Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar



Yüklə 113,5 Kb.
səhifə1/2
tarix21.09.2023
ölçüsü113,5 Kb.
#146368
  1   2
19-mavzu Yangilanayotgan O‘zbekistonda ma’naviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari



19-mavzu Yangilanayotgan O‘zbekistonda ma’naviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari
Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar inson ongiga ta’sir ko‘rsatadigan, uning dunyoqarashi, tafakkur tarzini muayyan yo‘nalishga soladigan, o‘zgartiradigan, jamiyat hamda millatga xos ma’naviy, madaniy va moddiy asoslar, an’analar, qadriyatlar, meros, turmush tarzi, g‘oyalar va qarashlarni umumlashtiruvchi tushuncha. Ushbu tushunchaning mazmun-mohiyati Prezidentimiz Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida chuqur va har tomonlama asoslab berilgan.
Mazkur asarga tayangan holda ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlarni shartli ravishda bir necha guruhga bo‘lish mumkin: birinchi guruhga millat, xalq, davlatchilik, madaniyat, me’moriy yodgorliklar, qishloq va suv xo‘jaligi bilan bog‘liq agrar madaniy an’analar, geografik shart-sharoitga aloqador tarixiy munosabatni ifodalovchi moddiy meros kiradi; ikkinchi guruhga xalqimizga xos bir necha ming yillik diniy e’tiqod, ta’lim-tarbiya, shuningdek, barcha ilm-fan sohalari va ular rivojida muhim o‘rin tutgan mutafakkirlar va ularning asarlari, xalq ijodini qamrab oluvchi madaniy meros; uchinchi guruhga xalqimizga xos an’analar, urf-odatlar, marosimlar, bayramlar, turmush tarzi bilan bog‘liq boshqa madaniy omillar; to‘rtinchi guruhga xalq qadriyatlari, tafakkur tarzi, mafkurasi, xalqqa xos ma’naviy xususiyatlar, g‘oyalar, ruhiyat va o‘zaro ijtimoiy munosabatlar; beshinchi guruhga hozirgi jamiyatimizda bevosita amaliy faoliyat yuritayotgan, inson tarbiyasida katta ta’sirga ega, umuman, ma’naviy dunyoqarash shakllanishida bosh rol o‘ynaydigan ta’lim-tarbiya maskanlari, ommaviy axborot vositalari, kutubxona, teatr, san’at saroylari va shu kabi boshqa ma’naviy ta’lim vositalarini kiritish mumkin.

267



Ma’naviyatni yuksaltirish masalasi har bir davr va jamiyatga xos bo‘lib, bunda davlat va jamiyat oldida ma’naviyatni shakllantiradigan va unga ta’sir o‘tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o‘rin tutishini yaxshi anglab olish maqsadi ham yotadi.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, «Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi».1 Masalan, shu zamindan yetishib chiqqan buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida xizmatlari katta.
Bu ko‘hna tuproqda milodgacha bo‘lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv inshooatlari, hali-hanuz o‘zining ko‘rku tarovatini saqlab kelayotgan osori-atiqalarimiz qadim-qadimdan o‘lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me’morlik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi va mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan dunyo me’morchilik muzeyiga aylangan Samarqand, Xiva, Buxoro shaharlari va to‘rt mingdan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Bunday o‘lmas osori-atiqalar bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo‘lganidan guvohlik beradi va tabiiyki, insonning ma’naviy dunyosini shakllantirishda qanday kuchli ta’sirga ega bo‘lganini bildiradi.
Milliy ma’naviyatimizda xalq og‘zaki ijodi ham muhim o‘rin tutib, u millatimizning o‘zligini namoyon etadigan, uni avlodlardan avlodlarga o‘tkazib, tarix sinovlaridan eson-omon chiqarib, o‘zligini saqlab kelayotgan el-yurtimizni chuqur anglash, insonga xos ezgu fazilatlarini o‘zida ifoda etadi.
Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlardan biri bo‘lgan din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning

1 Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. Т.: «Маънавият» 2008. 29-30-бетлар.

268



yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzula- rini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir. Har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot - bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyat mezonlari shakllanishiga o‘ziga xos ta’sir o‘tkazadi.
Prezidentimiz Islom Karimov «Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oila- ning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar - yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir».1 2
Oila muhitida paydo bo‘ladigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchi kabi odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizi, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi. Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar haqida so‘z ketganda, mahallaning o‘rni va ta’siri xususida to‘xtalish zarur. Ma’lumki, o‘zbek mahallalari azaldan chinakam milliy qadriyatlar maskani bo‘lib keladi. O‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, to‘y hashar va ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamaslahat o‘tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo‘lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar, mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan.
Bu borada barchamiz uchun Prezidentimizning quyidagi fikrlari qadrli: «Xalqimizga xos o‘zini o‘zi boshqaruv tizimining bu noyob usuli qadim-qadimdan odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, butun hayotida chuqur joy egallagani bejiz emas. «Mahalla - ham ota, ham ona» degan hikmatli naqlni ana shu hayotiy haqiqatning ifodasi sifatida qabul qilamiz. Har qaysi xonadon, butun el-yurtdagi ma’naviy iqlim va vaziyatni anglamoqchi bo‘lsak, kishi, bu boradagi haqiqiy manzaraning yorqin ifodasini avvalo mahalla hayotida xuddi oynadek yaqqol ko‘rish imkoniga ega bo‘lamiz».
Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlardan yana biri ilmu

1 Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. Т.: «Маънавият» 2008. 52-бет.

2 Уша асар. 29-30-бетлар.

269



ma’rifat, ta’lim-tarbiya bo‘lib, ularga inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi sifatida qaralgan. Kelajak poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, xalqning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida, avvalo, shaxsni ko‘rishi zarur.
Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ishi ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lib qoladi. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uzluksiz va uyg‘un holda olib borishni talab etadi. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta e’tibor qaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi. Uni amalga oshirish jarayonida maktab ta’limi, ayniq- sa, umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkam- lashga e’tiborni kuchaytirish muhim va jiddiy masalaga aylangan.
Hozirgi kunda istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart- sharoitlarga ega bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm- ma’rifat sirlarini o‘rganayotgan, ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o‘quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, o‘z iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlar misolida ma’naviyatning yuksalishini kuzatish mumkin va tabiiyki, bunday sharoitda ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar ham davrga muvofiqlashib boradi. «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar bilan bir qatorda ma’naviyatning tarixiyligi va zamonaviyligi, moddiy va madaniy meros, milliy ma’naviy obidalar, mamlakatimizdan yetishib chiqqan donishmandlaru mutafakkirlar, xalq qahramonlari, ilmiy-ijodiy kashfiyotlar, davlat va jamoat arboblari, ma’naviy tarbiyaning tarixiy va zamonaviy o‘choqlari, ularning ma’naviyatga ta’siri bilan bog‘liq teran fikr-mulohazalar ilgari suriladi.

270


13.2. Milliy o‘zlikni anglash va uning mohiyati



Milliy o‘zlikni anglash har bir inson uchun ma’naviy barqa- rorlikning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Chunki u avvalo, o‘zining kimligini bilib olsa, qaysi millatga mansubligini tushunib yetsa, avlod-ajdodlari, ular qoldirgan moddiy va ma’naviy merosni o‘zlashtirsagina to‘laqonli shaxs darajasiga yetishi mumkin. Bunday shaxslar millatning aksariyat ko‘pchilik qismini tashkil qilsagina bunday millatning istiqboli buyuk bo‘ladi. Shuning bilan birga o‘zini-o‘zi anglab yetgan, aqli raso, g‘oyaviy-siyosiy jihatdan uyg‘ongan va jipslashgan xalq va millatni mustamlakachilik kishanlarida ushlab turish, tili, madaniyati, qadriyatlarini oyoq osti qilish, boyliklarini talab ketish, huquqlarini paymol etish, davlat mustaqilligidan judo qilish aslo mumkin emas.
O‘z-o‘zini anglash bu xalqning, millatning o‘tmishi, tarixiy taraqqiyot yo‘lini, ota-bobolari, nasl-nasabi, avlod-ajdodlarining kim bo‘lganligi va ularning jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalarini bilib olishdir.
Milliy o‘zlikni anglash - millat yashayotgan Vatanning porloq istiqbolini ta’minlash uchun qanday imkoniyatlar va qulayliklarga ega ekanligini chuqur anglab yetish, ular bilan cheksiz faxrlanish, mavjud imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, real voqelikka aylantirish uchun o‘zini safarbar etish, barcha imkonyatlari, kuch-g‘ayratini ishga solish demakdir. O‘zlikni anglash o‘z mohiyatiga ko‘ra millat va elatlar uchun xos bo‘lgan ma’naviy xususiyatlarni ifoda etib, o‘z vazifasiga ko‘ra milliy manfaatlarni himoya qiladi.
Shunday qilib, har bir millat va elatning o‘zini real mavjud subyekt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchi etnik birlik, til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlarga mansubligi, manfaatlar va ehtiyojlar umumiyligini tushunib yetishga milliy o‘zlikni anglash deb ataladi. Milliy o‘zlikni anglash millat birligining mustahkamligini, millat manfaatlarining shaxs, mahalliychilik manfaatlaridan ustun turishini anglash darajasi bilan bog‘liqdir.
Milliy o‘zlikni anglash millatimiz til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, hudud yagonaligi ma’naviyatning o‘ziga xosligidan iborat millatning mustaqil belgisi hisoblanadi. Milliy o‘zlikni anglash millat­ning mustaqil belgisi ekanligi - milliy manfaatlar, ehtiyojlar umu-

271


miyligini himoya qilish va millat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash zaruriyatini anglash bilan belgilanadi.


Milliy o‘zlikni anglash omillarining qudrati quyidagi sharoitlarda ko‘proq namoyon bo‘ladi:

  1. Agar milliy o‘zlikni anglash rivojlangan bo‘lsa, yuqorida qayd etganimizdek, millatning manfaatlariga, ayniqsa, sha’ni, qadr- qimmati, obro‘-e’tibori poymol etilishiga qaratilgan harakatlar yuzaga kelgan sharoitda, millatning barcha vakillari birlashib ketadilar, hatto millatning ichida o‘zaro muxolifatda bo‘lgan tomonlar ham millatning sha’ni, g‘ururi, obro‘-e’tiborini himoya qilish manfaati yo‘lida birlashadilar.

  2. Milliy o‘zlikni anglash ruhiy his-hayajon, ehtiros omilidir. Mazkur holat tashqaridan qaraganda sezilmaydi. Uni millatning xatti- harakatlari, intilishlari va maqsadlarini amalga oshirishdagi salohiyati orqali bilib olish mumkin bo‘ladi.

Ruhiy his-hayajon va ehtiroslarning «portlashi» millatning xarakteri, xususiyatlari, milliy g‘oyalarni yaratuvchi, uning taraqqi- yotida oldingi safda turuvchi ziyolilarning salohiyatiga bog‘liq.

  1. Milliy o‘zlikni anglash omili faqat milliy manfaatlarni himoya qilish bilan cheklanmaydi, balki milliy taraqqiyot jarayonida uning oldida yuzaga keladigan ichki muammolarni hal etish hamda millatni birlashtiruvchi va harakatga keltiruvchi vazifani ham bajaradi. Bu muammolar mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy- ma’rifiy sohalarda sodir bo‘lishi mumkin.

  2. Milliy o‘zlikni anglash millatning muhim belgisi sifatida, faqat uning manfaatlarini ifodalab yoki himoya qilish bilan cheklan- may, balki shular bilan birga uning abadiyligini ta’minlab turuvchi mustahkam qo‘rg‘on hamdir.

Siyosiy ma’naviyati, milliy ongi rivojlangan, milliy jihatdan o‘zligini anglab yetgan xalq, millat mustaqilligining buyuk kuchiga aylanadi. Millatning, xalqning kuch-qudrati uning sha’ni bilan bir qatorda siyosiy yetukligi, milliy ongning o‘sganligi, milliy g‘ururi, hissiyoti, tuyg‘uning qay darajadaligi, o‘z-o‘zini anglab yetganligi, uyushganligi bilan belgilanadi. O‘zligini anglagan millatni harbiy ustunlik bilan vaqtincha qaram qilish mumkin, ammo uni batamom qaram qilib bo‘lmaydi. Undagi milliy g‘urur har qanday sharoitda ham ozodlikka chiqishi uchun kurash olib borishga undaydi. Shunday

272



qilib, milliy o‘zlikni anglash millatning eng muhim belgisi, uning rivojlanishi va kelajagini ta’minlovchi omil hisoblanadi.
Murakkab kurash jarayonini o‘z boshidan kechirgan o‘zbek xalqi mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘zining mustaqil millat maqomini tiklash uchun dadil harakat qildi. Xususan, bosib o‘tilgan tarixan qisqa davr mobaynida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta ishlar amalga oshirildi. Bu-yillarda millatimizning o‘zligini anglashi jadal rivojlanib bordi. Bu milliy o‘zlikni anglash jarayonining yuksalib borish xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ldi:
Sobiq tuzumda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda millatning tarixi, o‘zligi, ma’naviyati, qadriyatlarini yo‘q qilish maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmasin, millatimizning dunyoqarashini butunlay o‘zgartira olmadi. Xalqimiz har qanday sharoitda ham o‘zligiga qaytish kayfiyati va ruhiyati bilan yashab keldi. Chunki sho‘rolar tuzumi bermoqchi bo‘lgan ma’naviyat va ma’rifat, uni shakllantirish milliy madaniyatlar rivojlanishining obyektiv qonunlariga asoslan- may, balki, subyektiv kuchning, ya’ni kommunistik mafkuraning zo‘ravonligiga tayangan edi. Bundan tashqari sobiq tuzum bermoqchi bo‘lgan ma’naviyat va ma’rifat milliy madaniyatlarning o‘zaro ta’siri asosida boyishga emas, balki, rus millatning madaniyati va ma’rifatini boshqa millatga singdirishga qaratilgan edi.
Sobiq sovet jamiyati madaniyatining modeli «nazariy» jihatdan «asoslangan» bo‘lsa ham, ammo u amalda mavhum tushuncha edi («mazmunan sotsialistik, shaklan milliy»). Mohiyat jihatidan esa o‘zbek xalqi ajdodlari tomonidan asrlar davomida yaratilgan va bugungi avlodlarga meros bo‘lib o‘tgan ma’naviyat va ma’rifatga mutlaqo zid edi. Mustaqillikka erishishimiz bilan bunday holatlarga Prezidentimiz rahnomaligida barham berildi.
Mustaqillikning dastlabki bosqichlarida milliy o‘zlikni anglash- ning xarakterli xususiyati shunda bo‘ldiki, milliy qadriyatlardan ko‘ra diniy qadriyatlarni ko‘rsatish birinchi o‘ringa chiqdi. Buning obyek­tiv sababi bor edi. Xususan, o‘zbek xalqi ma’naviyati va rivojlanishi­ning sho‘rolar tuzumi o‘rnatilguncha bo‘lgan davri islom ma’naviyati va ma’rifati bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, u millatimiz ongi va ruhiyatining muhim qismini tashkil qilib kelgan. Xuddi shuning uchun ham bolsheviklar islomga qarshi kurash yo‘li bilan millatni ham yo‘q qilish mumkin, deb hisoblaganlar va shu siyosatni izchillik

273



bilan amalga oshirishga intilganlar. Ularning bu harakatlari bejiz emas edi. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Tarixdan ma’lumki, bir xalqni o‘ziga tobe qilishni istagan kuchlar, avvalo uni o‘zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi».1
Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyin tarixiy xotira va diniy qadriyatlarni tiklash milliy tiklanishning, o‘zlikni anglashning muhim omili sifatida ustuvorlikka ega bo‘ldi. U milliy birlikni mustahkam- lashda va milliy taraqqiyotni yangi bosqichga ko‘tarishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Milliy o‘zlikni anglash jadal sur’atlar bilan o‘sishiga qaramas- dan, O‘zbekistonda millatlararo va fuqarolararo nizolar kelib chiqmaganligining sababi o‘zbek millatining vazminlik, bag‘rikenglik va boshqa millat vakillariga nisbatan hurmati kabi o‘ziga xos xusu- siyatlari tufaydlidir. Aslida, 1990-yillarda sobiq ittifoqdosh respub- likalarda bo‘lgani kabi parokandalik, taraqqiyot yo‘lining noaniqligi O‘zbekistonda ham bo‘lgan edi. Ammo o‘zbek xalqining o‘ziga xos aql-zakovati, bosiqlik, vazminlik xususiyatlari, uning rahbari Islom Karimovning vaziyatni to‘g‘ri anglab, shunga mos ravishda siyosat olib borishi parokandalik yo‘lini to‘sib, yurtda osoyishtalikni qaror topdirdi.
O‘zbek xalqi o‘z atrofida yashayotgan boshqa millat va elat vakillariga nisbatan do‘stlik, birodarlik, hamkorlik, o‘ziga xos mehr- oqibat tuyg‘ularini saqlab qola olganligi milliy o‘zlikni anglashdagi yana bir xususiyat hisoblanadi.
Mustaqil O‘zbekistonning yuksalishi, gullab-yashnashining tarafdori bo‘lgan har bir fuqaro millatlararo totuvlik, do‘stlik qoida- lariga sodiq bo‘lishi kerak. Chunki mustaqil davlatimizning kelajagi birinchi navbatda o‘zbek xalqining milliy o‘zligini qanchalik anglab yetganligiga hamda mamlakatimiz hududida o‘zbeklar yonma-yon istiqomat qilib turgan har bir kishining millati, dini, tili va e’tiqodidan qat’iy nazar, bir-birining ko‘nglini ola bilishiga, ular o‘rtasida do‘stona munosabatlarning o‘rnatilishiga bog‘liq.
Mamlakatimizda har bir milatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm-rusumlarini tiklash va namoyon bo‘lishiga keng yo‘l ochib berilgan. Bu esa mamlakatning barqaror rivojlanishi kafolatidir.

1 Каримов И.А. Миллий истщлол мафкураси-халк эътщоди ва буюк келажакка ишончдир. Т.: Узбекистон, 2000. 11-бет.

274



Milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirish yo‘lida Islom Karimov so‘zlari bilan aytganda: «Biz fidoyi vatanparvarlarni tarbiyalashimiz», «Elim deb, yurtim deb yashovchi, shu yo‘lda hatto jonini ham ayamaydigan», «O‘zidan so‘ng, ozod va obod Vatan qoldiradigan» farzandlarni tarbiyalashimiz zamon va mustaqillik talabi. Bunga yurtimizda yashayotgan har bir kishi millatidan qat’iy nazar, mas’ul bo‘lmog‘i lozim. Yoshlarimiz tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota- bobolarining muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish, ularning men o‘zbek farzandiman, deb g‘urur va iftixor bilan yashashiga erishish ma’naviy tarbiya ishimizning markazida turmog‘i lozim.1
Agar, biz bugungi milliy o‘zligimizni anglash borasidagi vazifa- larni talab darajasida amalga oshira olsak:
Mustaqilligimizni abadiylashtirishga, ozod va obod Vatan, farovon hayotni qurishga, mamlakatimizning dunyoviy nufuzini oshirishga, o‘zimizning jahon sivilizatsiyasidagi adolatli va munosib o‘rnimizni topishga erishamiz.
Ikkinchidan, miliy o‘zligimizni anglashimiz avlod-ajdodlarimiz- dan qolgan boy merosimizni o‘zlashtirishimizga olib keladi. Bu faqat mustaqilligimizni mustahkamlash vazifalari darajasi bilan chegara- lanibgina qolmasdan, balki millatimiz avlodining vorisligini ta’min- lashga imkon beradi.

  1. Huquqiy savodxonlik - ma’naviy yetuklik mezoni

Har qanday mustaqil davlatda xalqning erkin yashashi, farovon turmush qurishi, xohish-irodasining amalga oshirilishi, ezgu niyatlari huquqiy jihatdan kafolatlanishi lozim. Bu kafolat Vatan taraqqiyotini, davlat mustaqilligini, xalqning jipsligini, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni, mustaqillikning barqarorligini ta’minlashga shart- sharoit yaratadi va u kafolat sifatida, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topgan. Bu haqda Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida: Davlatimiz, O‘zbekistonda

1 Каримов И.А. Миллий истщлол мафкураси - халк эътщоди ва буюк келажакка ишончдир. Т.: Узбекистон, 2000. 11-бет.

275



yashayotgan har bir fuqaro kelajagining kafolatini Konstitutsiya berdi. Fuqarolarning haq-huquqlari, burchlari Konstitutsiyada belgilangan, tegishli qonunlar bilan mustahkamlangan. Maqsadimiz erkin, demok- ratik huquqiy davlat qurish, adolatli jamiyat barpo etish, hech bir insonni kamsitmaslik, e’tiqodini hurmat qilish, erkinligini ta’min- lash», deb ko‘rsatgan edi.1
Oldimizga qo‘yilgan yuksak maqsadlarga erishish uchun bugungi O‘zbekistonga erkin va ravon fikrlaydigan, uning osoyish- taligi, mustaqilligini asrab-avaylashda faol ishtirok eta biladigan, Vatan oldidagi o‘z majburiyatlari va burchlarini to‘g‘ri anglab, beminnat ijro eta oladigan fuqarolar zarur. Bunday fuqarolar kelajagimizning egalari bo‘lgan siz - talaba yoshlardirsiz.
Mamlakatimizning har bir fuqarosi, Siz kabi yoshlar qomusimiz va barcha qonunlarni chuqur o‘rganishlari va ularga amal qilishlari zarur. Konstitutsiyani bilmagan, puxta o‘rganmagan kishi o‘z haq- huquqlarini bilmaydi. Huquqini bilmagan odamning hayoti oxir- oqibatda fojiali tus olishi mumkin. Bu haqda Prezidentimiz o‘z nut- qida: «Madomiki maqsadimiz aniq ekan, inson huquqlari umumxalq muhokamasida qabul qilingan Konstitutsiya himoyasida ekan, avlodlarimiz, farzandlarimiz kelajagiga xavf soladigan, millat sha’niga dog‘ tushiradigan, xatti-harakatlar qayerdan paydo bo‘la- yapti» deya qaltis xatti-harakatlarga qo‘l urgan kimsalar qonunni bilmasligi, bilsa ham unga mensimasdan qarashi, hurmat qilmasligi ularda huquqiy madaniyat yo‘qligi, yetishmasligini ta’kidlaydi.
Shunday ekan, tabiiy ravishda huquqiy madaniyat nima degan savol tug‘iladi. Huquqiy madaniyat - bu o‘zingiz yashab turgan, fuqarosi bo‘lgan mamlakat qonunlar yaxshi bilish ularni hurmat qilish va ularga amal qilib, bo‘ysunib yashashdir.
Shuningdek, har bir shaxs, fuqaroning ijtimoiy hayotda faol ishtiroki va bunday faollikni boshqalardan ham talab qilish jarayoni hamdir. Huquqiy madaniyat insonning ichki dunyosi, madaniyati, umuminsoniy an’analarga va huquqiy bilimlarga bo‘lgan munosabat- larini belgilaydi. Shaxsning ichki ma’naviyati uning tashqi odobini ko‘rsatadi. Huquqiy madaniyat egasi bo‘lgan kishi jamiyat talablari va qoidalariga hurmat bilan qaraydi, jamiyatni boshqarishda o‘zining

Каримов И.А. Биз келажагимизни уз кулимиз билан курамиз. Асрлар туплами. 7-жилд. Т.; «Узбекистан», 1999. 52-бет

276


huquqiy malaka va bilimlarini ishga solib, faol qatnashadi.


Ko‘pincha kishilar huquq, qonun, burch kabi atamalarni, ba’zan tasodifan qonunbuzarlik qilib, qonun oldida javobgarlik holatiga tushib qolganlaridagina eslaydilar. Nega qonunni buzding, deb so‘ralganda bunday bo‘lishini bilmagan edim deb javob beradilar.
Biroq qonunni bilmaslik aybni yengillashtirmaydi. Biz qonunga mensimaslik bilan qarasak, uni o‘rganmasak, hurmat qilmasak bir kuni noqulay ahvolga tushib qolishimiz mumkin. Qonunni bilish, hurmat qilish huquqbuzarliklarning oldini olish demakki, bilib-bilmay jinoyatga qo‘l urmaslikning bir yo‘lidir. Qonunga hurmat inson madaniyati va ma’naviyatining ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib qolganda, bunday jamiyatni boshqarish ham, adolatni qaror topshirish ham oson kechadi.
Bundan ko‘rinadiki, huquqiy savodxonlik har birimiz qonunlarni Konstitutsiyamizni yaxshi bilishimiz, ularga amal qilib yashashimiz tinch turmush tarzimiz va osoyishta faoliyat yuritishimiz garovidir.
Prezidentimiz huquqiy savodxonlikni oshirish borasidagi vazifa «o‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi va qudratiga tayanib yashay- digan, atrofida ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga mustaqil muno- sabatda bo‘ladigan, shu bilan birga, xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin shaxsni shakllantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish darkor»1, deb ta’kidlaydi.
Huquqiy madaniyatni, savodxonlikni rivojlantirmay turib salbiy holatlarning oldini olish, tugatish anchayin mushkil bo‘ladi. Qonunbuzarliklardan avvalo odamlarni, jamiyatni himoya qilish zarur. Yurtboshimiz Islom Karimov so‘zlari bilan aytganda «... davlat davlatchiligini qilmoqchi bo‘lsa, f^qaroni o‘z panohiga olishi zarur... boshqacha aytganda, davlat har bir fnqarosini himoya etishi, unga huquqiy yordam berishi kerak. Qonun oldida hamma barobar. Mamlakat qonunlariga barcha fnqaro yoshidan, millatidan, irqi, dinidan qat’iy nazar, barobar bo‘ysunmog‘i farz».1
Yuqoridagilarni bajarish, fnqarolar huquqlarini himoya qilish, adolatli davlatning ma’naviy va ma’rifiy vazifasi. Bizning vazifamiz esa fnqarolar manfaatini ko‘zlovchi qonunlarga to‘liq rioya etishdan iborat.

1 Каримов И. А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон хаёт-пировард максадимиз. Т.: Узбекистан 2000, 12-бет.

1 Уша жойда.

277



Qayerda qonunlarga itoat qilinmas ekan, u yerda adolat buziladi, zo‘ravonlik vujudga keladi, ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar kuchayadi va oxir-oqibatda jamiyat ma’naviy qashshoqlikka giriftor bo‘lib, parokandalikka uchraydi. Shuning uchun qonunlarga itoat qilish har bir shaxsning ma’naviy yuksaklik belgisi bo‘lishi bilan bir vaqtda jamiyatni barqaror rivojlantirishning asosiy sharti ham hisoblanadi.

  1. Demokratiyaning ma’naviy-ma’rifiy jihatlari


Yüklə 113,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin