FALSAFA 1-Topshiriq
Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari.
Reja:
1.Falsafiy dunyoqarash.
2. Dunyoni falsafiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyati.
3.Mifologik dunyoqarash.
1. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarga kelib asosan mif va din ta’sirida odamlar
dunyoqarashi nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U abstrakt
nazariy fikrlash qobiliyati va (to‘plangan bilimlar ko‘rinishida) real asoslarga
ega bo‘lishi natijasida o‘z rivojlanishining butunlay yangi darajasiga ko‘tarildi.
Bunga, hech shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan rivojlangan ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar, ma’lum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari, bo‘sh
vaqtning paydo bo‘lishi ham imkoniyat yaratdi. Bularning barchasi muayyan
shaxslar doirasiga intellektual faoliyat bilan professional darajada
shug‘ullanish imkonini berdi. SHunday qilib, taxminan 2500 yil muqaddam
dunyoqarashning uchinchi shakli – falsafa paydo bo‘lishi uchun zarur shart-
sharoit Evropa va Osiyoda deyarli bir vaqtda yuzaga keldi. Dunyoqarashning
avvalgi shakllari – mif va dindan farqli o‘laroq, falsafa dunyoni e’tiqod va
tuyg‘ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi.
Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini
aniqlash, shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o‘zaro
aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.Dunyoni sezish va
qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish nafaqat insonga, balki
hayvonlarga ham xos bo‘lsa, dunyoni tushunish esa faqat odamlarga xos
xususiyatdir.
2. Dunyoni falsafiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyati, dunyoni bilish, sezish,
ko‘rish va tushunishning butunlay yangi sohasi – falsafa vujudga kelishida
namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat falsafa – bu nafaqat u yoki bu odam
dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borlig‘i va
bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi,
tabiat, jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va
ta’riflanuvchi ma’naviy faoliyatdir. YA’ni bu dunyoga va insonning undagi
o‘rniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir. Bunday qarashlar zamirini
savollar va insonning ularga javob topish istagi yotuvchi oqilona yo‘l bilan
olingan bilimlar majmuini tashkil etadi. Ammo bilish shunday bir tabiatga
egaki, bir savolga javob ko‘pincha boshqa bir talay savollarni yuzaga keltiradi
va ba’zan muammoga nafaqat oydinlik kiritmaydi, balki uni yanada
chigallashtirib, insonning qiziquvchanligini oshiradi va yangi tadqiqotlarga
da’vat etadi. Xullas, bunda ijod, tinimsiz izlanish, yangilikka intilish muhim
o‘rin egallaydi. Agar mifologiya va dinda javobga urg‘u berilsa, bilishning
butun mazmuni unda mujassamlashsa, falsafada savol, masala birinchi o‘rinda
turadi. U to‘g‘ri va yaxshi ta’riflangan bo‘lsa, muammoning mohiyati aniq aks
etadi. Savol, masala insonni ijodga rag‘batlantiradi, toki unga qoniqarli javob
olinib, haqiqatning tagiga etilganiga ishonch paydo bo‘lmagunicha insonni
izlanishga da’vat etadi. Bunda savolning o‘zi, muammoning qo‘yilishi javobdan
kam ahamiyat kasb etmaydi, ba’zan undan ham muhimroq deb qaraladi.
SHuni ham qayd etib o‘tish lozimki, falsafa, garchi muayyan natijalarga,
mukammal ta’riflarga, uzil-kesil xulosalarga intilsa-da, lekin shuning o‘zi bilan
kifoyalanmaydi. Falsafani avvalo inson madaniyati sohasida yuz berayotgan,
turli qarama-qarshiliklar va o‘zaro ta’sirlar bilan uzviy bog‘liq va ayni vaqtda
o‘zga sohalarga o‘tish va ularda gavdalanish qobiliyatiga ega bo‘lgan ma’naviy
jarayon sifatida tushunish lozim. Bundan xulosa shuki, falsafiy mushohada
yuritish savol berish, shubha qilish, javoblar izlash va kuni kecha echilgan deb
hisoblangan, shak-shubhasiz bo‘lib tuyulgan masalalarga qaytish demakdir.
Falsafa uchun «boqiy», uzil-kesil aniqlangan haqiqatlar, «noqulay», «ilmoqli»
savollar yoki man etilgan mavzular mavjud emas. Falsafa savollar berish,
narsalar va hodisalar mohiyatini anglashga urinish orqali bilish doirasini
kengaytirishga harakat qiladi. Xullas, falsafa haqiqat qanday bo‘lsa, uni
shunday ifodalab ko‘rsatishdir, din esa –uning ramziy, timsoliy aks etishi.
Falsafa asos va mohiyat bo‘lsa, din timsol va shakl. Dialektik munozara usuli
jamiyatning kam sonli ayonlari uchun kerak. Vahiy yo‘lidagi ifoda – xalq
ommasining idroki, tarbiya va ta’limi uchun kerak.
3. «Mif» tushunchasi yunoncha mythos so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, afsona,
rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mif –turli xalqlarning dunyoning kelib
chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning
ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan
dunyoqarashdir. Mifda bilimlar, diniy e’tiqodlar, ma’naviy madaniyatning turli
elementlari, san’at, ijtimoiy hayot kurtaklari birlashgan bo‘lib, shu tariqa
ibtidoiy odamlar dunyoqarashi ma’lum darajada tartibga kelgan, ularning
dunyo haqidagi qarashlari esa muayyan tizimga solingan. Mazkur tizimga
solishning muhim shakllari epos, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bo‘lib, miflar
avvalo ular orqali ifodalanadi. SHu tariqa to‘plangan bilimlar va tajriba keyingi
avlodlarga o‘tishi ham ta’minlanadi. Mifologik dunyoqarashning o‘ziga xos
xususiyati shundan iboratki, bu oddiy rivoyat, biron-bir voqea haqidagi hikoya
emas, balki og‘zaki «muqaddas» matnning arxaik ongdagi voqea-hodisalarga,
insonga va u yashayotgan dunyoga ta’sir ko‘rsatuvchi muayyan borliq
sifatidagi in’ikosidir. Mif, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida, odamlar xulq-
atvori va o‘zaro munosabatlarini tartibga solish funksiyasini bajargan, chunki
unda axloqiy qarashlar, insonning borliqqa estetik munosabati o‘z ifodasini
topgan. Mifologiyaga shu narsa xoski, unda hamma narsa bir, yaxlit,
ajralmasdir; tabiat narsalari va hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga
muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega bo‘ladi.
SHunday qilib, mif kimningdir uydirmasi yoki «o‘tmish sarqiti» emas, balki
shunday bir o‘ziga xos tilki, inson uning yordamida qadim zamonlardanoq
dunyoni tavsiflagan, o‘zining o‘sib borayotgan tarqoq bilimlarini
umumlashtirgan, talqin qilgan, tasniflagan va muayyan tizimga solgan.
Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo’lishi.
Reja:
1. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq falsa.
2. Sharq Falsafasi.
3. Falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi
1. «Qadimgi Sharq» tushunchasi eramizdan avvalgi VI-IV ming yilliklarda
Misrdan Xitoygacha bulgan ulkan hududdagi sivilizatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Sharq madaniyati dunyo xalqlari taraqqiyotida katta rol o‘ynadi hamda
Sharqning o‘ziga xos madaniy taraqqiyoti ushbu hududni jahon
sivilizatsiyasining beshigi deb atalishiga asos soldi. O‘zbek xalqining milliy,
falsafiy, ilmiy merosi Sharq sivilizatsiyasi ildizlari bilan chambarchas bog‘liq
ekanligi Sharq tafakkur tarixining ilk kurtagi bo‘lgan asotiriy qarashlarni
atroflicha o‘rganishga asos yaratadi. “Qadimgi madaniyat makoni bo‘lgan
Markaziy Osiyoning qulay geografik joylashishi, tabiati, iqlimi mintaqada
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning avvalroq boshlanishini ta’minladi va Sharq
bilan G‘arb, Mesopatamiya, Eron, Misr keyincha Yunoniston va Rimni Xitoy va
Hindiston bilan bog‘lovchi, turli xalqlar madaniyatining chatishuvini
ta’minlovchi halqa vazifasini o‘tadi”1,- deydi antik va qadimgi dunyo adabiyoti
hamda falsafasi haqida monografiya yozgan olima F.Sulaymonova. Asotiriy
yoki mifologik tasavvurlar falsafaning tub ildizlari, ma’naviy manbalaridan
biridir. Inson tafakkurining ilk tarixiy bosqichlarida Sharq mifologiyasi
dastlabki dunyoqarash shaklining mahsuli sifatida vujudga keldi.Unda
insonning uni o‘rab turgan olamga munosabati ifoda etilib, atrof-muhitning
sir-asrorlarini bilishga intilish, tabiat qonuniyatlarini anglashda badiiy, obrazli
tasavvurlar tizimining naturalistik xarakteri namoyon bo‘ladi. Misol uchun,
insoniyat tamaddunining beshigi sanalmish Hindistonda ilk asotiriy
tasavvurlar Vedalarda mavjud bo‘lgan. Veda bilim, ta’limot degan ma’noni
bildirib, to‘rt qismdan – Rigveda, Yajurveda, Samoveda, Axtarvavedadan
iboratdir. Uning eng qadimgi qismi «Rigveda» eramizdan oldingi II ming
yillikka taalluqli bo‘lib o‘zida asotiriy qarashlarni ifodalagan, tabiat va ilohiyot
haqidagi madhiyalar ko‘rinishidagi qadimgi hind adabiy yodgorligidir. U
koinot madhi deb atalgan she’rlar to‘plamidan iborat bo‘lib, ushbu madhda bu
dunyo nimadan paydo bo‘lgan, u qanday va kim tomondan yaratilgan, degan
savollarga javob izlangan.
2. Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi.
«Qadimgi Sharq» tushunchasi eramizdan avvalgi VI-IV ming yilliklarda
Misrdan Xitoygacha bulgan ulkan hududdagi sivilizatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Sharq madaniyati dunyo xalqlari taraqqiyotida katta rol o‘ynadi hamda
Sharqning o‘ziga xos madaniy taraqqiyoti ushbu hududni jahon
sivilizatsiyasining beshigi deb atalishiga asos soldi. O‘zbek xalqining milliy,
falsafiy, ilmiy merosi Sharq sivilizatsiyasi ildizlari bilan chambarchas bog‘liq
ekanligi Sharq tafakkur tarixining ilk kurtagi bo‘lgan asotiriy qarashlarni
atroflicha o‘rganishga asos yaratadi. “Qadimgi madaniyat makoni bo‘lgan
Markaziy Osiyoning qulay geografik joylashishi, tabiati, iqlimi mintaqada
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning avvalroq boshlanishini ta’minladi va Sharq
bilan G‘arb, Mesopatamiya, Eron, Misr keyincha Yunoniston va Rimni Xitoy va
Hindiston bilan bog‘lovchi, turli xalqlar madaniyatining chatishuvini
ta’minlovchi halqa vazifasini o‘tadi”1,- deydi antik va qadimgi dunyo adabiyoti
hamda falsafasi haqida monografiya yozgan olima F.Sulaymonova. Asotiriy
yoki mifologik tasavvurlar falsafaning tub ildizlari, ma’naviy manbalaridan
biridir. Inson tafakkurining ilk tarixiy bosqichlarida Sharq mifologiyasi
dastlabki dunyoqarash shaklining mahsuli sifatida vujudga keldi. Unda
insonning uni o‘rab turgan olamga munosabati ifoda etilib, atrof-muhitning
sir-asrorlarini bilishga intilish, tabiat qonuniyatlarini anglashda badiiy, obrazli
tasavvurlar tizimining naturalistik xarakteri namoyon bo‘ladi. Misol uchun,
insoniyat tamaddunining beshigi sanalmish Hindistonda ilk asotiriy
tasavvurlar Vedalarda mavjud bo‘lgan. Veda bilim, ta’limot degan ma’noni
bildirib, to‘rt qismdan – Rigveda, Yajurveda, Samoveda, Axtarvavedadan
iboratdir. Uning eng qadimgi qismi «Rigveda» eramizdan oldingi II ming
yillikka taalluqli bo‘lib o‘zida asotiriy qarashlarni ifodalagan, tabiat va ilohiyot
haqidagi madhiyalar ko‘rinishidagi qadimgi hind adabiy yodgorligidir. U
koinot madhi deb atalgan she’rlar to‘plamidan iborat bo‘lib, ushbu madhda bu
dunyo nimadan paydo bo‘lgan, u qanday va kim tomondan yaratilgan, degan
savollarga javob izlangan.
3. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq falsa. Qadimgi Hindistonda
falsafiy maktablar. Hindistonda falsafagacha bo‘lgan fikrlar uchta manbada
mujassamlashgan: Vedalar, Maxobxorat, Bxagadvita. XX asrda yashab ijod
etgan hind faylasufi Aurobindo Gxoshning ta’kidlashicha, “Maxobxorot”-
yakka, indivudual ong emas, milliy ong ijodi, xalqning o‘zi to‘g‘risida yozgan
poemasidir”2, - degan edi. Qadimgi hind falsafasi shakllanish davri to‘rtga
bo‘linadi. 1.Vedalar davri (er.avv.1500 – 600 y.). Bu davr oriylarning
joylashishi va ular madaniyatining yoyilishi, “o‘rmondagi universitetlar”ning
paydo bo‘lishi davri. 2.Epik davr (er.avv. 600- 200y.) – ilk upanishaddan
darshanlar yoki falsafiy sistemalargacha bo‘lgan davr. Bu davrda buddizm,
jaynizm va boshqa ko‘plab diniy ta’limotlar paydo bo‘ladi. 3. Sutra davri
(er.avv. 200 y.- eramizning ikkinchi asri boshlarigacha) –qisqa va
umumlashgan falsafiy ta’limotlar davri. 4. Sxolastik davr (eramizning ikkinchi
asridan boshlanadi). U mohiyatan avvalgi davrga o‘xshab ketadi. Vedalar
eramizgacha uchinchi ming yillikda yig‘ila boshlagan. Vedalar jami 4 ta:
Rigvedalar– gimnlar to‘plami, Samavedalar – (“Saman” qo‘shiqlar to‘plami),
YAjurveda – (yajus qurbon qilish formulasi, qurbon qilishning formulalari
to‘plami, Atxarvaveda (Atxarvak afsonaviy koxin nomi) – magiya va qasamlar
to‘plami. Har bir veda adabiyoti samxitlardan, ya’ni matnlardan tashkil
topgan. Xususan Rigvedalar 1028 gimndan tashkil. Vedalar davrida dastlabki
ilmiy tasavvurlar, xususan, geometrik o‘lchamlar, arifmetik hisoblar, xususan
o‘nlik sanoq sistemasiga oid fikrlar mavjud bo‘lgan. Ilk upanishad davridayoq
vujudga kelgan ilmiy bilim kurtaklari mifologik dunyoqarashdan keyingi hind
falsafasining ikkinchi ma’naviy manbai bo‘lib xizmat qilgan.
Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri.
Reja:
1. Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi.
2. Uyg‘onish davri.
3. Falsafiy tafakkur evolyutsiyasi.
1.Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va Uyg‘onish davri. Falsafa tarixi sohasida Ilk
o‘rta asr Sharq falsafasi deganda IX-XI asrlar musulmon fani va madaniyati
tarixida katta yutuqlar va muhim ilmiy kashfiyotlar davri tushuniladi. Bu
davrni ba’zi tadqiqotchilar Sharq fani va madaniyatining Uyg‘onish davri yoki
“oltin davri” deb e’tirof etadilar. O‘sha davrda arab xalifaligi tarkibiga kirgan
Movarounnahr va Xuroson mintaqasi yuz bergan madaniy-ma’rifiy
yuksalishni ta’minlovchi va harakatlantiruvchi asosiy kuchlardan biri edi. Bu
xulosa, birinchi navbatda, bu ilmiy yuksalishda ishtirok etgan
mutafakkirlarning asosiy qismi ushbu zamin farzandlari bo‘lgani bilan
izohlanadi7. Ushbu davrning tamal toshi islom dinining vujudga kelish omili,
Abbosiylar xalifaligi davriga borib taqaladi. Mazkur davrda Bag‘dod shahriga
asos solinib, u xalifalikning siyosiy markazi bo‘libgina qolmay, balki
saltanatning iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy markaziga aylantirilgan edi.
Abbosiy xalifalar Mansur (754-776), Xorun ar-Rashid (786-809) va Ma’mun
(813-833) davrida ilm-ma’rifatga katta e’tibor berilgan. Yirik ilmiy markazga
aylangan “Bayt ul-hikma”ga asos solinib, bu joyda o‘z davrining mashhur
olimu faylasuflari, tabib, munajjim, musiqachi, me’mor, muhandislari
to‘plangan. Bu davrda arablar, yahudiylar, nasroniylar, forslar,
movarounnahrlik va xurosonliklar tomonidan yahudiy, yunon, suryoniy, fors,
hind va boshqa tillardagi riyoziyot, falakiyot, mantiq, alkimyo, handasa, tarix,
tibbiyot fanlariga oid madaniy, ilmiy-falsafiy asarlar arab tiliga tarjima
qilingan. Qadimgi yunon faylasuflari Ptolemeyning “Almajistiy” (Almagest),
Evklidning handasa (geometriya), Aflotun va Arastuning qator asarlari arab
tiliga o‘girildi. Ayniqsa, Arastuning mantiqqa oid asarlarining tarjima qilinishi
Bag‘dod ziyolilari dunyoqarashining butunlay o‘zgarishiga olib kelgan edi.
2. Uygʻonish davri (Renessans) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-
asrlar) va Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy
taraqqiyot davri. „Renessans“ atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy
yuksalish (14—16-asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik
turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning
asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va
mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (qarang Gumanizm), uning
isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum)
madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib,
adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash;
inson erki, hurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat
va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli
binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom
Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans
gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqdilar. Keyinchalik Michelangelo,
Rafael, Shakespeare, Miguel de Cervantes Yevropaning turli mamlakatlarida
buni davom ettirdilar. Ammo Renessans, yaʼni Uygʻonish faqat Yevropa
hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib oʻrgangan olimlarning ishlari
shuni koʻrsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va
Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9—12-asrlar) ulkan madaniy
koʻtarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor
insonparvarlik gʻoyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik
gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida „Musulmon Renessansi“ (A. Mets) yoki
„Sharq Uygʻonishi“ (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq
Uygʻonish davrida Yevropa Uygʻonish davrining asosiy belgilari mujassam:
joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani,
aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi.
Sharq Uygʻonish davri ham ulugʻ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur
mutafakkirlarni yetishtirdi. Aniq fanlar sohasida Muhammad al-Xorazmiy,
Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Fargʻoniy, Umar Xayyom,
Mirzo Ulugʻbek jahonshumul kashfiyotlar qildilar.
3. harq Uygʻonish davri keng koʻlamli: taʼlim va tahlil, madrasamaorif
rivojlangan, ulkan kutubxonalarda yuz minglab jild kitoblar yigʻilgan, „xazinat
ulhikma“, „dor ululum“larda tolibi ilmlar, ustozshogirdlar suhbati bardavom
edi, olimning obroʻeʼtibori yuksak qadrlandi. Sharq Uygʻonish davri yutuqlari
Gʻarbiy Yevropadagi Uygʻonish davriga bevosita taʼsir etgan. Chunki 12—14-
asrlarda musulmon olami bilan Yevropa davlatlari orasida aloqa kuchaygan
edi. Ayniqsa, tutash chegara mamlakatlari: Qurdoba (Ispaniya), Kavkaz,
Bolqon yarim orolida bu jarayon kuchli boʻlgan. Yevropaliklar Sharq
olimlarining asarlarini lotin, ispan, yahudiy tillariga qilingan tarjimalar orqali
yoxud bevosita arab tilida oʻqib oʻrganganlar. Ibn Sinoning „Tib qonunlari“,
„AshShifo“, Forobiyning „Ilmlar tasnifi“, Ahmad Fargʻoniyning „Samo
harakatlari va yulduzlar ilmining jami kitobi“, Muxammad Muso Xorazmiyning
„Aljabr val muqobila“, Ibn Rushd, Abu Bakr Roziy asarlari tarjima qilinib,
keyinchalik nashr etilgan. Algebra, algoritm fanlari Xorazmiy asarlari tufayli
shakllangan. „Tib krnunlari“ 7 asr mobaynida Yevropa untlarida tibbiyot
darsligi sifatida xizmat qildi. Ibn Sino shogirdi Ibn Rushd goyalari Italiya,
Fransiya hurfikrligini boshlab bergan. Ibn Sino — Avitsenna, Ibn Rushd —
Averroes, Ahmad Fargʻoniy — Al Frageni, Abu Bakr Roziy — Al Ramzats, Abu
Maʼshar Balxiy — Albumazar degan lotincha nomlar ostida mashhur boʻlgan.
„Oʻsha paytda (13—16-asr) jaholat changalidagi Yevropaning koʻpgina
qismida musulmonlar ilm charogʻini yoqdilar…; ispanlar yozuvi ham, shimoliy
oramiy yozuvi ham Osiyodan olingan; shim., gʻarbiy va sharqiy Yevropa
madaniyati yunon — rumo — arab urugʻidan unib chiqqandir“ (G.Gerder).
Platon, Aristotel asarlari ham Yevropaga dastlab arabcha tarjima va talqinlar
orqali kirib borgan. „Sharkliklar Gʻarbni Aristotel falsafasi bilan yoritdilar“
(Gegel). Aniq fanlar va ularni oʻrganish usullarini, dehqonchilik va
chorvachilik ilmlari, dengizda suzish, qarbiy texnikani Yevropa sharqdan olib
rivojlantirdi. „Matematika, kimyo, tibbiyot sohasida musulmonlarning xizmati
buyuk… bu fanlarda musulmonlar Yevropaning muallimlari boʻlib qoldilar“ (G.
Gerder). Yevropa Uygʻonish davri adiblari Dante, Petrarka, Bokkacho Sharq
ilmfani, adabiy asarlaridan ilhomlanganlar. Dante „Bazm“, „Ilohiy komediya“
asarlarida Ibn Sino va Ibn Rushdni oʻz ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga
oladi. Axmad Fargʻoniy asarlaridan foydalanganini qayd etadi. K. Marloning
„Buyuk Temur“ dramasida Amir Temur jasur, xaloskor inson sifatida
tasvirlangan.
O‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri xususiyatlari.
Reja:
1. O‘rta asr Sharq falsafasi.
2. O‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri xususiyatlari.
3. Sharq falsafasi va madanyati va tarixi.
1. Birinchidan, o‘rta asrlar G‘arb va Sharq falsafasi avvalo feodal jamiyat
falsafasi bo‘lib, u ilohiyot va dinning hukmronligi bilan tavsiflanadi. Feodal
tuzum sharoitida feodal mulkdorlik bilan bir qatorda hunarmandlar va
dehqonlarning shaxsiy mehnatiga asoslangan xususiy xo‘jaligi mavjud bo‘lgan.
Feodal ishchini sotishi va sotib olishi mumkin bo‘lgan, lekin ishchini o‘ldirish
huquqi unga berilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining bunday
rivojlanishi
ularni
ijtimoiy-psixologik
va
mafkuraviy
jihatdan
mustahkamlashni talab qilgan. Feodal madaniyatni mafkuraviy jihatdan
ta'minlovchi integratsion asos din bo‘lgan. Ikkinchidan, o‘rta asrlarda din
G‘arbda ham, Sharqda ham feodal jamiyatning hukmron mafkurasi
hisoblangan. Bu davrda cherkov eng yirik kuch bo‘lgan. Shuningdek, u siyosiy
jihatdan ham o‘ta markazlashgan tashkilot sanalgan. Dindorlar amalda
birdan-bir o‘qimishli odamlar bo‘lgan. Huquqshunoslik, tabiatshunoslik va
falsafaning mazmuni cherkov ta'limoti bilan muvofiq holatga keltirilgan.
Muqaddas kitob aqidalari falsafiy mulohazalarning tayanch nuqtasiga
aylangan. Bu davrda bilim emas, balki e'tiqod, fan emas, balki din afzal
ko‘rilgan. Teotsentrizm, ya'ni Xudoga, uning mohiyatiga dunyoning birinchi
sababi va birinchi asosi sifatida yondashish o‘rta asrlar falsafasiga xos
xususiyatdir. Masalan, o‘rta asrlarda Xitoyda dao haqidagi ta'limot din
ehtiyojlariga to‘la moslashtirilgan: dao tabiiy qonun sifatida emas, balki ilohiy
qonun sifatida namoyon bo‘lgan. Buddizm falsafasi asosiy e'tiborni borliqning
o‘tkinchiligi va yo‘qlikning haqiqiyligi, jonning boqiyligi va abadiy ma'naviy
dunyoni anglab yetish yo‘lida o‘zlikni kamolotga yetkazish orqali uning o‘z
shakl-shamoyilini o‘zgartirishi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganishga
qaratgan.
2. XVI asrgacha G‘arb va Sharq falsafiy tafakkuri har biri o‘z yo‘lida
rivojlangan: arab musulmon Sharqida va Ispaniyaning arablar istilo qilgan
qismida falsafaga dinning ta'siri yevropa va Sharqiy Osiyodagidan kamroq
bo‘lgan. Bu davrda arab musulmon fani rivojlanishda yevropa fanidan ancha
ildamlab ketgan. Xitoyda ham fan, garchi din ta'siri ancha kuchli bo‘lsa-da,
yevropadagidan ilg‘orroq bo‘lgan. Ayrim Sharq faylasuflari o‘z asarlarini antik
davr mutafakkiri Demokritning atomlar haqidagi ta'limoti, Empedokl
elementlari, Pifagor matematikasi, Platon g‘oyalari, Aristotelning falsafiy va
tabiiy-ilmiy merosi, ayniqsa uning mantiq tizimi ta'sirida vujudga kelgan
ilmiy-falsafiy an'ana ruhida yaratganlar. Yevropa falsafasida materializm o‘rta
asrlarda Sharqdagidek keng tarqalmagan va madaniyatga kuchli ta'sir
ko‘rsatmagan. U sxolastikada realizm bilan bir qatorda paydo bo‘lgan
nominalistik falsafa ko‘rinishida rivojlangan va avval ayrim narsalar va
hodisalar, so‘ngra ularning in'ikoslari narsalarning nomlari sifatida talqin
qilinuvchi umumiy tushunchalarda mavjud, degan g‘oyadan kelib chiqqan.
Ammo falsafani ilohiyotga qaram qilishga harakat qilgan din mafkuraning
hukmron shakli sanalgan. Ilk o‘rta asrlarda falsafiy tafakkur rivojlanishining
asosiy shakllari apologetika va patristika bo‘lgan. yevropada, Vizantiyada, Old
Osiyo va Shimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning
tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz
bergan. Bunda xristianlikka qarshi neoplatonizm falsafasidan keng
foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika xristianlikni asoslash va himoya
qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan. Apologetika ortidan «cherkov
otalari»ning falsafiy ta'limoti – patristika (lot. pater – ota) paydo bo‘lgan.
Patristikaning eng yorqin vakili Gippon (Shimoliy Afrika)dagi yepiskop Avliyo
Avgustin (354-430)dir. U o‘rta asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning
keyingi davrlardagi ko‘pgina vakillariga kuchli ta'sir ko‘rsatgan.
3. Markaziy Osiyo – sivilizatsiyaning qadimgi o‘choqlaridan biri. VIII-IX
asrlarda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Bu davrda xalifalik
markazlari – Bag‘dod va Damashqda madaniyat va fan ravnaq topdi.
Xalifalar al-Mansur (754-776), Horun ar-Rashid (786-809), Ma'mun (813-
833) hukmronligi davrida hind va yunon adabiyotlarining tarjimalariga
qiziqish ayniqsa kuchaydi, Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed, yevklid kabi
yunon faylasuflarining ilmiy merosi o‘rganildi. IX asr boshida Bag‘dodda «Dor
ul hikmat» - «Bilim uyi» tashkil etildi. Bu dargohda xalifalikning turli
shaharlaridan taklif qilingan olimlar astronomiya, tibbiyot, tarix, geografiya,
kimyo, falsafa va boshqa fanlarni sinchiklab o‘rgandilar. IX asrda boshlangan
arab istilosiga qarshi kurash mustaqil davlat qurish va xalifalikka qaramlikdan
xalos bo‘lish uchun kurashga aylandi. Natijada Markaziy Osiyo mo‘g‘ullar
istilosini boshdan kechirdi va unga qarshi kurash jarayonida XIII asr
boshlarida bir necha davlatlar – Tohiriylar, Somoniylar, Saljuqiylar va
G‘aznaviylar davlatlari paydo bo‘lib, ular keyinchalik tor-mor qilindi. IX asr
boshlarida dastlab Somoniylar davlati vujudga kelgan bo‘lsa, XIII asrning 20-
yillarida Xorazmiylar davlati mo‘g‘ullarning uzluksiz hujumi ostida qoldi.
Biroq, ko‘p asrlik urushlarga qaramay, Markaziy Osiyoda madaniyat, fan,
san'at va adabiyot rivojlanishda davom etdi. Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy,
Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, va boshqa buyuk allomalar yashab ijod qildilar.
Ular yaratgan asarlar ahamiyatiga ko‘ra o‘sha davrni Markaziy Osiyoda
uyg‘onish davri deb nomlash mumkin. Uyg‘onish davri fani va madaniyatining
o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. barcha odamlarni ma'rifatli
qilishga intilish, bu yo‘lda o‘tmish merosidan va qo‘shni mamlakatlarning fan,
madaniyat yutuqlaridan foydalanish, tabiiy-falsafiy va ijtimoiy fanlarni
rivojlantirish; 2. tabiatni o‘rganish, tabiiy-ilmiy bilimlarni oqilonalikka tayanib
rivojlantirish, aqlning kuchiga ishonish, asosiy e'tiborni haqiqatni bilishga
qaratish, haqiqatni inson bilimining negizi deb bilish;3.insonga xos tabiiy,
badiiy, ma'naviy fazilatlarni yuksaltirish, insonparvarlikni ulug‘lash, barkamol
avlodni tarbiyalashda oliy ma'naviy qonunlarga rioya qilish; 4. universalizm –
borliq va ijtimoiy hayotning barcha muammolariga qiziqish, bu davr
madaniyatining muhim jihatlaridir.
Yangi davr Sharq tasavvufi.
Reja:
1. Yangi davr falsafasi rivojidagi ijtimoiy siyosiy sharoit.
2. Yangi davr G’arb va Sharq falsafasidagi asosiy muammolar.
3. XX-XXI asr G”arb falsafasi.
1. Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o`z davrining dolzarb
muammolarini xal etish yo`llarini topishga harakat qilgan. ХХ asrga kelib
insoniyat fan va texnika taraqqiyoti soxasida o`lkan yutuqlarni qulga kiritdi.
Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi,
ekologik inqiroz, og`ir yo`qotishlar davri ham bo`ldi. Bu esa falsafiy fikrning
taraqqiyotida o`z aksini topdi, uning turli yo`nalish va oqimlari shug`ullangan
muammolarning salmog`i, maqsad-muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi
sifatida, hozirgi davr falsafasida nixoyatda xilma — xil oqim va yo`nalishlar
mavjud. O`z navbatida bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi
yarmi va hozirgacha bo`lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini
belgilaydi.
Hozirgi
zamon
falsafasining
eng
asosiy
tamoyillari
umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uyg`unligi, demokratik
erkinliklar, inson qadri, biror ta’limotni mutloqlashtirmaslikdir. Bag`rikenglik
va tolerantlik hozirgi falsafiy ta’limotlar rang-barangligini ta’minlaydi.
An’anaviy falsafada, turli G`oyaviy tizimlarga bo`linishiga qaramay, muxim
muammolarni xal etishda ma’lum bir umumiylik mavjud edi. Hozirgi zamon
falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko`p xilligi va o`ziga xosligi,
turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yo`nalish sifatida
shakllanganligi yaqqol ko`zga tashlanadi.
2. Jamiyat taraqqiyotiga oid G`oyalar tahlili falsafada antik davrlardan, Sugrot
va Aflotun zamonlaridan boshlab shakllana boshlagan. Bu G`oyalarning
rivojida XVII-XVIII asrlarda yashagan italiyalik faylasuf Dj. Viko, XVIII asrda
yashagan I.G. Gerder va ayniqsa, nemis falsafasining yirik namoyondasi Хegel
katta xissa qo`shganlar. Jamiyat taraqqiyoti to`g`risidagi ta’limotlar orasida
tadrijiy taraqqiyot va inqilobiy sakrashlar yo`lidan borishni ilgari suradigan
ta’limotlar talaygina. Ko`pchilik tadrijiy yo`lni ma’qul ko`radi va biz yuqorida
tilga olgan faylasuflarning aksariyati ana shunday qarash tarafdori. Afsuski,
boshqacha qaraydigan ta’limotlar ham bor. Yangi davr falsafasida tarqalgan
ana shunday oqimlardan biri marksizm bo`lib, uning asoschisi nemis
iqtisodchisi va faylasufi K. Marksdir (1818 — 1883). Uning ijtimoiy falsafasi
kapitalizmda sinfiy ko`rashning mutloq antogonizm darajasiga kotarilishi,
oxir-oqibat proletariat diktaturasining o`rnatilishi va shu yo`l bilan sinfsiz
jamiyatga o`tishni targ`ib qiladigan va real hayotni aks ettirmaydigan
nazariyadir. Keyinchalik sobik ittifokda xukmron mafko`raga aylangan bu
ta’limot dastlab K. Marks va F. Engels yozgan «Kommunistik partiya
manifesti»da bayon qilingan. Uning nazariy asoslari K. Marksning «Kapital», F.
Engelsning «Anti-Dyo`ring» va «Tabiat dialektikasi» asarlarida ta’riflab
berilgan bo`lib, ijtimoiy hayotda salbiy oqibatlarga olib keldi. U borliq
tushunchasini materiya bilan aynanlashtirgan, ruxni butunlay inkor qilgan,
materializm va ateizmni mutloqlashtirgan.
3. ХХ asrga kelib jamiyat tarixiy taraqqiyotiga oid ta’limotlarni
umumlashtirish natijasida ijtimoiy taraqqiyotning plyuralistik modeli, «lokal
madaniyatlar» hamda «sivilizatsiyalarning xilma-xilligi» konsepsiyalari
shakllandi. Ularga ko`ra, jamiyat tarixi — o`ziga xos madaniyatlarning birligi
emas, xilma-xilligidan iborat. Shu ma’noda u organiq tabiatdagi hayot
shakllarining rang-barangligiga kiyoslanadi. Demak, tabiat qanday xilma-
xillikning birligi bo`lsa, jamiyat ham ana shunday rang-baranglikning
uyg`unligidir. Jamiyatda ham hamma va har bir narsaning o`z o`rni bor. Bu
G`oyalar nemis faylasufi va sotsiologi O. Shpengler (1880-1936) va ingliz
tarixchisi A. Toynbi (1889-1975) ta’limotlarida har tomonlama asoslab
berishga harakat qilindi. O. Shpengler o`zining «Yevropaning sunishi» nomli
asarida tarixni bir — biridan mustasno bo`lgan madaniyatlar majmuidan
iborat, deb xisoblaydi hamda mukammal rivojlangan 8 xil madaniyatni
ko`rsatadi. Bo`lar: arab, xind, vavilon, xitoy, yunon-rim, vizantiya-arab
madaniyatlari, mayya va russ-sibir madaniyatlaridir. Madaniyatlar o`ziga xos
diniy asosga ega bo`lib, ularning har biri gat’iy biologik maromga (ritmga)
buysunadi. Va quyidagi asosiy davrlarni bosib utadi: tug`ilish va bolalik,
yoshlik va kamolot, karilik va sunish. Buning asosida madaniyatlar rivojining
ikki bosqichi mavjud, deb ko`rsatiladi. Birinchi bosqich — madaniyat ravnaki
(sof madaniyat) va ikkinchisi — uning tanazzuli («sivilizatsiya»). O. Shpengler
yevropotsentrizmga, ya’ni barcha madaniyatlarni yevropalashtirish G`oyasiga
qarshi chiqdi. Har bir madaniyatning o`ziga xosligi, bir-biridan mustasno
holda rivojlanish G`oyasini mutloqlashtirdi. Ular o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik
ham mavjudligiga kam e’tibor qaratdi.
Falsafa va tabiiy ilmiy fanlarda borliqning mohiyatiga oid konsepsiyalar.
Reja:
1. Falsafa va tabiiy fanlar.
2. “Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi” fanining predmeti va
vazifalari.
3. Yangi davr falsafasining tabiiy-ilmiy asoslari.
1. Falsafani o’rganish chog’ida asosiy e’tiborni ikki narsaga qaratish lozim.
Birinchidan, falsafa — bu eng avvalo fan. Barcha boshqa fanlar singari u ham
o’zining predmetiga ega bo’lib, doimo rivojlanishdadir. Ikkinchidan, falsafa,
ayni paytda mafkura hamdir, u mafkuraviy vazifalarni ham bajaradi. Shuni
ochiq-oydin aytish kerakki, uzoq yillar davomida falsafaning mafkuraviy
xususiyatiga birinchi darajali ahamiyat berildi-yu, ammo uning mustaqil fan
ekanligiga unchalik e’tibor berilmadi. Bu esa, o’z navbatida, ayrim olimlar
tomonidan falsafa fan emas, u mafkura degan fikrni olg’a surishga turtki
bo’lmoqda. Lekin bunday xulosa qilishga hech qanday asos yo’q. Falsafa fanga
xos bo’lgan barcha xususiyatlarga ega. Ma’lumki, har bir fanning o’ziga xos
ob’ekti va predmeti mavjuddir. Bu falsafa faniga ham daxldordir. Bizni qamrab
olgan, cheksiz va doim rivojlanishda bo’lgan olamni, uning qonuniyatlarini
bilish aniq fanlar bilan bir qatorda falsafaning ham vazifasini tashkil etadi.
Falsafaning ham, aniq fanlarning ham ob’ekti bitta, u ham bo’lsa bizni qurshab
olgan olamdir. Ammo ularning tadqiqot predmetlari turlichadir. Rang-barang
dunyo va undagi hodisalarda bir vaqtning o’zida umumiy va xususiy qonunlar
namoyon bo’ladi. Dunyoning alohida olingan va cheklangan sohalarida amal
qiluvchi xususiy qonunlarni aniq fanlar o’rganadi. Ular orasida amal qiladigan
eng umumiy qonunlar falsafaning o’rganish sohasiga kiradi. Masalan,
miqdoriy munosabat va fazoviy o’rinlarni — matematika, issiqlik, nurlanish,
elektromagnit va yadro jarayonlarini — fizika, o’simlik va hayvonot olamini —
biologiya fanlari, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish
munosabatlarini, ishlab chiqarish usuli va taqsimlash kabilarni — iqtisod fani
o’rganadi. Falsafa alohida fanlar singari dunyoning u yoki bu tomonini emas,
balki uni bir butunligicha o’rganadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng
umumiy qonuniyatlarini tadqiq qilib, kishilarning dunyoqarashini
rivojlantirib, ularning nazariy va amaliy faoliyatini to’g’ri yo’lga soladi. Fan
tizimlashtirilgan bilimlar yig’indisi bo’lib, u o’z navbatida fanning nazariya,
qonun, tushunchalar turkumida ifodalanadi, aniq fanlar kabi falsafa fani ham
o’zining nazariyasiga, qonun va kategoriyalariga (umumiy tushunchalariga)
ega. Ularning yordamida kishilar ongida voqelikdagi narsa va hodisalarning
eng umumiy aloqadorligi va taraqqiyot qonuniyatlari aks ettiriladi.
2. Insonni o‘zi yashab turgan dunyoni bilish va o‘rganish masalasi juda
qadimdan qiziqtirib kelgan. Darhaqiqat, bizni o‘rab turgan havo qatlami,
oyog‘imiz ostidagi yer, tirikligimiz asosi havo, butun borliqning hayot manbayi
quyosh, koinot, yulduz, o‘simlik va hayvonot dunyosi juda ham qiziqarliligi
bilan e’tiborni tortmay qolmaydi. XIX asrga kelib, fanning taraqqiyoti o‘ta
jadallashdi, u qator bo‘limlarga, shuningdek, gumanitar va tabiiy fanlarga
bo‘lindi. Tabiiy fanlar barcha fanlarning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib, u
dunyoning boshlanishidan hozirgacha bo‘lgan jarayonlarni insonga bog‘liq
holda emas balki tabiiy ravishda rivojlanishini o‘rgatadi. Tabiiy fanlar yerda
odamzot paydo bo‘lishi bilan birga rivojlanib, kata yo‘nalish hosil qildi. Ammo
shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, bu fanlar insonlar ishtiroksiz ham
rivojlana oladi. Tabiiy fanlarning rivojlanishi texnika olamini juda katta
yutuqlar bilan boyitdi. Ulkan samolyotlar, tezyurar, baquvvat suv osti atom
kemalari yaratildi, kosmosni o‘rganish, kosmosdan turib yer shari bo‘ylab
kuzatishlar olib borish,megadunyoni kuzatish yo‘lga qo‘yildi, oyga odamning
qo‘nishi va hokazolar shular jumlasidandir.
3. XVII asrdan boshlab tabiatshunoslik jadal sur'atlarda rivojlanadi.
Dengizlarda kemalarning yurishiga ehtiyojning ortishi astronomiyaning
rivojlanishini, shaharsozlik, kemasozlik, harbiy ish – matematika va
mexanikaning rivojlanishini belgilaydi. Yangi fan avvalo moddiy ishlab
chiqarish amaliyotiga: to‘qimachilik sanoatida mashinalar ixtiro qilinishiga,
ko‘mir va metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish qurollarining
takomillashuviga tayanadi. E.Torrichelli havo bosimi mavjudligini
eksperimental yo‘l bilan aniqladi, simobli barometr va havo nasosini ixtiro
qildi. I.Nyuton mexanikaning asosiy qonunlarini, shu jumladan butun olam
tortishish qonunini ta'rifladi. R.Boyl kimyoda mexanikani qo‘lladi va kimyoviy
element tushunchasini ishlab chiqdi. Ingliz fizigi U.Gilbert magnit xossalarini
va uning amalda qo‘llanilishini o‘rgandi. V.Garvey qon aylanishini kashf etdi va
uning rolini empirik usulda tadqiq etdi. R.Dekart va G.Leybnits matematika,
mexanika, fizika va fiziologiyaning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. Ijtimoiy
fanlarda tabiiy huquq nazariyasi ishlab chiqildi (Angliyada T.Gobbs,
Gollandiyada G.Grotsiy). Sharqda esa fan va falsafa sohasida deyarli
yangilanish bo‘lmadi. Fanning bunday rivojlanishi o‘z davrining falsafasiga
ham ta'sir ko‘rsatmay qolmadi. Falsafada sxolastika va dindan uzil-kesil
ajralish yuz berdi: diniy aqidalarning hukmronligiga, cherkovning ta'siri va
tazyiqiga qarshi kurashda aqlning har narsaga qodirligi va ilmiy tadqiqotning
cheksiz imkoniyatlari haqidagi ta'limot vujudga keldi. Yangi davr falsafasiga
avvalo tabiatshunoslikdan kelib chiqadigan kuchli materialistik tendensiya
xos. XVII asrda yevropaning yirik faylasuflari qatoriga F.Bekon, T.Gobbs va
J.Lokk (Angliya), R.Dekart (Fransiya), B.Spinoza (Gollandiya), G.Leybnits
(Germaniya) kiradi.
06.10.2023.
TATU TT 13/23 guruh o’quvchisi.
Allamberdiyev Musajon
.
Dostları ilə paylaş: |