O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida o‘zbek tilini
Davlat tili sifatida o‘qitish masalalari bo‘yicha ma’lumot to‘plash
Har bir sohaning rivojlanishi va taraqqiy etishida ma’lum bir vaqt talab etiladi.
O’zbek tiliga O’zbekiston Respublikasi davlat tili maqomi berilganiga ham 30
yildan oshdi. 1989 yil 21 oktyabr «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilinib,
o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi.
Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lgan ona tilimiz o’zining qonuniy
maqomi va himoyasiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi.
Bu vaqt oralig’ida ona tili mavqeining yanada mustahkamlanib, rivojlanishi uchun
qator Qonun va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi
va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida’gi Farmoni bilan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo’linmasi
hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi.
Bundan ko’zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi
bilan bog’liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo’yicha takliflar tayyorlash,
o’zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-fevralda “Rahbar kadrlar va masʼul
lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va
ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi.
Qaror bilan 2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni
baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish
yuritish hamda masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini
bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tizimi joriy etildi. Bu test tizimi davlat
tilida ish yuritish sohasining yuksak rivojiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Test sinovidan o‘tish talablariga kelsak, rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga
tayinlanadigan shaxslar uchun test sinovidan o‘tish talablari bir xil.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida test sinovida yetarli ball to‘play olmagan
talabgor lavozimdan ozod etilishi yoki u qayta imtihon topshirgunga qadar uning
ish o‘rni vakant bo‘lib turishi to‘g‘risida alohida talab belgilanmagan.
Biroq, talabgorlar test sinovidan o‘ta olmasa, Toshkent davlat o‘zbek tili va
adabiyoti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish
markazida davlat tili bo‘yicha malaka oshiradilar va qayta test sinovlarida ishtirok
etadilar.
Maqsad esa ayon – o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini
yuksaltirishda yuqori natijalarga erishish. O‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa sohalarda qo‘llash doirasi kengayib, undan
davlat tili sifatida to‘liq va to‘g‘ri foydalanish taʼminlanadi. Bundan tashqari,
davlat organlari va tashkilotlari rahbar xodimlariga davlat tilini talab darajasida
bilish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish majburiyati yuklanadi, barcha
davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish salohiyatiga ega bo‘lgan
malakali kadrlar faoliyat ko‘
rsata boshlaydi
Ma`lumki, «Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
(1997 yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta`lim tizimi tubdan isloh
qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko`ra respublikamizda kasb-hunar
kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu
birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan
o`quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-
hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi
kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish
ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-
tuyg`ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo`yadi.
Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni
o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish,
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o`zgarishlar
ta`lim tizimiga xususan o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga boshqacha yondashishni
talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish
vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy
talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat
ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari.
Kasb ta`limi metodikasi fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida, O`zbekistonda
esa 1985 yildan boshlab shakllana boshladi. Bunga asosiy sabab esa o`rta
umumta`lim maktablariga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari»
predmetining kiritilishi bo`ldi.
Informatika va axborotlar texnologiyalari bilan bog`liq bo`lgan fanlarni o`qitish
metodikasi bo`yicha ilmiy izlanishlar professorlar M. Z. Ziyoho`jaev, A. A.
Abduqodirov, dotsent T. R. Azlarov va boshqalar tomonidan olib borilgan va bu
sohada muayyan yutuqlarga ham erishilgan.
O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimiga yangi bo`g`in, o`rta-maxsus va kasb-
hunar ta`limining kiritilishi bilan
informatika yo`nalishidagi fan
o`qituvchilari
uchun informatika o`qitish metodikasini yaratish kabi dolzarb
muammoni hal qilish lozim bo`ladi.
Bunda asosiy muammolar:
-informatika yo`nalishlarida maxsus fanlarni o`qitishning maqsadi va vazifalari
qanday;
-o`quv predmeti sifatida fanlarning mazmunini nimalar tashkil etishi kerak;
-fanlardan o`quv materiali qaysi ketma-ketlikda joylashishi va o`quvchilarga
yetkazilishi kerak;
-fanlardan o`quv materialini to`liq va chuqur o`rganish uchun qanday usul, shakl
va vositalardan foydalanish lozim.
Ma`lumki, har qanday fanni o`qitishda dastavval quyidagi an`anaviy savollar
uchligi qo`yiladi:
- fanni nima uchun o`rganish kerak (ya`ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)?
- nimani o`rganish kerak (ya`ni, mazmunni aniqlash)?
- qanday o`rgatish kerak (ya`ni, ta`limning samarali usul va vositalarini aniqlash)?
Kasb ta`limi metodikasi fani o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi o`qituvchilarini
kelgusi kasbiy faoliyatida har tomonlama tayyorlashni amalga oshirish uchun
chuqur ta`lim berishga qaratilgan. U predmet sifatida informatika yo`nalishidagi,
o`rta bo`g`indagi mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etuvchi bo`lajak
o`qituvchilarni kasbga yo`naltirish bo`yicha nazariy bilimlar berishga asoslangan.
Zamonaviy ta`limda bu eng avvalo talabaning ijtimoiy hayot faoliyatida ongli, aqlli
va madaniyatli munosabatda bo`lishga o`rgatishdir. «Ma`lakaviy ta`lim
metodikasi» fani bir necha mutaxassislik fanlari bilan bog`liq bo`lgani uchun u bu
fanlarning metodologiyalariga asoslanadi va ta`lim-tarbiyaning umumiy
tamoyillariga tayanadi. Ma`lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika
tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari malakaviy ta`lim metodikasi
fiziologiya va psixologiya tomonidan o`rnatilgan qonuniyatlardan ham bevosita
foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: |