korxonada sifatni nazorat qilishni tashkil etishning yuqori darajasi: materiallar va yarim fabrikatlar, texnologik jarayonning barcha bosqichlari, tayyor mahsulot, uni o’rash-joylash bo’yicha
korxonada sifatni nazorat qilishni tashkil etishning yuqori darajasi: materiallar va yarim fabrikatlar, texnologik jarayonning barcha bosqichlari, tayyor mahsulot, uni o’rash-joylash bo’yicha;
ishlab chiqaruvchilar tomonidan muvofiqlik arizasiga ko’ra mahsulotning standart shartlariga va boshqa me’yoriy-texnikaviy xujjatlarga javob berishiga to’liq mas’uliyatni, javobgarlikni tan olish. Bunda yuridik yoki administrativ mas’uliyat emas, balki iste’molchilar oldidagi ma’naviy mas’uliyat, sifatning nomuvofiqligi sababli bozorda o’z mahsulotiga nisbatan talabni yo’qotib qo’yish xavfi mas’uliyati nazarda tutiladi. Umuman olganda firmaning nufuzi uchun javobgarlik nazarda tutiladi.
O’z – o’zini sertifikatlash AQSH, Kanada, Germaniya, Gollandiya va boshqa ko’pgina davlatlarda keng tarqalgan. Bu davlatlarda ko’p xollarda ishlab chiqaruvchi korxona maxsus o’rash, joylash ishlarini amalga oshirish yoki mahsulotning milliy standartlarga javob berishini tasdiqlovchi sertifikatlar berish orqali uning sertifikatlashtirilganligini ko’rsatadi.

O’z – o’zini sertifikatlashdan farqli ravishda uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalashtirish be’taraf tomon orqali amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish bo’yicha ISO tarkibidagi qumita tomonidan tayorlangan xujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan sertifikatlashtirishning sakkizta turi berilgan bo’lib, ular mahsulot sifatini aniqlash va ta’minlash ishlarining xajmiga ko’ra bir-biridan farqlanadi. 1-5 turlar mahsulot namunalarini umumiy xolda nazorat qilishga asoslanib, ishlarining xajmiga ko’ra bir-biridan farqlanadi, 6-8 turlari o’zaro bog’lanmagan va 1-5 turlariga ham bog’liq emas