lar)i bo`lgan ommaviy axborot vositalari -(“Xalq 

so`zi”, “Narodnoe slovo”, “Pravda Vostoka” gazetalari va boshqalar);  

2.  Muassisi tijorat tashkilot(lar)i bo`lgan ommaviy axborot vositalari (“EKO” 

gazetasi va boshqalar); 

3.  Muassisi  nodavlat  notijorat  tashkilot(lar)  bo`lgan  ommaviy  axborot 

vositalari  (“Mahalla”,  “Hurriyat”  gazetalari,  “Ijtimoiy  fikr”.  “Inson  huquqlari” 

jurnali va boshqalar); 

4.  Muassisi  siyosiy  partiyalar  va  harakatlar  bo`lgan  ommaviy  axborot 

vositalari  (“O`zbekiston  ovozi”,  “Golos  Uzbekistana”,  “Fidokor”,  “Adolat”, 

“Milliy  tiklanish”,  “XXI  asr”  gazetalari,  “Muloqot”  jurnali,  “Birlik”  gazetasi 

kabilar); 

5.  Muassisi  ommaviy  axborot  vositalari  bo`lgan  ommaviy  axborot  vositalari 

(“Mohiyat”, “Darakchi” gazetalari va boshqalar); 

6.  Muassisi  jismoniy  shaxs(lar)  bo`lgan  ommaviy  axborot  vositalari 

(“Novosti Uzbekistana” gazetasi); 



 

15 


7.  Muassisi  mintaqaviy  va  xalqaro  nodavlat  tashkilot(lar)  bo`lgan  ommaviy 

axborot vositalari (“Markaziy Osiyo madaniyati” gazetasi); 

8.  Muassisi turli – yuridik shaxs(lar) va jismoniy shaxs(lar)dan iborat bo`lgan 

ommaviy  axborot  vositalari  (“Turkiston-press”  nodavlat  axborot  agentligi-yopiq 

akciyadorlik jamiyati); kabilardir.  

Mustaqillik  yillarida  yurtimizda  ommaviy  axborot  vositalari  soni  misli 

ko`rilmagan  darajada  oshdi.  1991  yilda  O`zbekistonda  351  ta  ommaviy  axborot 

vositasi  faoliyat  yuritgan  bo`lsa,  hozirgi  vaqtda  ularning  soni  823  tadan  oshib 

ketdi. Jumladn, gazetalar 389 tadan 800 taga, jurnallar 60 tadan 185 taga etdi. 1991 

yilda  faqat  bitta  teleradiokompaniya  tashkil  etilgan  bo`lsa,  hozir  mamlakatimizda 

70 dan ziyod teleradio studiya faoliyat yuritmoqda. Ularning aksariyati nodavlat va 

xususiy,  reklama  yo`nalishida  faoliyat  yuritmoqda.  Bundan  tashqari,  so`nggi 

yillarda O`zbekistonda bir qancha nashriyot va matbuot uylari ham tashkil etildi. 

Ko`plab  chet  el  teleradio  kanallari  ko`rsatuv  va  eshittirishlarini  O`zbekiston 

miqyosida  uzatmoqda.  Qator  axborot  agentliklari,  internet  tarmoqlari  faoliyati 

mamlakatimiz aholisi uchun axborot manbai sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda. 

O`zbekiston  OAVning  faoliyatiga  nazar  tashlaydigan  bo`lsak,  1991  yildan 

e`tiboran  bu  borada  ham  sezilarli  o`zgarishlar  yuz  berdi.  Avvalo,  aksariyat 

nashrlarning  o`zini  o`zi  moliyaviy  jihatdan  ta`minlashga  o`tayotganini  ta`kidlash 

lozim. 


Hozirgi vaqtda respublikamizda 153 gazeta va jurnal bir necha tillarda nashr 

qilinadi;  ular  orasida  ikki,  uch  va  hatto  to`rt  tilda  chop  etilayotgan  nashrlar  ham 

bor. 

2004 yil 1 iyungacha bo`lgan rasmiy ma`lumotga ko`ra, ro`yxatdan o`tgan va 



qayta  ro`yxatga  olingan  ommaviy  axborot  vositalari  soni  964  tani  tashkil  etgan, 

ularning 612 tasi gazeta, 165 tasi jurnal va byulleten, yurtimizda 4 ta informacion 

agentlik,  70  ta  teleradio  studiya,  29  ta  kabel  televideniesi  va  102  ta  elektron 

informacion vosita faoliyat yuritmoqda. Shunday qilib, 386 ta gazeta, 104 ta jurnal 

– mahalliy hokimiyat organlari, vazirliklar, turli muassasalarga tegishli. 



 

16 


Shuningdek,  145  ta  gazeta  va  37  ta  jurnal  jamoat  tashkilotlari,  17  ta  tijorat 

nashri,  11  ta  gazeta  va  2  ta  jurnal  xususiy  shaxslar  ta`sis  etgan  nashrlar  sifatida 

chop qilinmoqda. Bundan tashqari, 38 ta nashr reklama, 15 tasi adabiy-badiiy soha, 

15 tasi sport sohasi faoliyat yuritmoqda. 

Matbuotning  yangi  tipologiyasi  shakllanishi  asosan  ikki  omiga:  o`quvchi-

mushtariylar talab-ehtiyoji va ta`sischilarning shart-sharoitlariga bog’liq. 

O`zbekistonda  matbuot  organini  ta`sis  etuvchi  muassasalarga  Oliy  Majlis 

(Parlament); 

O`zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Mahkamasi, 

vazirliklar, 

qo`mitalar,  hokimliklar,  siyosiy  partiya,  xalq  harakatlari,  kasaba  uyushmalari, 

ijodiy  uyushmalar,  ilmiy  va  o`quv  muassasalari,  tijorat  tuzilmalari,  turli 

jamg’armalar, reklama agentliklari, ijtimoiy, diniy, ekologik tashkilotlar kiradi.

1

  

Bunday  keng  qamrovlik  va  rang-baranglikning  zamirida,  albatta,  ommaviy 



axborot vositalari demokratik davlatning zarur konstituciyaviy instituti ekani bilan 

bog’liq yaqqol haqiqat mujassamdir.  

Istiqlolning  ilk  yillarida  eskicha  fikr  yuritish  ta`siri  oqibatida  ommaviy 

axborot vositalarini haqiqiy “to`rtinchi hokimiyat”ga aylantirish jarayoni bir qadar 

murakkab  kechgani  sir  emas.  Keng  ko`lamli  o`zgarishlar,  mamlakat  siyosiy, 

iqtisodiy  hayotini  demokratlashtirish  sur`atlari  qarshisida  ommaviy  axborot 

vositalari ishi talabga javob bermayotgani va shu bois ular faoliyatini tubdan isloh 

qilish zarurligi borgan sari ayon bo`la boshladi. 

Shunday  sharoitda  jamiyat  hayotida  ommaviy  axborot  vositalarining  rolini 

faollashtirish  borasida  Prezident  I.A.Karimov  tomonidan  istiqbolli  yo`nalish  aniq 

va  puxta  ishlab  chiqildi.

1

  Mazkur  dasturilamal  yo`l-yo`riqlar  ommaviy  axborot 



vositalarini rivojlantirishning buguni va istiqbolini belgilab berdi.  

Bugun  yurtimizning  yaqin  o`tmishda  tamomila  yagona  mafkura  quroliga 

aylantirilgan, o`z milliy zaminidan uzilgan, birlamchi manbalardan xolis va tezkor 

axborot to`plab tarqatish imkoniyatlari butunlay cheklab qo`yilgan matbuot, radio 

va  televidenie,  boshqa  axborot  vositalarining  jamiyat  hayoti  va  faoliyatidagi, 

                                                 

1

 O`zbekiston jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizaciya va isloh qilish yo`ladi. T.: 



“Akademiya”, 2005, 240-242-betlar.  

1

 Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag’asi: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 



T.6. – T.: “O`zbekiston”, 1998, 153-155-betlar.  


 

17 


demokratik  taraqqiyot  yo`lidagi  ahamiyatini  jiddiy  oshirishga  xizmat  qiladigan 

tadrijiy islohotlarni joriy etishga kirishilganligi yaqqol sezilmoqda. 

Istiqlol,  yillari  mobaynida  bu  borada  bir  necha  yo`nalishda  chuqur 

o`zgarishlar amalga oshirilayotganini kuzatish mumkin. 




Yüklə 426,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin