Ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodikasi va texnologiyasi. Reja: Metod va usul tushunchalari, ularning farqlari.
Metodika tushunchasi.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodlari mohiyati.
Ijtimoiy-pedagogik texnologiyalar.
Tayanch tushunchalar: metod,“usul”, “vosita, metodika, ijtimoiy ish metodlari, psixologik metodlar, pedagogik metodlar, ijtimoiy pedagogik metodlar, ijtimoiy profilaktika metodlari, ijtimoiy nazorat metodlari.
Metod va usul tushunchalari, ularning farqlari. O’z kasbining xususiyatlarini o’rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida bu bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularni deviant xulq-atvorini oldini olishda ularga yordam berish jarayonida amaliy tadbiq etish muammosi ko’riladi. Bu muammoni hal qilish uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor bu tushunchalarning ta’rifini aniqlab olish lozim. Olimlarning fikricha, ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar-bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba to’planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o’zaro bog’liq faoliyati bo’lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari haaqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish bosqichidalar. Shuning uchun ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishda qo’llanayotgan metodlardan foydalanadi.
Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari qo’llaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo’ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir metod amaliyot tomonidan to’plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogning u yoki bu usulni qo’llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq – atvoriga, zahiradagi usullarga bog’liq vosita usul va metoddan ko’ra kengroq tushuncha hisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar – ijtimoiy pedagog tomonidan oldiga qo’yilgan maqsadga erishishi uchun qo’llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o’z mohiyatiga ko’ra faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o’yin, suhbat, disput, konferentsiya, trening va boshqalar)ga etishishi uchun qo’llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi.
Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos qilib tasniflashadi:
ishontirish;
talab qilish;
hikoya;
suhbat va bahs;
jazolash va maqtash
Biroq ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini qamrab oluvchi metodalr tasnifi quyidagi ko’rinishga ega: