Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə66/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

Chiziqcha bilan yozish


51. Juft sо`z va takror sо`z qismlari chiziqcha bilan yoziladi: el-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta­-sekin, uch-tо`rt, о`n-о`n beshta (10-15 ta), bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuy­di-pishdi, don-dun, oz-moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, о`ylab-netib, sо`ramay-netmay, kiyim-kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, yop-qop, ming-ming (ming-minglab), bitta-bitta (bitta-bittalab), baland­-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin-yaqinlargacha, hamma-hamma­si, uy-uyiga, ich-ichidan kabi.
Eslatma:
1) juft sо`zdan qо`shimcha yordamida yasalgan sо`zlar ham chiziqcha bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xо`shlashmoq kabi;
2) juft sо`z qismlari orasida -u (-yu) bog`lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qо`yiladi va juft sо`z qismlari ajratib yoziladi: dо`st-u dushman (dо`st-dushman), kecha-yu kunduz (kecha-kunduz) kabi;
3) yetakchi va kо`makchi fe’l bir xil shaklda bо`lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-oldi, borasan-qо`yasan, uxlabman-qolibman kabi.
52. Belgini kuchaytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kup­pa-kunduzi, tо`ppa-tо`g`ri, bab-barobar kabi sо`z shakllari chiziqcha bilan yoziladi (lekin oppoq sо`zi qо`shib yoziladi).
53. Sо`zning -ma, ba- qо`shimchalari yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: kо`chama-kо`cha, uyma-uy, rang-barang, dam­-badam kabi. Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday sо`zlar qо`shib yoziladi: rо`barо`, darbadar kabi.
54. Rus tilidan aynan yoki sо`zma-sо`z tarjima qilish yо`li bilan olin­gan sо`zlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: unter-ofitser, kilovatt­-soat kabi.
55. -chi, -a (-ya) , -ku, -u (-yu), -da, -e, -ey (-yey) yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, boraylik-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-u, yaxshi-yu, yaxshi-da, qо`y-e, yashang-e, о`g`lim-ey, keldi-yey kabi. Ammo -mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (-kina, -qina) yuklamalari о`zidan oldin kelgan sо`zga qо`shib yoziladi: keliboq, о`ziyoq, kо`rganov, kо`rdiyov, mengina, qо`shiqqina kabi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin