1. Egiluvchanlik va uni tarbiyalashning uslubi Umumrivojlantiruvchi mashqlar (URM) odam organizmiga har tomonlama ta’sir ko’rsatadigan maxsus gimnastika mashqlari bo’lib, tananing alohida qismlari bilan bajariladigan harakatlar turlicha tezlikda, ko’lamda va turlicha muskul zo’r berishi bilan ijro etilishi mumkin.Umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida soqlomlashtirish, jismoniy sifatlarni tarbiyalash va organizmni ish qobiliyatini yanada yaxshilash orqali kishining umumiy jismoniy tayyorgarligi amalga oshiriladi va shug’ullanuvchilarni yanada murakkabroq harakatlarni egallashga tayyorlaydi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar bilan muntazam shug’ullanish mushak, yurak, qon-tomir, nafas va nerv sistemalarini rivojlantiradi va mustahkamlaydi, organizmning ish qobiliyatini va hayotiy faoliyatini kuchaytiradi.
Ular yordamida deyarli barcha jismoniy sifatlar – kuch va kuch chidamligi, mushaklarning qisqarish tezligi va qayishqoqligi, harakat uyg’unligi va nafis ijro etilishi rivojlantiriladi va takomillashtiriladi, qaddi-qomat to’g’ri shakllantiriladi.
Gimnastika darslarida egiluvchanlik sifatini o’rni kattadir. Egiluvchanlik – bu insonning harakatni katta ko’lam bilan bajarish qobiliyatidir. Bu sifat bo’g’inlarda harakatchanlikni rivojlanishi bilan aniqlanadi. Ayrim bug’inlarga tadbiqan “harakatchanlik” deb gapirish to’g’riroqdir (Masalan, tizza bo’g’inlarida harakatchanlik).
Bo’g’inlarda xiyla katta harakatchanlikka erishayotib, go’yoki bo’g’inlarda harakatchanlikning zaxiralarini yaratayotganda o’quvchi harakatni kuch va tezlik bilan bajarish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Gavdaning barcha bo’g’inlarida umumiy harakatchanlik haqida gap borayotganda “egiluvchanlik” terminidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Inson bo’g’inlarida harakatchanlik namoyon bo’lishining ikkita asosiy shaklini ajratish mumkin:
Passiv harakat begona kuchlar ta’siri natijasida amalga oshiriladi. Faol harakat ushbu bo’g’inlar orqali o’tadigan mushak guruxlari hisobidan bajariladi.
Inson oddiy sharoitlarda anatomik harakatchanlikning faqat nisbatan kichkina qismidan foydalanadi va passiv harakatchanlikning doimo ulkan zaxirasini asraydi. Yengil atletika, gimnastika, suzish mashg’ulotlari vaqtida bo’g’inlarda harakatchanlikka oshirilgan talablar da’vo qiladi, anatomik harakatchanlikning faqat 80-95% foydalaniladi.
Egiluvchanlikni tarbiyalashda katta samaraga uni 10-14 yoshida maqsadga qaratilganligini amalga oshirishni boshlagan taqdirda erishiladi. 14 yoshida va keyinroq agar harakatchanlikning shart sharoitlari o’z vaqtida foydalanilmagan bo’lsa, bo’g’inlarda harakatchanlik katta qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi.
10-14 yoshda bo’g’inlarda harakatchanlik katta maktab yoshidagilardan ko’ra qariyib ikki barobar samarali rivojlanadi.
Egiluvchanlik gavdaning oldinga, orqaga, tomonlarga moyilligining darajasi bo’yicha aniqlanadi. Gavdaning oldinga hisoblanishi darajasini aniqlash uchun eshakda turib tizzalarga oyoqlarni bukmasdan oldinga oxirigacha engashish kerak. Skameykaning chetidan to qo’lning uchinchi barmog’igacha bo’lgan masofa o’lchanadi. Bo’g’inlarda bukiluvchanning yaxshi ko’rsatkichi 10-16 sm miqdordir. Bukiluvchanlikni tarbiyalashning barcha jarayonini uch bosqichlarga bo’lish mumkin:
A. “Bo’g’in gimnastikasi” bosqichi.
B. Harakatchanlikning ixtisoslashtirilgan rivojlanish bosqichi.
V. Erishilgan darajaga bo’g’inlarda harakatchanlikni saqlash bosqichi.
“Bo’g’in gimnastikasi”ning vazifasi nafaqat bo’g’inlarda harakatchanlikning faol va passiv rivojlanishining umumiy darajasini oshirishdir, balki bo’g’inlarning o’zini mustahkamlash hamdir. Shuningdek, bog’lovchilar va mushakning mustahkamligini vujudga keltirish, elastik xususiyatlarni yaxshilash maqsadi bilan, mushak-bog’lovchi apparatning mashqi. Ushbu bosqichda barcha bo’g’inlar “ishlab chiqishi” amalga oshiriladi. Bukiluvchanlikning rivojlanishi uchun ayniqsa keng imkoniyatlarni 10-14 yoshdagi bolalar egallashlarini hisobga olib, “bo’g’in gimnastika” mashg’ulotini aynan yoshni mana shu davrida rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.
Bo’g’inlarda harakatchanlikning ixtisoslashtirilgan rivojlanish bosqichi sport texnikasini tezroq egallashga ko’maklashuvchi maksimal keng rivojlanish vazifalarini o’z oldiga qo’yadi va shuning asosida natijalarni yaxshilash.
Masalan, suzish texnikasini o’zlashtirish uchun boldir suyagi va tovon suyagini biriktiruvchi bo’g’in, tizza va yelka bo’g’inlarida maksimal harakatchanlikni rivojlantirish muhimdir. Biroq suzuvchilar boshqa bo’g’inlarda harakatchanlikning rivojlanishiga ko’maklashuvchi mashq bajarishi shart emasligini bildirmaydi.
Bo’g’inlarda passiv harakatchanlikni yuqori darajada rivojlanishini bolalar maxsus mashq bilan 2-4 oy ichida erisha oladilar. Harakatchanlikning faol rivojlanishiga ancha ko’p vaqt talab qilinadi.
Kuchga va cho’zilishga mashqlarining mashg’ulotlarida to’g’ri birga olib borish zarurligini alohida ta’kidlash kerak. Kuchni va harakatchanlikni boshqa-boshqa qilib maksimal rivojlantirish nafaqat muhim, balki ularning o’zaro muvofiqlikda doimo o’tkazish ham muhimdir.
Erishilgan darajaga bo’g’inlarda harakatchanlikni saqlash bosiqich cho’zilishga mashqlarini har kuni bajarilishini nazarda tutadi. Agar cho’zilishga mashqini mashg’ulotlardan chiqarib tashlansa, u holda bo’g’inlarda harakatchanlik tezda yomonlashadi.
Bo’g’inlarda passiv harakatchanlikni rivojlanishining vositalari sifatida ularni oxirgi ko’lam bilan bajarilishi mumkin bo’lishi uchun ular shunday bo’lishi kerak. Shu bilan birga shug’ullanuvchilarga maqsadli ko’rsatma berilishi kerak “pastga!”, “Yuqoriga!”, “predmetga yetkaz!”.
Passiv harakatlantiruvchini rivojlanishiga ko’maklashuvchi mashqlarga shaxsiy kuchidan foydalanish bilan rejali ekspander yoki amortizatorning yordami bilan vazminlashtirish bilan bajariladigan harakat tegishlidir (masalan: snaryadlarda gavdani oyoqlarga cho’zish foydalaniladi.
Cho’zishda (vazminlashtirish sifatida barcha shaxsiy tanasidan foydalaniladi). Shuningdek bukiluvchanlik statistik mashq foydalinadi. Ularda tananing turli xil qismlarini yozish va egish bilan, maksimal ajratish bilan harakatlanmaydigan holat saqlanadi.
Bo’g’inlarda harakatchanlikning rivojlanishi davrida bo’shashiga mashqlar foydalaniladi. Mashqlarni xiyla samarasini oshiradi (10% gacha) Shu bilan birga ham bu mashq bo’g’inlarda ham faollikni, ham passiv harakatchanlikni yaxshilashga ko’maklashadi.
Biror bir harakatda faol harakatchanlikni ko’paytirishga erishish ikki xil yo’llar bilan mumkin:
A. passiv harakatlantiruvchini ko’paytirish hisobidan;
B. harakatda ishtirok etuvchi mushakning maksimal kuchi ko’payishi hisobidan.
Bo’g’inlarda harakatchanlikning asosan rivojlantiruvchi mashqlar ko’pchiligining umumiy qoidasi shunday harakatlar ko’lamiki, ularni oshirib yuborish mashqni davom ettirishni qiyinlashtirib yuboradi. Bunday hollarda ishlovchi mushaklarda charchaganlikni o’ziga xos bo’lganini og’riq xis etish iroda zo’r berish bilan bartaraf etilishiga qaramasdan mashqni to’xtatish kerak. Uni yana davom ettirish mumkin. Bo’g’inlarda harakatchanlikning ustun rivojlanishi davrida takroriy mashqlarning tahminiy miqdori keltirilgan.
Bo’g’inlarda katta harakatchanlikka erishish uchun kundalik mashqlar kerak. Yanada yaxshiroq samarani 2 ta bir martalik mashqlar (ertalab va kechqurun) beradi. Cho’zilishga mashqini ertalabki mashqqa kiritish kerak.
Egiluvchanlikka mashqlarda tanaffuslar hatto 2-3 xafta atrofida bo’lsa, bukiluvchanlikning rivojlanishi darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Bo’g’inlarda harakatchanlikning rivojlanishi ustidagi ishida asosiy uslubiy sharti, unga rioya qilish kerak, cho’zilishga mashqlar bajarilishi oldidan albatta razminka qilish kerak.
Tana haroratining ko’tarilishi, asosan mushak (va ayniqsa, “shpashi” kutilayotgani) maksimal ko’lami bilan harakatlar bajarish uchun katta ahamiyatga ega: mushakni oldindan “qizitish” vaqtida ularning cho’zilishini ko’paytiradi. Cho’ziltirishga mashqlar bajarilishi paytida aniq maqsad qo’yish kerak. Muayyan nuqta yoki predmetchaga yetkazish.
Cho’ziltirishga mashqni muayyan izchillikda seriyalar bilan bajarish zarur: quyi oyoqlar va gavdaning yuqori oyoqlari bo’g’inlari uchun mashq; seriyalar o’rtasida bo’shashishga mashq.
Majmua passiv yoki faol harakteridagi 8-10 mashqlardan tashkil topishi mumkin. Silkitish xarakteridagi mashqni bajarish vaqtida mushaklarni maksimal bo’shashtirish zarur, chunki faqat shu holda harakatning maksimal ko’lamiga erishish mumkin.
Egiluvchanlikni belgilovchi test bo’yicha olingan ma’lumotlar yil davomida o’zgarib turishi hamda qiz bolalar o’g’il bolalarga qaraganda egiluvchanroq ekanligini ko’rsatdi.
Yillik o’sish 7-8 yoshlilar o’rtasida 2 sm ni, 9-10 yoshda 0,6 sm ni tashkil qilgan.
Qiz bolalarda bu 7-8 yoshda 1,3; 8-9 yoshda 0,7 sm; 9-10 yoshda 0,5 sm ga teng.
Bu ko’rsatgichlarni har xil yoshdagi va jinsdagi kishilar ommasi jismoniy tayyorgarligini aniqlashda tumanning va geografik–iqlimiy harakteristikasini, jismoniy tarbiya vositalarining maqsadga muvofiq bo’lganini, eng kerakli uslublarning ilmiy asoslanganligini hisobga olish kerakligi bilan isbotlanadi (24).
Mushak kuchlarini aniqlashda yakka cho’pda tortilish testi bo’yicha quyidagi natijalar aniqlanadi. Ushbu test natijalarining tahlili ko’rsatishicha I sinfdan IV sinfgacha o’g’il bolalarda dastlabki holatga nisbatan mushak kuchlari 1,5 barobar oshdi; 7-8 yoshli bolalar o’rtasida 0,3 martaga, 8-9 yoshlilarda esa 0.6 martaga, 9-10 yoshlilarda esa 0,1 martagacha ko’paygan. O’g’il bolalarning og’irligini o’lchaganimizda 7-8 yoshda 0,9 ga 8-9 yoshda 1,5 ga, 9-10 yoshda 3,7 ga teng bo’lsa, qizlarda esa 7-8 yoshda 3,3 ga 8-9 yoshda 1,4 ga 9-10 yoshda 2,7 ga tengdir.
Ko’krak qafasi kengligining 7-8 yoshli o’g’il bolalar o’rtasidagi farqi 1,1 sm ga, 8-9 yoshdagilarda 3,2 sm ga, 9-10 yoshdagilarda esa 2 sm ga tengdir. Qiz va o’g’il bolalar o’rtasidagi farqi 8-9 yosh oralig’ida yuqori ekan.
O’quvchilarning o’pka sig’imini o’lchaganimizda, o’g’il bolalarning 7-8 yoshlilari o’rtasida farq yo’qligi aniqlandi, 8-9 yoshdagilarda 0,1 l.ga, 9-10 yoshdagilarda 0,1 l.ga tengdir. Qiz bolalarning 7-8 yoshlilarda 0,1 l.ga, 8-9 yoshlilarda 0,2 l.ga, 9-10 yoshlilarda 0,1 l.ga tengdir.
Tajriba va nazorat sinflarining o’g’il va qiz bolalari o’rtasidagi natija statistik farqli ravishda (tq2,90; R(0,01; tq6,19; R(0,01) ga o’sadi.
2 sinf tajriba guruhidagi o’g’il bolalarning natijalari 2,2 martaga yaxshilandi, bu esa 68,7% ni qiz bolalarda esa 5 marta ko’p bajarilgan bo’lsa, bu o’quv yilining boshidagiga qaraganda 50% ga o’sganligini va statistik farqli (R(0,001) ekanligii ko’rsatdi. Nazorat guruhida esa o’g’il bolalarda 0,5 martaga, ya’ni 38% qizlarda 0,6 martaga, demak 13,0% ga oshirildi. Statistik farqli o’sishga erishilmadi.
Kuzatishning amaliy ahamiyati. Olingan natijalar jismoniy tarbiya o’qituvchilari, bolalar va o’smirlar sport maktablarining boshlang’ich tayyorgarlik bo’limida ishlovchi trenerlar uchun uslubiy yordam ko’rsatdi. Dasturdagi materiallarni o’rgatish tizimi yaxshilandi, bolalar ish qobilyati oshdi, jismoniy sifatlari farqli ravishda o’sdi. O’quvchilarni mashq bajarish texnik mahorati rivojlandi. Amaliy uslublar, mashqlar uslubi harakatga asoslangandir. Ular o’zlarida nagruzka va dam olishning ma’lum almashinishini ko’rsatadi.
Jismoniy tarbiyadagi amaliy uslublarini tuzilishini o’rgatishga kirishishdan oldin jismoniy mashqlar bajarilgandagi yuklama va uning xarakterlari hajmi va shiddati bilan tanishib chiqish kerak.
Jismoniy mashqlarni yuklamalashda hajmi va shiddati bir-biridan farq qiladi. Yuklamaning hajmi deyilganda ayrim mashqlarning uzoq ta’sir qilishi, shuningdek, muayyan vaqt ichida (ayrim mashqlarda, mikrotsiklda bosqichda, davrda) bajariladigan jismoniy ishning jami miqdori tushuniladi.
Yuklamaning shiddati deyilganda esa, jismoniy mashqlarning bajarishda, shug’ullanuvchilar organizmiga ko’rsatgan ta’siri tushuniladi. Organizmning dastlabki holatida yuklama bilan unga aks ta’sir o’rtasida tenglik bo’ladi; bir turdagi yuklama bir xil qarshi ta’sir tug’diradi; yuklamaning hajmi va shiddati qancha katta bo’lsa, organizmda o’zgarish shuncha ko’p bo’ladi; yuklama qancha kam bo’lsa, o’zgarish ham shuncha kam bo’ladi.
Muntazam mashq qilish natijasida organizmning funksional imkoniyatlari oshib borishi bilan bir xilda bo’lgan nagruzkalar organizmda tobora kam o’zgarish yasaydi, chunki organizm o’ta kuchli yuklamalarga ko’nikib qoldi.
Jismoniy tarbiya jarayonida harakat faoliyatining murakkabligi bilan bir qatorda, jismoniy yuklamaning hamma komponentlari ortib borishi lozim. Ko’proq kuch, tezlik va chidamlilik kabi jismoniy sifatlar ni rivojlantirishning qonuniyatlari shuni taqazo etadi.
A.K.Atoyev (1982) kitobida egiluvchanlikni rivojlantirish bir necha harakatlarni shakllantirishni aytib o’tadi. Bu mashqlarning kurashchilar uchun ularning qo’l va oyoq harakatlari uchun qanchalik ahamiyat kasb etishni aytib o’tadi. Egiluvchanlik kuch sifatlariniham oshirishga yordam beradi. Kuch va egiluvchanlik sifatlarini bir xil mashqlar orqali rivojlantirish kerakligini ta'kidlab o’tadi.
To’qimalarda harakatchanlikni tarbiyalash uchun sakrovchanlik va aylanma harakatlar qilish maqsadga muvofiqdir. Kuch va egiluvchanlik sifatlarini rivojlantiruvchi mashqlardan keyin alo’ida muskullarni bsshashtiruvchi mashqlar beriladi.
Shuningdek egiluvchanlikni tarbiyalash usullarini ishlab chiqishda quyidagi kitoblar mualliflarning o’quv qo’llanmalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
A.N.Lens egiluvchanlikga oid mashg’ulotlar o’tkazilayotganda muskullar holatiga diqqatini qaratdi. Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun maxsus umum rivojlantiruvchi mashqlardan foydalaniladi. Egiluvchanlikni gigiyenik gimnastika vaqtida va darsning tayyorlov qismida bajarish maqsadga muvofiqdir. Egiluvchanlik mashqlarni darsning tayyorlov qismi bilan birgalikda darsning yakuniy qismida muskullar yaxshi qizigan vaqtda berish mumkinligini aytadi.
N.Nurshin, Salomov va Kerimov “O’zbekcha milliy sport kurashi” bu kitob muallifning fikricha egiluvchanlik mushak va to’qimalarning qayishqoqligiga bog’liq. Mushaklar qayishqoqlik xususiyatlari ko’p darajada markaziy nerv sistemasining ta'sirida o’zgarishi mumkin.
Masalan, musobaqalar oldidagi hayajonlanish va ko’tarikilik vaqtida egiluvchanlik ortib boradi. Egiluvchanlik harakat texnikasini yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo’lmagan sportchilarga nisbatan kuch ishlatuvchi usullaridan foydalanib, yaxshi egiluvchan kurashchilar esa odatda har xil usullarni qo’llashadilar.
Egiluvchanlik ikki xil bo’ladi. Faol va sust egiluvchanlik. Faol egiluvchanlik biror bsg’indagi harakatchanlikning ortida shu bsg’indan o’tadigan muskullarning qisqarishi ‘isobiga rsy beradi. Sust egiluvchanlik esa tashqi kuchlar ta'sirida tana qismlari ‘olatining bsg’inlaridagi o’zgarishda rsy beradi. Usullar qsllashda ‘ujum paytida faol egiluvchanlikni ‘imoya vaqtida esa sust egiluvchanlikni namoyon etadi.
N.Sorokin o’zining “Sport kurashi” kitobida egiluvchanlikni rivojlantirishni aniq ko’rsatib o’tadi va shunday yozadi.
Egiluvchanlikni doimo rivojlantirib borish kerak, chunki bu kurash kurashchilarda usullar qsllash uchun sport kurashida muhim o’rin tutadi. Sorokinning fikricha sportchi doimo egiluvchan bo’lishi kerak. Egiluvchanlik yetishmagan sportchilar albatta o’z raqiblariga boy beradilar. Kurashchi doimo egiluvchanlik mashqlarini bajarib borishi kerak. Egiluvchanlik yuqori bo’lgan sportchilar harakatlarni aniq va yuqori ko’rsatkichlarda bajaradi.
Egiluvchanlik kurashchi uchun texnik harakatlar va ularning bo’limlarida bajarish uchun kerak, egiluvchanlikni rivojlantirish uchun umum rivojlantiruvchi va maxsus mashqlarni bajarish sheriklar bilan ‘am har xil jihozlar bilan va jihozlarsiz mashqlarni bajarishi kerak. Egiluchanlikni oshirish uchun berilgan mashqlarni har kuni, ketma-ket uzluksiz bajarib borish kerak, chunki uzoq tanaffuslar egiluvchanlikni rivojlantirishga yomon ta'sir ko’rsatishi mumkin.
Mushaklar ketma-ketligini sportchi egiluvchanlikning tayyorgarligiga qarab berib borishi kerak.
S.M.Vayshexovskiy o’zini kitobida egiluvchanlik ‘aqida tsla ma'lumot beradi. Uning fikricha, egiluvchanlik sifati bu harakatlarni yuqori ko’rsatkichlarda bajarishdir. Bu sifat barcha sport turlarida va mushaklarda muhim urin tutadi.
To’g’ri rivojlangan egiluvchanlik kurashchilarda juda og’ir usullarni ‘am boshqarishda yangiliklar tug’diradi, bunday sportchilar kuch va tezlik har qanday mashqlarni bajaradi, bu ular uchun kspgina sifatlarni tejashga yordam beradi.
Egiluvchanlik tsqimalarning harakati bilan ifodalanadi. Ularning uzunligi qayishqoqlik bog’lamlariga bog’liqdir. Egiluvchanlikni 14 yoshgacha rivojlantirgan ma'qul. Shuning uchun 10-14 yosh egiluvchanlikni rivojlantirish uchun eng yaxshi davr ‘isoblanadi. A.S.Dvorkin (1974 y) o’zining kitobida egiluvchanlikni tarbiyalash ‘aqida bir qancha foydali masla’atlar berdi. U shunday yozadi. Egiluvchanlik bu harakatlarni tez erkin tejamkorlik bilan yuqori ko’rsatkichlarda bajarish demakdir.
Sportda egiluvchanlik texnik usullarini bajarishda yordam beradigan sifatdir. Maqsad sari ysnaltirilgan egiluvchanlikni rivojlantirishni 8-10 yoshdan boshlagan ma'qul. Agar egiluvchanlikni 14 yoshgacha tarbiyalamasa tsqimalar harakatning yomonlashuvi tufayli bu sifatni rivojlantirish qiyinlashadi.
A.S.Dvorkinning yoshiga egiluvchanlikni tarbiyalash har xil umum rivojlantiruvchi mashqlarga bog’liq. Ularning bir nechtasi o’zining kitobida berib o’tadi. Gavdani oldinga va orqaga egish, uni aylantirish, tizzani aylantirish, qsl muskullarini cho’zish bel muskullari va bog’liklarini cho’zishga oid mashqlar. A.Ch.Volovik (1970 y) o’zining kitobida egiluvchanlikni tsqimalarning harakatchanligini tsqima va muskullarning bog’lamlar va ularning cho’zilmalari bilan bog’laydi.