Egiluvchanlikni rivojlantiruvchi vosita va metodlar



Yüklə 99 Kb.
səhifə1/5
tarix22.12.2022
ölçüsü99 Kb.
#77293
  1   2   3   4   5
KURASHCHILARDA EGILUVCHANLIKNI TARBIYALASH

EGILUVCHANLIKNI RIVOJLANTIRUVCHI VOSITA VA METODLAR

REJA:

KIRISH

1. Egiluvchanlik va uni tarbiyalashning uslubi


2. Maktab o‘quvchilarga akrobatik mashqlarni o‘rgatish
3. Egiluvchanlik va uni tarbiyalashning uslubi

4. Egiluvchanlikni rivojlantiruvchi vosita va metodlar



XULOSA


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


K I R I SH


Kurashning tarixi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Eramizdan ilgari II-III asrlarda yashagan Grek yozuvchisi Eman Kvaldiyning yozishicha O’zbekistonning ota bobolari, ya'ni bundan 2500 yil ilgari xozirgi O’zbekiston ‘ududida yashagan qabilalarni orasida kurash keng tarqalganligi aytilgan.
Ssha davrda yashagan yigitlar ‘ayot talabiga javob beradigan jismoniy tayyorgarlikni kurash orqali amalga oshirganlar. Qadimda ‘am xar xil yig’inlar, xalq sayillari, Navro’z bayramlarida ananaviy polvonlar olishuvi kurash stkazilgan. Qadimgi Spartakiada ‘am yoshlarni jismoniy tarbiyalashning bir qator usullari mavjud bo’lganki buni asosini kurash tashkil qilgan. Bu kurash turida oyoqlardan ushlashga ruxsat berilgan.
Erkin kurash o’zida Milliy kurashning eng yaxshi usullarni o’zida aks ettirgan. Erkin kurashning vatan kspgina manbalardan yozilishicha Angliyadir. 1904 yil uchinchi olimpiada syinlarida AQShning Sant-Lums sha’rida kurashning bu turini Olimpiya qsmitasi buni qabul qildi va kurashning erkin turi deb atadi.
1928 yil Parijda birinchi bor Yevropa birinchiligi stkazildi. Erkin kurash rivojlanib borib kspgina davlatlarda qiziqarli kurash turiga aylandi va asta sekin kurashning klassik turi qatoriga chiqdi.
M.X.D. Respublikalari qatorida kurashning erkin turi bsyicha O’zbekistonda juda katta qiziqish bilan shug’ullanadilar. Respublikamiz sportchilari musobaqalar g’olibi bo’lishgan.
1993 yil Toronto sha’rida stkazilgan ja’on birinchiligida Respublikamiz sportchilari birinchi bor qatnashdilar. Bu ja’on birinchiligida Respublikamiz vakillari muvaffaqiyatli qatnashib ikkita bronza medal so’ibi bo’lishdi. Kurashning bu turi bilan bizning Respublikamizda kspgina sportchilar shug’ullanadilar va ular erkin kurashning mamlakatimizda rivojlanishida o’zlarining munosib xissalarini qsshadilar.
Respublikamiz kspgina yetakchi murrabiylari sportchilarda egiluvchanlikni tarbiyalashda juda katta a’amiyat berib kelmoqdalar va bir qator muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.
KIRISH
Jismoniy mashqlarni bajarayotgan o’quvchilar organizmining o’sishi va rivojlanishiga, ularning individual jismoniy rivojlanish sur’ati va yo’nalishiga to’g’ri tanlangandagina rag’batlantiriladi . Bunday bolalar boshqalarga nisbatan mashqlarni tanlash, ularni meyorlashda shu sababli o’quvchilarga ko’proq e’tibor berishni talab qilishadi.
Olimlar va mutaxassislarning ko’rsatishicha, har xil xududlarda joylashgan shahar va qishloq o’quvchilarining jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlari bir xil emasligi aniqlangan.
Bolalar uchun jismoniy tarbiyaga bog’liq chora-tadbirlarni ishlab chiqish, mashg’ulotlar tashkil qilish va o’tkazishda ularning jismoniy farqini qat’iy hisobga olish kerak. Bu esa jismoniy tarbiya darslarida qo’llanadigan mashqlarni meyorlashda juda muhimdir.
Hozirgi kunda umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish rejimini aniq meyorlashda ba’zi qiyinchiliklar tug’ilsa-da, lekin ularning taxminiy miqdorlarini berish mumkin.1
Egiluvchanlik - tana qismlarining o'zaro harakatchanligi o'lchamidir. Egiluvchanlikning rivojlanish darajasi harakatlarning erishish mumkin bo'lgan amplitudasi kattaligini belgilaydi (1-chizma). Faqat kuch mashqlarini bajarish bo'g'imlar harakatchanligining chegaralanib, «qotib» qolishiga olib keladi. Shu sababli kuch mashqlarini egiluvchanlikni tarbiyalaydigan mashqlar bilan uyg'unlikda qo'llash lozim bo'ladi.
(baland ko'tarilgan oyoqlarni shu holda tutib turish, oyoqlarni baland ko'tarib tushirish va h.k.) bog'liq. Shunga ko'ra, faol egiluvchanlikni rivojlantirish ham harakatlar amplitudasi baland bo'lgan, shuningdek, bo'g'imlarning imkoniyat darajasidagi holatda «mustahkamlab qo'yadigan» mushaklarni mustahkamlovchi mashqlarni nazarda tutadi (baland ko'tarilgan oyoq, katta burchak va h.k.).
Sust egiluvchanlik - bo'g'imlardagi harakatchanlikni o'z tanasi yoki uning qismlarini og'irlik kuchi, sherik yoki yuklar ta'sirida (shpagat qilish, sherik yordamida o'tirgan holatda oyoqlarga egilish, oyoqni gimnastika narvoni reykasiga tiragan holda butun gavda bilan unga engashish va h.k.) namoyish etish.
Passiv egiluvchanlik faol yoki passiv harakatlarni (qo'shimcha harakatli engashish, shuning o'zi-sherik bilan), bo'g'imlardagi harakatchanlik namoyon bo'ladigan («ko'prik», shpagat, egilish va h.k.) turg'un holatlarda mushaklarni «mustahkamlab qo'yish» usullari bilan rivojlantiradi.
Bo'shashish mashqlari ham URMning bir qismini tashkil etadi. Kuch, chidamlilik, egiluvchanlikni rivojlantiruvchi alohida URM oralig'idagi tanaffuslar dam olish, mushaklarning beixtiyor tabiiy ravishda bo'shashishi bilan bog'liq.
Shug'ullanuvchilarni faol ravishda (ixtiyoriy tarzda) mushaklarni iroda kuchi bilan bo'shashtirishga o'rgatish shart. Shu maqsadda kontrestli harakatlar: kuchli zo'riqishlar va tez bo'shashishni galma-gal bajarish usulidan foydalaniladi. Bu usul yotib yoki o'tirgan holatda qo'llanilganda ayniqsa samaralidir. Shuningdek, bo'shashtiruvchi siltashlar, silkinish harakatlari, o'z-o'zini uqalash usullaridan ham foydalaniladi.
Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanib, ular yordamida shug’ullanuvchi organizmiga aniq maqsadli ta’sir ko’rsatiladi. Shuningdek, ular yordamida o’quv-mashq darslarini samarali tashkil etish hamda o’tkazish uchun sharoit yaratiladi, bu jarayonda sog’lomlashtiruvchi ta’lim va tarbiyaga oid vazifalar hal etiladi.

Yüklə 99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin