qismlari butun ittifoq hududida, jumladan, 0 ‘ zbekiston hududida
ham joylashtirilgan bo'lib, SSSR tugatilganidan s o n g Qurolli
Kuchlarda
ham boshqaruv, intizom barbod bo'lib, turli tahdid-
lar kuchayib borayotgan vaqtda 0 ‘zbekistonning o'z mudofaa
vazirligini va joylarda qo'mondonlik tuzilmalarini shakllantirish
o'z vaqtida qabul qilingan va to'g'ri bo'lgan qaror edi.
Chunki, mustaqillikni saqlash xavfsizlikni saqlash bilan bog'
liq bo'lib, ularni saqlashda Qurolli Kuchlar asosiy va hal qiluvchi
rol o'ynaydi.
Undan keyingi muhim qadam Qurolli kuchlarning mavjudli-
gi, vazifasining Konstitutsiyada mustahkamlanishi bo'ldi. Natijada
Qurolli kuchlar Konstitutsiyaviy institut hisoblandi. Bu ham ular
ning ahamiyatini ko'rsatadi.
Konstitutsiyaning 125-moddasida: “ O'zbekiston
Respublikasi
Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suvereni-
tetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsiz-
Iigini himoya qilish uchun tuziladi” , - deb qayd qilingan. Bu bilan
nima uchun qurolli kuchlarni tashkil qilish kerakligi va ularning
vazifasi aniq belgilangan. Demak, Qurolli Kuchlarning Konstitu
tsiyaviy vazifasi:
- davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini;
- aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishdir. U
shu maqsadda tuziladi.
Bundan
tashqari, Konstitutsiyaga asosan qabul qilingan “M u
dofaa to'g'risida” gi Qonunda Qurolli Kuchlarga urushlar va qurolli
mojarolarni qaytarish hamda oldini olish vazifasi ham yuklatilgan.
(Qonunning 6-moddasi).
Qurolli Kuchlar davlat tomonidan tashkil qilinadigan harbiy
birlashmalar, qo'shilmalar, qismlar va boshqa harbiy tuzilmalar-
dan iborat bo'ladi.
Qurolli Kuchlar va uning tarkibiy qismlari o'z faoliyatini qo
nuniylik, markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar
safarbarlikka doimo tayyor hamda harbiy intizomga rioya etish
asosida tashkil etiladi.
. . . .
Ularning faoliyatidagi bu prinsiplar
mamlakat xavfsizligini
ta’ minlash imkoniyatini beradi.
537
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qurolli Kuchlar uiarning tarkibiy qismlari o 'z vazifalarini
muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lish uchun,
uiarning ixtiyoriga harbiy obyektlar, binolar va inshootlar, qurol-
yarogiar, harbiy texnikaning barcha zarur turlari va boshqa harbiy
ashyo, mol-mulk berib qo'yiladi va ular davlat mulki hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 126-moddasida: “ 0 ‘ zbekiston Respublikasi
o ‘z xavfsizligini ta’ minlash uchun yetarli
darajada Qurolli Kuchlari-
ga ega” , - deb ko'rsatilgan. Bu Qurolli Kuchlarning tarkibiy
qismlari, ularga zarur qurol-yarog', texnika ashyolar hamda eng
muhimi, Qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchi tarkib O'zbekiston
mudofaa ehtiyojidan kelib chiqib belgilanishini anglatadi.
Qurolli Kuchlarda muddatli va muddatsiz xizmat o'tovchi
shaxslar faoliyat ko'rsatadi. Fuqarolar Konstitutsiyada belgilan
gan burchini o'tash uchun Qurolli Kuchlar safiga muddatli xiz-
matga chaqiriladi. Bundan tashqari, Qurolli Kuchlarda doimiy
maosh olib ishlovchilar ham mavjud. Ular asosan zobitlar va
boshqa xodimlardir.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki
davrlarida iqtisodiy
qiyinchiliklarga qaramay, Qurolli Kuchlar uchun eng zarur va
yuksak malakali zobitlar tayyorlashga mo'ljallangan bir qancha
harbiy o'quv yurtlari tashkil qilindi, armiyani texnik jihatdan ji-
hozlashning samarali choralari ko'rildi, harbiy salohiyatni yetarli
darajada ta’ minlash uchun zarur mablag' ajratildi. Mamlakatimiz
harbiy doktrinasi mudofaani ta’ minlash
va xavfning oldini olish
xarakterida tuzildi1.
O'zbekiston XXI asrga Qurolli Kuchlarni, chegara qo'shinlarini
va ichki qo'shinlarni yagona davlat siyosati asosida bosqichma-
bosqich isloh qilish maqsadi bilan kirdi.
Islohotlarning maqsadi - mamlakat tinchligi va osoyishtaligini
saqlashga va ishonchli himoya qilishga qodir, tezkor, har jihatdan
yaxshi ta’ minlangan Qurolli Kuchlarni shakllantirish hisoblanadi.
Shu maqsadda mamlakat hududida harbiy-ma’ muriy birlik-
lar — harbiy okruglar tuzildi.
Soni va tuzilishi, professional tarkibi
jihatidan eng maqbul armiya tuzish vazifasi belgilandi va u amal-
1 Qarang: Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining
asosiy tamoyillari. - T.: O'zbekiston, 1995. - 71-bet.
538
www.ziyouz.com kutubxonasi
ga oshirildi. Qurolli Kuchlarning qo'shilma va qismlari qavtadan
joylashtirildi. Bular:
Dostları ilə paylaş: