l-§ . Milliy xavfsizlik
-
taraqqiyot garovi
Hai bir mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash asosiy
masala bo ‘ lib, bunda davlat asosiy rolni o'ynaydi.
“ O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini mus-
tahkamlash, uning hududida barqarorlikni ta’minlash, mam-
lakatimizning jahon x o ‘jaligi tizimida
va jahon hamjamiya-
tida munosib joyni egallashiga erishish — davrimizning asosiy
vazifasidir” 1, - deb bu masalaning ahamiyatini ko‘rsatib bergan
edi Prezidentimiz.
Shuning uchun, dastlabki yillardan
boshlab milliy xavfsizlikni
ta’ minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosini yaratuv-
chi qonunlarni yaratish ishlari amalga oshirildi.
Milliy xavfsizlik
masalasida yagona davlat siyosati bo'lishiga, barcha siyosiy, iqti
sodiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy va
boshqa chora-tadbirlarning
uyg'unlashgan tizimini yaratishga erishish yo‘ lidan borildi.
Milliy xavfsizlik ko‘p jihatdan Vatanimiz mudofaa qudratining
asosi - mamlakatning iqtisodiy qudratiga bog'liq. Shuning uchun
iqtisodiy qudratni rivojlantirish ishlari to‘xtovsiz olib borildi.
Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashning
asosi yoshlar
ekanligiga hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga
alohida e ’tibor berildi.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jahondagi mamlakat-
lar, xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan aloqalar o'rnatildi.
Milliy xavfsizlikni ta’ minlash bo'yicha
davlat siyosati va
uning uzoq yillarga mo'ljallangan strategiyasi tamoyillari 1995-yil
24-fevralda bo'lib o'tgan Oliy Majlisning sessiyasida aniq bayon
qilib berildi.
1996-yil 24-aprelda Oliy Majlis sessiyasida “Milliy xavfsizlik
to‘g ‘ risida”gi Qonun muhokamaga qo'yildi. 1997-yil
avgust oyida
bo'lib o'tgan Oliy Majlis sessiyasida esa, Respublikaning milliy
xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi.
Milliy xavfsizlik endi faqat
1 Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy
tamoyillari. — Т.: O'zbekiston. 1995. ~ 57 58-betlar.