Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


Yonma-yon keladigan unlilar imlosi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə60/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

7. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi:
1) unlilar orasiga ba’zan y undoshi qо`shib aytilsa ham, yozilmaydi:
a) ia: material, milliard, radiator; tabiat, shariat kabi;
b) io: biologiya, million, stadion, radio kabi;
d) ai: mozaika, ukrain, said, maishat kabi;
e) oi: alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila kabi;
f) ea: teatr, okean, laureat kabi;
2) ae, oe unlilar sо`z ichida kelganda ikkinchi unli y aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: aerostat, poema kabi.
Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yozila­di: manfaat, kauchuk, aorta, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat, va­kuum, muammo, matbuot, tabiiy, rioya va boshqalar.


Undoshlar imlosi


8. Bb harfi:
1) bobo, bahor, bir, majbur, zarb kabi sо`zlarda jarangli portlovchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) kitob, yuzlab, kelib kabi sо`zlar oxirida p aytilsa ham, b yoziladi;
3) qibla, tobla kabi sо`zlarda ba’zan v aytilsa ham, b yoziladi.
9. Pp harfi paxta, pichoq, opa, tepa, tup, yop kabi sо`zlarda jarangsiz portlovchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi.
10. Vv harfi:
1) ov, suv, kuyov; ovoz, savol; volida, vatan kabi sо`zlarda ovozdor sirg`aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) avtobus, avtomat kabi о`zlashma sо`zlarda v ba’zan f aytilsa ham, v yoziladi.
11. Ff harfi:
1) fan, fe’l, futbol, fizika; asfalt, juft; insof, isrof kabi sо`zlarda jarangsiz sirg`aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) fasl, fayz, Fotima, fursat kabi sо`zlarda f tovushi ba'zan p aytilsa ham, asliga muvofiq f yoziladi.
12. Mm harfi moy, muborak, tomon, ilhom kabi sо`zlarda ovozdor lab-­lab burun undoshini ifodalash uchun yoziladi.
13. Dd harfi:
1) dala, odat, bunyod, modda, jiddiy kabi sо`zlarda til oldi jarangli port­lovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2) odob, savod, marvarid; zavod, pud, sud; badqovoq, badxо`r kabi sо`zlarda t aytilsa ham, d yoziladi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin