O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng sertifikatlashtirish sohasida juda katta ishlar amalga oshirildi va hozirgi kunda ham bu sohaning rivojlanishi, xalqaro miqyosda tan olinishi ustida “O’zstandart” agentligi tomonidan e’tiborli ishlar amalga oshirilmoqda. Binobarin, 1992 yil mustaqillikning ilk yillaridayoq Vazirlar Mahkamasi huzurida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlat markazi (“O’zdavstandart”) va keyinchalik, 2002 yilda, ushbu sohani yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida mustaqil “O’zstandart” agentligiga aylantirilishi Hukumatimiz tomonidan bu sohaga berilayotgan ahamiyatning mahsuli sifatida qarash mumkin. Davlatimiz tomonidan sertifikatlashtirish ishlarini tashkillashtirish, uni tartibga solish va bu sohaning qonuniy asosini yaratish maqsadida 1993 yilda “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilinishi, uni amalga oshirish maqsadida qator chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi yuqoridagilarning yaqqol isbotidir.
Sertifikatlashtirish so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “tug’ri ishlab chiqarilgan” degan ma’noni bildiradi. Mahsulotning tug’ri ishlab chiqarilganligini bilish uchun, uning me’yoriy xujjatlardagi talablarga mosligini tekshirish zarur. Bunday vazifani sertifikatlash amalga oshiradi.

Sertifikatlash – bu mahsulotni muayyan talablarga, aniq standart yoki texnik shartlarga javob berishini tasdiqlovchi xujjatdir.
Sertifikatlash – bu mahsulotni muayyan talablarga, aniq standart yoki texnik shartlarga javob berishini tasdiqlovchi xujjatdir.
Mahsulotni belgilangan me’yorlarga mos kelishini tekshirish uchun sinovlar o’tkazish lozim. Sinovlar texnik operatsiyalar bo’lib, mahsulotning bir yoki bir necha tavsifnomalarini aniqlashdan iboratdir. Sinovlar sinov laboratoriyalarida amalga oshiriladi.