Nizomiy nomidagi namangan davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Ta’limiy natijalarni aniqlaydigan test. 2



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə11/14
tarix14.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#98036
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kurs ishi Abdumalikovaga oxirgi

1. Ta’limiy natijalarni aniqlaydigan test.
2. SHaxs taraqqiѐti va uning imkoniyatlarini belgilaydigan test.
3. Intellektni aniqlovchi test.
4. Umumiy natijani belgilaydigan test.
5. Muayyan hududda, maktabda u ѐki bu fanning samaradorligini ko‘rsatuvchi test. 6. Professional kasbga moyillik laѐqatini, shaxsning funksional imkoniyatlarini aniqlovchi test.
7. SHaxs psixologiyasini ochib beruvchi test.
8. SHaxsning yo‘naltiril-ganligini belgilovchi test.
9. SHaxsning qiziqishi va moyilligini aniqlab, shu sohani takomillashtirishga ѐrdam beruvchi test.
10. Klinik test va h.k.
Yuqorida baѐn etilgandek, test ham baholash, ham pedagogik diagnostika hisoblanadi.

2.2. Pedagogik testning maqsad va mohiyati
Asosiy tushunchalar: topshiriqlar tizimi, murakkablashtirish, ob’ektiv baholash, metodik kriteriyalar, tarbiyalanganlik, bitta aniqlovchini belgilash, tajribada sinab ko‘rish, javobning kafolatla-nishi, bitta to‘g‘ri javob, ekspertiza, test vazifalari, empirik, sharhlash, tahlil, korreksiyalash.
Pedagogik test o‘ziga xos topshiriqlar tizimi shakllari bo‘lib, ma’lum bir mazmunni qamrab oladi. Uning qiyinchiliklari borgan sari murakkablashib boradi. U topshiriqlar tizimining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganligi sifatini ob’ektiv baholash imkonini yaratadi.
Test – ingliz tilidan olingan bo‘lib, sinov, sinash, namuna olish ma’nolarini bildiradi.
“Test” tushunchasi texnika, biologiya, meditsina va ximiya sohalarida ham qo‘llanadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda ma’lum vaqt oralig‘i-da, topshiriqlarni bajarish misolida ma’lum jamoa, guruh va ayrim shaxslarning ahvoli qiѐsiy o‘rganiladi.
Testlar amaliy psixologiyada keng qo‘llaniladi. Xuddi shu sohada uning metodik kriteriyalari ishlab chiqilib, testni o‘tkazishda qayta ishlashlar konstruksiyalari ishlab chiqilgan.
Pedagogik testlarning kriteriyalari ishlab chiqilgandan keyin unga ayrim aniqliklar kiritilib, barcha testlarda qo‘llanishi mumkin. Test o‘lchov vositasi sifatida ishlatilgani tufayli u qat’iy, aniq metodik talablarga javob berishi kerak. Tasodifiy topshiriqlar to‘plamini testda qo‘llash mumkin emas.
Testlardan universal va keng qamrovli vosita sifatida o‘quvchilarning tarbiya topganligini aniqlash mumkin emas. Testning har bir topshirig‘i va bevosita barcha test savollari bir xil tipdagi, yo‘nalishli bo‘lib, ularning sifat ko‘rsatgichlarini aniqlashga qaratilgan savollar kompleksida belgilar soni qancha kam bo‘lsa, uning natijalari haqiqatga shuncha yaqin bo‘ladi. Agar savollar kompleksida bittagina aniqlovchi bo‘lsa, testning funksiyasi shuncha aniqlikda bo‘ladi.
Test metodi o‘z qo‘llanishiga ma’lum darajada chegaralangan bo‘ladi. O‘quvchilarning tarbiya topganlik xarakteristikasi shu darajada ko‘p qirrali va murakkabki, test metodlari ularni aniq darajada belgilab berolmaydi.
Barcha boshqa metodlar kabi testlar ham o‘ziga xos yutuq va kamchiliklar-ga ega. To‘g‘ri va aniq tuzilib, foydalanilgan testlar natijalarga ko‘p muhim axborotlarni olishi mumkin. Testning yutug‘i shundaki, u chuqur o‘ylanib tuzilgan topshiriqlar asosida tajribada bir necha bor sinab ko‘rilganligi tufayli qisqa vaqt ichida ob’ektiv natijalar olish mumkin.
O‘qituvchi o‘z ish faoliyatida birinchi bor testga murojaat etganda quyidagi muhim vazifalarga o‘z e’tiborini qaratishi kerak:
1. Testning topshiriqlarini mantiqiy ketma-ketlikda aniq ishlab chiqish va shakllantirish.
2. Testdan ishonchli javob olinishi kafolatini ta’minlash.
3. Testning qoniqarli darajada talab va qoidalarga rioya qilinganligi.
Shakllantirilgan testlar ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak. Ular shunday metodlarga suyangan bo‘lib, Davlat ta’lim standartlariga mos bo‘lgan xolis, ishonchli va qayta o‘z isbotini topishi kafolatlanishi kerak. Testlardan olingan javoblarning qayta o‘z tasdig‘ini topishi testlarning metod va vositalari to‘g‘ri tuzilganligidan dalolatdir. Uni javobning tasdig‘ini topishni tashqi analog mezonlarga asoslanib isbotlash mumkin bo‘lishi kerak.
Test tekshiruvlarini o‘tkazishda topshiriqlar to‘plami muhim g‘oyalarni o‘z ichiga olishi, metodologik jihatdan o‘quvchining haqiqiy bilimini xolisona aniqlab berishi lozim. Olinaѐtgan pedagogik informatsiyalarning aniqligi test o‘tkazilaѐtgan vositalarga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Xulosa shuki, testlar qanchalik aniq, mantiqiy ketma-ketlikda, ishonchli, tajribada tasdiqlangan bo‘lsa, uning natijalari ham kafolatlangan bo‘ladi.
Test savolnomalarini ishlab chiqish va shakllantirishda quyidagi muammolarga e’tibor qaratilmog‘i kerak:

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin