Zbekiston respublikasi qurolli kuchlari akademiyasi axborot xati



Yüklə 44,07 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix08.11.2022
ölçüsü44,07 Kb.
#68046
AXBAOT XATI KONF.2022y.25.11



O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI AKADEMIYASI
AXBOROT XATI
Tabiiy fanlar kafedrasi Sizni Qurolli Kuchlar Akademiyasida 2022 yil 25 noyabr kuni soat 
14.30 da boshlanadigan 
“Oliy harbiy ta’lim muassasalarida Tabiiy fanlarni o‘qitishda 
zamonaviy yondashuv: muammolar va yechimlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyaga 
taklif etadi.
Konferensiyada 
akademiya 
professor-o’qituvchilari, 
ilmiy 
xodimlari, 
shuningdek, 
respublika oliy harbiy ta ’lim va oliy ta ’lim muassasalarining aniq va tabiiy fanlar bo’yicha 
professor-o’qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari, doktorantlari, mavzuga oid 
soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin. Konferensiyada tabiiy va aniq fanlarni o ’qitishdagi 
quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
1. Oliy ta ’lim muassasalarida Tabiiy va aniq fanlarni ixtisoslik fanlari bilan integrativ 
yondashuv asosida o ’qitishdagi muammolar va ularni yechish yo’llari.
2. Tabiiy va aniq fanlarni o’qitish orqali harbiy amaliy masalalarni yechishga ko’nikmani 
shakllantirish muammolari.
3. Tabiiy va aniq fanlar hamda texnika yo’nalishidagi ixtisoslik fanlarini zamonaviy 
yondashuvlar asosida o ’qitishdagi muammolar va ulami yechish yo’llari.
Konferensiyada har bir m a’ruzachi uchun 10 daqiqagacha vaqt beriladi. Konferensiyaning 
rasmiy tillari - o ’zbek, rus va ingliz tili. Konferensiya ochilgunga qadar qabul qilingan m a’ruzalar 
tezislari chop etilishi m o’ljallangan. Tezislar(materiallar) o ’zbek, rus yoki ingliz tillaridan birida 
tashkiliy qo’mitaga yuboriladi.
1. Materiallar “Microsoft Word” dasturida, Times New Roman, 14 shrift, 1.5 intervalda, 
yuqori va past tomondan 2 sm, chapdan-3 sm, o’ngdan - 1.5 sm formatda shakllantirilib, elektron 
varianti tashkiliy qo’mitaga yuboriladi. Adabiyot va manbalarga havolalar tezis(material) so’ngida 
berilishi kerak. Tezis va materiallar hajmi 5 betgacha bo ’lishi mumkin.
2. Maqola va tezisning sarlavhasi bosh harflar bilan sahifa o ’rtasida yoziladi. Sarlavhadan 
keyin muallifning familiyasi, ismi, ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron manzili 
ilova qilinishi kerak. Tahrir hay’ati talablariga javob bermagan va belgilangan muddatdan kech 
qolgan materiallar chop etilmaydi. Konferensiya to’plamiga material va tezislar elektron 
shaklda bepul qabul qilinadi.
3.Materiallar ilmiy asoslangan, manba va adabiyotlarga ega, xulosa, muhim taklif va 
tavsiyalarga ega bo’lishi lozim. Hammualliflar uchtadan oshmasligi maqsadga muvofiq. 
Maqoladagi m a’lumotlarning ilmiy-nazariy va metodologik asoslanganligiga muallifning o ’zi 
m a’suldir.
4.Konferensiya mavzusiga bevosita tegishli boTmagan hamda tahririy jihatdan 
kamchiliklarga ega bo’lgan, ilmiy saviyasi past materiallar ko’rib chiqilmaydi va egasiga 
qaytarilmaydi. Materiallar konferensiyadagi ishtiroki haqidagi shakl to ’ldirilgan ravishda quyidagi 
ga j о ’natiladi: akaduz@umai 1.uz
5. 
Konferensiyada ishtirok etish uchun materiallarni yuqoridagi talablarga mos ravishda 
tayyorlab, 2022 yilning 15 noyabr sanasigacha yuborishingiz so’raladi.
Ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar quyida ko’rsatilgan raqamlar bo’yicha 15 
noyabrgacha murojaat qilishlari mumkin. Konferensiyada qatnashuvchilar Akademiya hududiga 
pasport bilan kiritiladi.
Tashkiliy qo’mita manzili: Toshkent shahri, Parkent k o ’chasi, 2-uy. O ’RQK Akademiyasi.
Bog’lanish uchun telefonlar:soat 16:00 gacha (+998 71) 289 97 81; soat 16:00 dan (+998 
97) 430 07 14; (+998 90) 323 57 56; (+998 94) 646 86 79; (+998 99) 481 83 04.

Yüklə 44,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin