Nizomiy nomidagi namangan davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə12/14
tarix14.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#98036
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kurs ishi Abdumalikovaga oxirgi

Birinchidan, savolnomalar javoblari “ha” ѐki “yo‘q” deyishga mo‘ljallanishi.
Ikkinchidan, savolnomalar “ishonmayman”, “bilmayman”, “qiyna-laman” kabi so‘zlarga mo‘ljallanmasligi.
Uchinchidan, savolnomada kutilaѐtgan javob aniq va ravshan bo‘lishi, boshqa tashqi mezonlar bilan o‘lchanganda o‘zini qayta tasdiqlash mumkin bo‘lishi kerak.
To‘rtinchidan, olingan javoblarda bitta to‘g‘ri javob ko‘zda tutilib, uning boshqa analogi bo‘lmagani ma’qul.
Beshinchidan, savolnoma to‘plamlari darsliklardagi mavzu mazmunini o‘z ichiga olib, standart talablari doirasida bo‘lishi kerak.
Oltinchidan, har bir test o‘z ichiga beshtadan kam bo‘lmagan savollardan iborat bo‘lib, ularda ayrim hollarda 2 ta to‘g‘ri javob bo‘lishi mumkin.
Test tuzish jaraѐni, uning ilmiy asoslanganligi, qayta ishlanishi, takomillashtirilishi bir qator bosqichlarda amalga oshiriladi:
1) test o‘tkazishning maqsadini aniqlash, test turini tanlash, uni tuzishga ѐndashuvni belgilash;
2) o‘rganilaѐtgan mavzu mazmunini tahlil etish, uning sifat ko‘rsatgichlarini aniqlab olish;
3) testning strukturasini aniqlash, topshiriqlarning joylashtirish strategiyasini belgilash;
4) testni kasbga moslab ishlab chiqish, testning savolnoma hajmini va unga sarflanadigan vaqtni aniqlash;
5) testdan oldingi vazifalarni aniqlashtirsh;
6) test va uning topshiriqlarini tanlash, tanlangan strategiya asosida ularning orentirovkasini, qiyinlik darajasini, mualliflik bahosini belgilab chiqish.
7) test oldi topshiriq va testlarning mazmunini ekspertizadan o‘tkazish;
8) test oldi topshiriqlar shakllarining ekspertizasi;
9) ekspertiza xulosalarini, topshiriq va uning mazmunini qayta ishlash;
10) aprobotsiyadan o‘tkaziladigan testlarning metodikasini ishlab chiqish;
11) testlarni aprobotsiyadan o‘tkazuvchi instruksiyalar ishlab chiqish;
12) testlarni aprobotsiyadan o‘tkazish;
13) empirik natijalarni to‘plash;
14) bajarilgan test natijalarini statik tahlildan o‘tkazish;
15) test savolnomalarining tahlillari asosida sharhlarni tahlil qilish va bu orqali uning sifatini oshirish;
16) topshiriqlar shaklini, uning mazmunini tahlillar asosida korreksiyalash, testning oson ѐki qiyinlik darajasi hamda berilgan vaqtni qayta ko‘rib chiqib, uni optimallashtirish.
O‘zlashtirish nima va u qanday aspektlarda namoѐn bo‘ladi?
1. O‘zlashtirish bu – o‘quvchining fanlar kesimida davlat standartlarini o‘qib-o‘rganib, egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari bo‘yicha erishgan natijalari.
2. O‘zlashtirish bu – o‘quvchiga davlat, jamiyat va maktab tomonidan qo‘yilgan talablarga erishish.
3. O‘zlashtirish o‘quvchining mavzu mazmuni, boblar, paragriflar bo‘yicha tushuncha, bilim, ko‘nikma va malakalarni muayyan davrda o‘rganish uchun qilgan mehnati natijasi.
O‘qituvchining dars sifati va samarodorligiga baho quyidagi ko‘rsatgichlar asosida o‘rganiladi:
– o‘qituvchining darsni ta’lim jaraѐnida aniq maqsadga yo‘naltir-ganligi;
– o‘quvchilar bilan uning o‘zaro samimiy, do‘stona muhabbat va muloqot-larni o‘rnata olganligi;
– darsning o‘quvchi shaxsiga individual ѐndoshilganligi;
– o‘quv jaraѐniga tabaqali ѐndoshuvi;
– ta’lim mazmunini va o‘qitish metodlarini o‘quvchilarning bilish qobiliyatlariga moslashtira olganligi;
– o‘qituvchining o‘quvchilarda umumo‘quv malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishi, o‘quvchilarni ta’lim mazmuniga qiziqtirishi, motivlarni hosil qilganligi;
– o‘quvchini tushunish, diqqat bilan tinglash uchun birga imkon va kuchni sarf etishi;
– o‘quvchilarning umummalaka va qobiliyatlarini rivojlantirish;
– o‘quvchini adolatli, xolisona, haqqoniy baholash va uning olgan baholarini amaliѐtda qo‘llay olishi;
– o‘quvchilarning milliy g‘oya, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy jihatdan tarbiyalanganligiga erishish.

YUqoridagilardan ma’lumki, ta’lim markazida inson, shaxs turadi va barcha ta’limiy jaraѐnlar uning qobiliyati, imkoniyati, ehtiѐjiga qaratiladi. Pedagogik diagnostika esa, ana shu intilish, mehnat faoliyati samarasini ham ijobiy, ham salbiy jihatdan belgilab beradi.


Egallangan bilimlarni qiѐslash, solishtirish, samaradorlikni, kamchilik va nuqsonlarni belgilashda uning imkoniyati nihoyat daraja katta naf keltiradi. Oli Kyuforker maktabda amalga oshiriladigan testni 3 ko‘rinishga bo‘ladi. Ular quyidagilar:
1. O‘zlashtirishni muayyan bir davr ichida aniqlovchi test (masalan, turli sertifikatlar olish uchun topshiriladigan test).
2. O‘quv qo‘llanmasining ma’lum bir qismi, bo‘limi va bobdan olingan axborotlarning qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlovchi test.
3. O‘quv dasturi ѐki darslikdagi bir qism mashg‘ulotlar o‘tkazilgandan keyingi o‘quvchi o‘zlashtirishidagi yutuq va nuqson tamoyillarini aniqlash testi.

Amaliѐtda o‘zlashtirishga qaratilgan testlar tobora kengroq o‘rin olib bormoqda. Biz quyida o‘zlashtirishga qaratilgan testlarni keltiramiz. Ular:


Muayyan predmetni o‘zlashtirishga qaratilgan testlar.
O‘zbek tilini o‘zlashtirishga qaratilgan testlar.
CHiroyli ѐzuvni belgilashga yo‘naltirilgan testlar.
O‘qish tezligi va texnikasini belgilovchi testlar.
So‘z boyligini aniqlovchi testlar.
Bolaning rivojlanishini belgilovchi testlar.
Bolaning maktabga tayѐrligini aniqlovchi testlar.
Bolaning intellektual faoliyatini aniqlashga qaratilgan testlar.
Bolaning didaktik ko‘nikma va malakalarini belgilovchi testlar.
Bolaning ma’naviy tarbiyalanganligini belgilovchi testlar.
Biz yuqorida pedagogik diagnostika va uning metodlari, mazmuni, mohiyati haqida fikr yuritdik. Endi monitoring haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, pedagogik diagnostikadan tashqari ikkinchi diagnostik mexanizm bu – monitoringdir.
Monitoring – tizimli diagnostika va ta’limda olingan natijalarni davlat standarti talablari natijalari bilan solishtirish, chetlanishlarni aniqlash, tahlil qilish, darajalar va sabablarni baholash, asosiy qarorlarni qabul qilish, qabul qilingan choralarning natijaviyligini baholash va korreksiyalashdir.
Ta’limda monitoring shunga olib kelish kerakki, o‘quvchi o‘zini anglab, o‘zi mustaqil mutolaa qilib, o‘z-o‘ziga ta’lim berib, o‘zining rivojlanish doirasini kengaytirib borishiga maktab – o‘qituvchi, ota-ona, jamoatchilik ishiga muhit yaratib, kuzatib, tahlil qilib, natija va xulosalar chiqarib, o‘z vaqtida chora ko‘rib borishi zarur.
Zamonaviy boshqaruvning asosiy vositalaridan biri monitoringni yo‘lga qo‘yishdir. Asosan, ta’lim qonuni, kadrlar tayѐrlashning milliy dasturini amalga tatbiq etishda, maktab ichki boshqaruvini samarali tashkil etishda monitoring eng qulay va istiqbolli yo‘ldir. Ta’lim va tarbiyada paydo bo‘ladigan muammolarni bashorat etish, uning rivojlanish dinamikasini kuzatish, kutilaѐtgan natijalarni bashorat etish, qiѐslash masalalari monitoringning qay darajada tashkil etilganligiga bog‘liq.
Monitoring ko‘p qirrali faoliyat bo‘lib, u o‘quv jaraѐni natijalari, o‘quvchining rivojlanganlik darajasi, o‘qitish sifati darajasini sotsial-ijtimoiy faoliyati, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ma’naviy-madaniy tarbiya topganligi, uning barkamollik darajasi, ichki nazoratning qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi, boshqaruv samaradorligini tahlil etish, natijalash, xulosa chiqarish, choralar ko‘rish imkoniyatlarini yaratadi. SHunday qilib, monitoringni o‘tkazish, uni olib borishning o‘ziga xos metodikasi mavjud. SHunga ko‘ra o‘qitish darajasi, uzluksiz ta’limning amalga oshirilishi, tarbiya 40

topganlik darajasi, o‘quvchining salomatligi, sog‘lom turmush tarzining yo‘lga qo‘yilganligi, muhitga moslashuvi kabi masalalarni ijobiy hal bo‘lishida rahbar xodimlarga eng qulay vositadir.


Ta’lim jaraѐniga monitoringni tatbiq etishning ilmiy asoslanganli-gini izga solish – ta’lim-tarbiyaviy ishlarning shakli va mazmunini yangi bosqichga olib chiqish imkonini yaratadi. Monitoring davlat dasturi, standartlarni amalga oshirishda eng zamonaviy, eng kafolatlangan va samara beruvchi vositadir.
Ta’limda monitoring deganda, ta’lim tizimi, uning ayrim yo‘nalish-lari, sifati, boshqaruvi haqida axborot to‘plash, ularni qayta ishlash, keng tarqatish, targ‘ibot qilish orqali ahvolni o‘rganish va u orqali ta’sir etish tushuniladi. Bu usulda davlat dasturi, standartlarni o‘zlashtirish daraja-si, ta’limda ehtiѐjning qondirilish darajasini analitik axborotlar ѐrdamida tahlil etib, yangicha ѐndoshuv, boshqaruv bo‘yicha xulosalar chiqarish, qarorlar qabul qilishga imkon yaratiladi. SHuning uchun ham ta’limning ichki boshqaruvidagi monitoringlar:

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin