L-§. Milliy xavfsizlik taraqqiyot garovi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix20.03.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#88900
1   2   3   4   5   6   7
zV0Mv1OPHIWIpi3nxM4SGacI1AXRDRYudgYFh1Nt

birinchidan,
qo shinlarni boshqarish samaradorligining an- 
cha oshirilishiga;
ikkinchidan,
ularning eng muhim strategik yo'nalishlarda 
ishlashiga;
uchinchidan,
hududiy mudofaaning haqiqiy tizimini shakl- 
lantirishga imkon berdi.
Qurolli Kuchlar sonini qisqartirish barobarida son va tuzilishi, 
professional tarkibi jihatidan eng maqbul armiya tuzish ishlari 
olib borildi.
Armiyani mustahkamlash - ularni zamonaviy qurollar bilan 
ta’ minlash bilan bevosita bog'liq, shuning uchun bu borada yetarli 
ishlar olib borildi.
Qurolli Kuchlarni mustahkamlash bo'yicha olib borilgan va 
olib borilayotgan ishlardan-chegara qo'shinlari, Ichki ishlar vazirli­
gi qo'shinlari ham chetda qolgani yo'q. Chunki, ular ham mam­
lakat xavfsizligini ta’minlashda o'z o'rniga ega.
Bulardan tashqari, xorijiy mamlakatlarning tajribalarini o'rga- 
nib, Qurolli Kuchlarni tashkil etish, uning quyi bo'g'inlaridan tor- 
tib, yuqori bosqichlarigacha boshqarish tartibi tubdan qayta ko'rib 
chiqildi va tizimli choralar belgilandi1.
3 -§. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va Qurolli Kuchlar­
ni boshqarish
Konstitutsiyaning 126-moddasida: “ O'zbekiston Respublikasi 
o'z xavfsizligini ta’minlashuchun yetarli darjada Qurolli Kuchlari- 
ga e ga ” , - deb belgilangan.
“ Mamlakatimiz sarhadlarining daxlsizligi va hududiy yaxlitli- 
gini saqlash, el-yurtimizning osuda hayotini ishonchli himoya qi- 
lishga qodir, zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan ta minlangan, 
yaxshi tayyorlangan va bugungi kun talablariga to liq javob be- 
radigan, son jihatidan ixcham va harakatchan Qurolli Kuchlarni
1 Bular haqida qarang: Karimov I.A. 0 ‘zbkiston X X I asrga intilmoqda. - Т.: 0 ‘zbekiston, 
1999. - 44-46-betlar.
539
www.ziyouz.com kutubxonasi


vujudga keltirish - O'zbekistonimizning buyuk kelajagini barpo 
etish yo'lidagi eng muhim vazifalarimizdan biridir” 1, - deb bu 
masalaning mohiyatini ko'rsatib bergan edi Prezidentimiz.
O'zbekistonda hozirgi kunda Qurolli Kuchlarning qat’ iy tizi­
mi barpo etildi va u Konstitutsiyaning 126-moddasida belgilangan 
darajaga mos keladi.
Qurolli Kuchlar o ‘ z ichiga Mudofaa vazirligi va Chegara 
qo'shinlari bo'linmalarining, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsiz­
lik xizmatining maxsus qismlarini, shuningdek boshqa idoralar- 
ning harbiy tuzilmalarini oladi. Y a ’ ni, yuqoridagi bo'linma va tu­
zilmalar birlashib, Qurolli Kuchlarni tashkil etadi.
O'tgan yillar davomida davlatning mudofaa va harbiy qurilish 
sohasidagi siyosatini amalga oshiruvchi Mudofaa vazirligi, Davlat 
chegaraiarini himoya qiluvchi qo'mita, Ichki ishlar vazirligi va 
boshqa Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi davlat organlari, tashki- 
lotlarning maqsad va vazifalari qaytadan ko'rib chiqilib, yanada 
aniqlashtirildi. Mamlakatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini 
qurolli himoya qilishga tegishli qarorlar ishlab chiqadigan va ular­
ni amalga oshiradigan yangi tuzilma - Qurolli Kuchlarning bir- 
lashgan shtabi tuzilishi mudofaa sohasida muhim voqea bo'ldi.
Mamlakat xavfsizligini saqlashda faqat kuchli Qurolli Kuchlar 
bo'lishining o'zi kifoya emas. Qurolli Kuchlar samarali, vakolatli 
boshqarilgandagina, ular o'z oldiga qo'yilgan vazifani to'la bajara 
oladi. Shuning uchun mamlakatimizda Qurolli Kuchlarni boshq&- 
rishga alohida e ’tibor beriladi.
O'zbekistonda mudofaa va xavfsizlikning muhim ahamiyati- 
dan kelib chiqib, Qurolli Kuchlarga O'zbekiston Respublikasi Prezi­
denti boshchilik qiladi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 20-bandiga 
asosan, Prezident O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 
Oliy Bosh qo'mondoni hisoblanadi. U Konstitutsiyaning shu mod- 
dasiga binoan Oliy bosh qo'mondon sifatida Qurolli Kuchlarning 
Oliy qo'mondonlarini tayinlaydi va vazifalaridan ozod etadi, Oliy 
harbiy unvonlarni beradi.
1 Karimov I.A. O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari. - Т.: O'zbekiston, 
2002. - 32-bet.
540
www.ziyouz.com kutubxonasi


Prezidentning mudofaa sohasidagi vakolatlari (Oliy bosh 
qo mondon) Mudofaa to'g'risida” gi Qonunning 8-moddasida bel­
gilangan.
Qurolli Kuchlarning kundalik faoliyatiga rahbarlikni o'z bo'y- 
sunuvidagi qurolli kuchlarning tarkibiga kiradigan harbiy tuzilma­
lari bo Igan vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning rahbar­
lari amalga oshiradi.
Masalan, Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri, Milliy xavfsizlik xiz- 
mati raisi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qo'mitasi raisi.
O'zbekiston Mudofaa vazirligi tinchlik davrida faqat o'z tasar- 
rufidagi qo'shinlarni boshqarishga rahbarlik qilsa, urush davrida 
Mudofaa vaziri bir paytning o'zida Oliy bosh qo'mondon o'rin­
bosari hisoblanadi.
Qurolli Kuchlar oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish yuzasidan 
ularga tezkor va kundalik rahbarlikni Qurolli Kuchlarning Birlash- 
gan shtabi boshlig'i amalga oshiradi.
Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi mamlakat suvereniteti 
va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilish sohasidagi qarorlarni 
ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi yagona qo'mondonlik or­
gani hisoblanadi.
Qurolli Kuchlarni boshqarishda harbiy okruglar alohida o'rin 
tutadi, harbiy okrug alohida yo'nalishlarda Respublika xavfsizigi 
va hududiy yaxlitligini ta’minlovchi asosiy harbiy-ma’muriy birlik 
hamda umum qo'shin tezkor strategik birlashmadir.
Mudofaa sohasidagi O'zbekiston hukumatining, Mudofaa 
vazirligining, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralari, mahalliy 
davlat hokimiyati organlarining vakolatlari Mudofaa to g risida gi 
Qonunning 9, 10, 12, 13, 14-moddalarida belgilab qo yilgan.
Mudofaa sohasida, Qurolli Kuchlarni tashkil qilishda fuqaro­
larning o'zini o'zi boshqarish organlari ham ishtirok etadi, ya ni 
davlat organlariga o'z vazifalarini bajarishga ко maklashadi (Qo­
nunning 15-moddasi).
Mudofaa va xavfsizlik masalasi о ta muhim masala ekanli­
gi sababli u O'zbekiston Prezidentining “ O'zbekiston XXI.asr 
bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraq-
541
www.ziyouz.com kutubxonasi


qiyot kafolatlari” asarida barqarorlik hamda taraqqiyot kafolatlari 
va shartlaridan biri sifatida ko'rsatilgan1.
Unda ta’ kidlanishicha, davlatning mudofaa qobiliyati uning 
siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ilmiy va ma’ naviy imkoniyatlaridan 
tarkib topadi. Davlat mudofaa qobiliyatining eng muhim qis­
mi uning Qurolli Kuchlaridir. Harbiy qurilish sohasidagi maq­
sad professional armiyani, o'z tarkibida yaxshi tayyorlangan va 
ta’ lim olgan. o'z xalqiga, ona zaminiga sadoqatli bo'lgan, o'z 
Vatanining sha’ ni va qadr-qimmatini oxirigacha himoya qila ola- 
digan jangchilarga ega bo'lgan armiyani bosqichma-bosqich vu­
judga keltirishdan iborat. Maqsad miqdor jihatdan uncha katta 
bo'lmagan, lekin yaxshi shaylangan, zamonaviy qurollar va harbiy 
texnika bilan bekamu ko'st qurollangan, O'zbekistonning xavf- 
sizligini mustaqil ravishda va puxta ta’ minlashga qodir bo'lgan 
Qurolli Kuchlarni shakllantirishdir2.
O'zbekiston Prezidentining bu so'zlarida mudofaaning ahami- 
yati, unda Qurolli Kuchlarning roli va Qurolli Kuchlarni takomil- 
lashtirish hamda undan ko'zlangan maqsad aniq ko'rsatib berilgan.
M avzuni mustahkamlash uchu n savollar:
/ .

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin