Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə213/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

Nuqtali vergul

Nuqtali vergul quyidagi o`rinlarda qo`llanadi:


1. O`z ichida vergul bo`lgan yoyiq uyushiq bo`laklar orasida:
Mehnat, ijod, odam sharafi;
Dil yorug`i, hayot quvonchi
Hammasining asli manbai
Sen, Vatanim - tinchlik tayanchi. (S.Nazar)
2. O`z ichida verguli bo`lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqillikka ega sodda gaplar orasida hamda har xil turdagi gaplarni o`z ichiga olgan qo`shma gaplarda: Daraxtlar, butalar shitirladi; kuzning salqin nafasi yuziga urildi.
Ikki nuqta

1. Uyushiq bo`laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so`zdan so`ng: Yig`ilishda tajribali ishchilar: Salim aka, Abdukarim aka va Sobirjonlar so`zga chiqishdi.


E s l a t m a : Ba’zan umumlashtiruvchi so`z yashirinishi mumkin, lekin ikki nuqta qo`yilaveradi: Qilinishi kerak: traktorlar ta’mirdan chiqarilsin, ishchilarga etarli sharoit yaratilsin.
2. Quyidagi ma’nolarni ifodalagan bog`lovchisiz qo`shma gaplarda: 1) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini ko`rsatsa: U ikariga shoshib kirib ketdi: telefon anchadan beri jiringlayotgan ekan.
2) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini ko`rsatsa: SHamol juda zo`raydi: daraxtlarning ancha-munchasi sinib tushdi.
3) agar biror gap boshqa bir gapning mazmunini to`ldirsa yoki izohlasa: Vazifangiz shu: bironta odam bu xonaga kirmasligi kerak.
3. Ko`chirma gapdan oldin, muallif gapidan so`ng: U baland ovozda so`radi: - Kim bor?
Tire
Tire quyidagi o`rinlarda qo`llanadi:
1. Ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalanib, kesim bilan bog`lamasiz birikkan ega va kesim orasiga: O`zbekistonning poytaxti – Toshkent. Ikki o`n besh – bir o`ttiz. Bularni amalga oshiradigan – siz. O`qish – hayotni uqish.
2. Uyushiq bo`laklardan so`ng kelgan umumlashtiruvchi so`zdan oldin: Akam, opam va singlim – barchasi meni kutib o`tirishgan ekan.
3. Ajratilgan bo`lak bilan izohlanmish bo`lak orasiga: Men – Valiev Mahmud, 1954 yilda Toshkentda tug`ilganman.
4. Kirish gap bilan gap bo`laklari orasiga: Tunov kungi ovchi – men uni o`rmonda uchratib qoldim – menga qiziq bir voqeani so`zlab berdi.
5. Muallif gapi bilan ko`chirma gap orasida: - Bugun kelasizmi? – so`radi qizi.
6. Dialog tipidagi ko`chirma gaplarda: - Keldimi? - Keldi.
7. Kutilmagan voqea-hodisalarni ifodalagan gaplardan oldin: Kecha sizlarnikiga borgan edim – Asqarjon kelibdi!
8. Zid ma’noli bog`lovchisiz qo`shma gaplar orasida: Jismimiz yo`qolur - o`chmas nomimiz.
Qavs
1. Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo`lagiga qo`shimcha izoh beruvchi so`z yoki iboralar qavsga olinadi: Karimjon (sinfimizning a’lochisi) oliy o`quv yurtiga kiribdi.
Eslatma: Qavsdan oldingi tinish belgilari (vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire) qavsdan keyinga ko`chiriladi: CHavandoz bu gaplarni Ertoevga aytishni ham, aytmaslikni ham bilmay (aytsa Ertoev xafa bo`ladi, aytmasa bar joydan chatog`i chiqishi mumkin), boshi qotib ... turganda... Gulchehra mojarosi chiqsa bo`ladimi? (O.YO.)
2. Kirish gaplar yoki remarkalar qavs bilan beriladi: Ukam (sen uni taniysan) bu yil maktabni bitirdi. A z i z K a m o l (xayol og`ushida). Vatanimizga qarshi ko`tarilgan ruhiy va iqtisodiy hujum shu kunlarda cho`qqisiga chiqdi. (S.Az.)
3. Misol yoki ko`chirmaning manbai: ...Eshik qars etib yopildi.(O.YO.)
4. Kirish so`z yoki iboraga oid tinish belgilar qavsning ichiga olinadi: To`satdan uning xayoliga akasining bundan besh-olti oy oldin... yozgan xati (o`shandan beri undan dom-darak yo`q!) ... tushdi. (O.YO.)



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin