Maxsus fanlarni o'qitish shakllari



Yüklə 36,5 Kb.
tarix21.12.2022
ölçüsü36,5 Kb.
#76986
5-mavzu



Maxsus fanlarni o'qitish shakllari
Fan-texnika taraqqiyoti ta’lim jarayoniga asosan yangicha yondashishni, ta’limning faol metodlari va texnologiyalarini qo‘llashni talab qilmoqda, chunki xotira kuchiga asoslangan an’anaviy ta’lim berish usuli ta’lim oluvchilarning fikr yuritish va bilish faolligining o‘sishiga ham yordam beradi.
Hozirgi vaqtda respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida faoliyat olibbborayotgan pedagoglar oldida ta’lim oluvchilarga tayyor bilimlarni beribgina qolmasdan, balki ularga mustaqil fikr yuritish, ijodiy izlanish, faollik va ziyraklik ko‘nikmalarini singdirishi kerakligi masalasi turibdi. O‘qitishning tashkiliy shakllari deganda, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o‘tadigan faoliyati tushuniladi. O‘qitishning u yoki bu tashkiliy shakli jamoaviy va yakka tartibda o‘qitishning har xil ko‘rinishda qo‘shib olib borilishi, o‘qitishda ta’lim oluvchilar mustaqilligining turli darajasi, ta’lim oluvchilarning o‘qishga o‘qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan tavsiflanadi. O‘qitishni tashkil etish shakllarini tanlash ta’lim-tarbiyaviy vazifalar bilan belgilanadi va o‘quv ishining mazmuni hamda metodlariga bog‘liq bo‘ladi. Ta’limni tashkil etish shakllari pedagogik jarayonni tashkil etishning tarixan mavjud bo’lgan, barqaror va mantiqiy tugallangan ko’rinishi bo’lib, unga muntazamlik va yaxlitlik, o’z-o’zini rivojlantirish, shaxsiylik va faoliyatli xarakter, ishtirokchilar tarkibining doimiyligi, o’tkazishning muayyan tartibi mavjudligi xosdir.
Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar)ning ma’lum belgilangan tartibda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi faoliyatining tashqi ko’rinishi kasbiy ta’limning tashkiliy shaklini anglatadi.
Maxsus fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari deganda o’quv-ishlab chiqarish faoliyati uchun talabalarlar jamoasini tashkil etish yo’llari, bu faoliyatga rahbarlik qilish shakllari, shuningdek, o’quv mashg’ulotlarini tuzilish tarkibi tushuniladi.Ta`limni u yoki bu shaklini tanlashda, talabalarni kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish jarayonida ularning mutloq maqsadi va yaqin vazifalari, mazmun hamda metodlari, shuningdek, moddiy sharoitini belgilaydigan asosiy faktor (ko’rsatkich)larini u yoki bu shakllariga bog’liq.Kishilik jamiyatining taraqqiyot etish jarayonida ta’limning tashkiliy shakllari turlicha bo’lgan.
Qadimgi paytlarda yakka tartibda o’qitish usuli keng tarqalgan bo’lib, ma’lum ijodiy jihatlarga ega bo’lganligi bois bu usul hozirgacha saqlanib qolgan. O’rta asrlarga kelib, ta’lim-tarbiya kichik guruhlar shaklida o’tkazila boshlagan. Chunki bu davrda sanoat ishlab chiqarishi yo’lga qo’yilayotgan davr hisoblangan.XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida chex pedagogi Ya.A.Komenskiy sinf-dars tizimini nazariy jihatdan isbotlab berdi.
Hozirgi paytda maxsus fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari tahsil oluvchilarning soni, o’qitish joyi va o’quv vaqtining davomiyligiga ko’ra quyidagicha guruhlanadi.
Nazariy va tajriba-amaliy mashg’ulotlarning asosiy shakllari.
Ijtimoiy talablar, maxsus fanlarning maqsad va vazifalari, ta’lim oluvchilarning talab hamda ehtiyojlari, ta’lim-tarbiya qonuniyatlari, tamoyillari kabilarga ko’ra maxsus fanlar mashg’ulotlariga quyidagi talablar qo’yilishi lozim:

  • fan-texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarining so’nggi yutuqlari,

ilg’or pedagogik tajribalardan imkon qadar foydalanish, ta’lim-tarbiya qonuniyatlariga asoslanib, dars tuzilmasini maqbullashtirish;

  • darsda barcha didaktik tamoyillarning maqbul nisbatini ta’minlash;

  • ta’lim oluvchilarning qiziqishi, ehtiyojlari, moyilligini hisobga olgan holda yuqori samarali o’quv-bilish faoliyati uchun shart-sharoit yaratish;

  • o’quv materialini mukammal o’zlashtirilishi uchun fanlararo aloqadorlikka amal qilish;

  • ta’lim oluvchilar tomonidan ilgari o’zlashtirilgan bilimlar va ularning hayotiy tajribalariga tayangan holda ish ko’rish;

  • ta’lim oluvchilarning barcha ijobiy jihatlarini rag’batlantirish,o’quv-bilish faoliyatini faollashtirish yo’li bilan rivojlantirishga erishish;

  • darsning barcha bosqichlarida mantiqiy va his-tuyg’ularga asoslanish;

  • didaktik materiallar va vositalardan samarali foydalanish;

  • nazariy materialni amaliyot bilan uzviy bog’lab o’rganish;

  • zarur bilim, ish-harakat, oqilona fikrlash va amaliy faoliyat ko’rsatish usullarini tarkib toptirish;

  • ta’lim oluvchilarda uzluksiz ravishda o’qib-o’rganish, o’z bilimiva kasbiy mahoratini oshira borish malakasini shakllantirish;

  • darslarni mukammal rejalashtirish natijalarini oldindan bashoratetish va tashxislash.

Maxsus fanlar bo’yicha zamonaviy darslarda bir-biri bilan uzviy bog’liq ta’lim, tarbiya va rivojlantiruvchi maqsadlarni uyg’unlashtirish bu sohadagi aniq maqsadlarni ham aniqlashtirib olishni talab etadi.
Dars deganda o’qituvchining o’quv guruhiga uyushgan, tayyorgarlik darajasi bir xil, tarkibi o’zgarmas o’quvchilar bilan mashg’ulot o’tkazishi tushuniladi.
Har bir dars o’quv jarayonining bir qismi hamda bilim, ko’nikma va malakalarni egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichi hisoblanadi.
Dars muvaffaqiyatli o’tishi uchun uni tashkil etish bo’yicha o’qituvchi faoliyatining maqsadini aniqlash lozim.


Yüklə 36,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin