Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə65/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

Qo`shib yozish


38. Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mi­joz, sifat, talab kabi sо`zlar yordamida yasalgan qо`shma ot va qо`shma sifat­lar qо`shib yoziladi: qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, omma­bop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, bug`doyrang, umum­xalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi.
39. -(a) r (inkori -mas) qо`shimchasi bilan tugaydigan qо`shma ot va qо`shma sifatlar qо`shib yoziladi: о`rinbosar, otboqar, chо`lquvar, ishyoqmas, qushqо`nmas kabi.
40. Takror taqlid sо`zlarga qо`shimcha qо`shish bilan yasalgan ot va fe’llar qо`shib yoziladi: pirpirak (pir-pir+ak), hayhayla (hay-hay+la), gijgijla (gij-gij+la) kabi.
41. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), о`xshatish yо`li bilan bildiruvchi qо`shma ot va qо`shma sifatlar qо`shib yoziladi: karnaygul, qо`ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodom­qovoq, qirg`iykо`z kabi.
42. Narsani uning rangi, mazasi, о`zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qо`shma otlar qо`shib yoziladi: olaqarg`a, qizil­ishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi.
43. Narsaning biror maqsad, ish uchun mо`ljallanganligini bildiruvchi qо`shma otlar qо`shib yoziladi: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, molqо`ra, nosqovoq, kо`zoynak kabi.
44. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qо`shma otlar qо`shib yoziladi: tog`olcha, chо`lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.
45. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qо`shma otlar qо`shib yoziladi: kiryuvdi, kelintushdi, qoryog`di, Urtо`qmoq, Ochildasturxon kabi.
46. Qaratuvchili birikmaning bir sо`zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qо`shma otlar qо`shib yoziladi: mingboshi, sо`zboshi, olmaqoqi kabi.
47. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod sо`zi bilan ifodalangan joy nomlari qо`shib yoziladi: Yangiyо`l, Tо`rtkо`l, Mirzaobod, Xalqobod kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bо`lgan joy nomlari ajratib yoziladi: О`rta Osiyo, Kо`hna Urganch, О`rta Chirchiq kabi.
48. Rus tilidan aynan о`zlashtirilgan yoki sо`ma-sо`z tarjima qilish yо`li bilan hosil qilingan qо`shma so`zlar qо`shib yoziladi: kinoteatr, radiostan­siya, fotoapparat, elektrotexnika, telekо`rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti kabi.
49. Qisqartmalaming barcha turlari va ularga qо`shiladigan qо`shimchalar qо`shib yoziladi: SamDU, ToshDUning kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: О`zXDP MK (О`zbekiston Xalq demokratik parti­yasi markaziy kengashi) kabi.
50. Bir tovush ikki yoki undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni takror yozish bilan kо`rsatiladi: yо`о`q , nimaa, himm, ufff kabi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin