O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə33/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Asosiy, aylanma fondlar, mablag‘lar, vositalar deganda nimani tushunasiz

  2. Asosiy va aylanma vositalarning, mablag‘larning, fondlarning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati qanday

  3. Asosiy va aylanma vositalarni barpo etishning qanday manbalarini bilasiz

  4. Ishlab chiqarish vositalari bozori deganda nimani tushunasiz

  5. Asosiy va aylanma fondlardan, vositalardan foydalanish darajasini, samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularni aniqlash tartibini tushuntirib bering.

  6. Asosiy vositalarning eskirish qiymati qanday tartibda aniqlanadi

Asosiy va aylanma fondlardan, vositalardan, mablag‘lardan to‘liq va samarali foydalanish uchun qanday masalalarga e’tibor berish kerak

10-MAVZU. «QISHLOQ XO‘JALIGIDA INVESTITSIYALAR (KAPITAL QO‘YILMALAR) MANBALARI, ULARNING IQTISODIY SAMARADORLIGI».


Reja:

  1. Investitsiyalar haqida tushuncha, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.

  2. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotida kreditlash mexanizmi.

  3. Qishloq xo‘jaligida investitsiyalarning samaradorligi hamda ularni baholash mezonlari va usullari.

«Investitsiya» atamasi, lotincha «invest» so‘zidan olingan bo‘lib, «kuyilma» ma’nosini bildiradi
Investitsiyalar - bu kapitalni yanada ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriladigan kapital kuyilmalardir.
Kapitalning ko‘payishi, investor mavjud mablag‘lar iste’molidan voz kechganini kompensaqiyalashi, tavakkalchilik uchun mukofotlashi va ushbu davrdagi inflyasion yo‘qotishlarni koplash uchun yetarli bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiyaviy faoliyat to‘g‘risida»gi qonunida, «investitsiyalar» tushunchasi «iqtisodiyot yoki boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritilayotgan moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga egalik qilish huquqi» deb izoxlangan.
Investitsiyalar (kapital kuyilmalar) - bu iqtisodiyotni barcha soxalari kabi agrosanoat majmuasi soxalarini xam asosiy ishlab chiqarish vositalari yordamida rivojlantirishga, qayta ishlab chiqarishni kengaytirishga yunaltirilgan moddiy, Mehnat va pul resurslari xarajatining majmuidir. Investitsiya so‘zi bizning iqtisodiyotimiz uchun nisbatan yangi bir qancha kamrovli makroiqtisodiy tushunchadir.
Moliyaviy ta’rifi bo‘yicha investitsiyalar - bu foyda olish maqsadida xo‘jalik faoliyatiga kuyiladigan mablag‘larning barcha turlaridir: iqtisodiy ta’rif bo‘yicha esa asosiy va aylanma kapitalni yaratish, kengaytirish, qayta tiklash va texnik qayta jixozlashga ketgan kuyilmalardir.
Ishlab chiqarish nuktai - nazaridan investitsiyalar deganda yangi kapital, shu jumladan ishlab chiqarish vositalari va intellektual saloxiyat, qayta ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni tushuniladi.
Respublikamizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash birinchi navbatda, agrosanoat majmuasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligi soxasiga ichki va xorijiy sarmoyalarni yunaltirishni talab etadi. Olib borilayotgan tashqi savdo, iqtisodiy, shu jumladan, investiqion siyosat va aloqalarda quyidagi yo‘nalishlar ustuvor va muhim ahamiyatga molik hisoblanadi:

  • agrar soxada eksport saloxiyatini rivojlantirish va yanada mustaxkamlash, eksportga yunaltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish;

  • respublika qishloq xo‘jaligida eksport imkoniyatini kengaytirish, jaxon bozorlariga kirib borish uchun, avvalo qishloq xo‘jaligi zamirida kimmatbaho xom ashyoni qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi kushma korhonalarni rivojlantirish. Xorijiy sheriklar bilan xamkorlikda zamonaviy korhonalar barpo etish, ularni ilg‘ortehnologiyalar bilan ta’minlash asosida rakobatbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;

  • eksportni keengaytirishga karatilgan strateegiyani faol qo‘llash bilan bir katorda importning salmogini kiskartirish (sof eeksport xajmini oshirish)ga karatilgan siyosatni izchillik bilan amalga oshirish, ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlar va mahsulotlarning cheetdan keeltirilishiga barxam beYerish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada Erkinlashtirish, xo‘jalik ishlarini yurituvchi sub’ektlarga, xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o‘rnatishda, o‘z mahsulotlariga chet el bozorlarida sotish uchun ko‘prok Erkinlik berish, tovarlarni eksport va import qilishda imtiyozlar tizimini yanada kengaytirish borasida anik, maqsadli siyosat olib borish;

  • xorijiy sarmoyalarni respublika iqtisodiyotiga keng kulamda jalb etish uchun zarur huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar tizimini vujudga keltirish va tashqi iqtisodiy o‘zgarishlarga mos xolda muvofiklashtirish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy kismlari majmuasini - ixtisoslashtirilgan tashqi savdo, lizing, konsalting va sug‘urta firmalarni, tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish manfaatlari va sharoitlariga mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiya tizimlarini vujudga keltirish.

Investitsiyalar turli xil belgilarga asosan turkumlanadi: asosiy kapitalni ko‘paytirish zaruriyati bilan bog‘liq sof va asosiy fondlar eskirishini koplash zaruriyati tufayli yuzaga kelgan yalpi investitsiyalar. Investitsiyalar yunaltirilgan ob’ektiga qarab xam farqlanadi. Bunday ob’ektlar bo‘lib, mulk, moliyaviy vositalar, nomoddiy boyliklar hizmat qilishi mumkin. Ta’sir yo‘nalishi bo‘yicha: almashtirish, kengaytirish, fondlar tarkibini yangilashga ajratish mumkin.
Maqsadlar va ular bilan bog‘liq tavakkalchilik nuktai-nazaridan investitsiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • venchur (tavakkalchilikka xos);

  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri;

  • portfel;

  • annuitet.

Tavakkalchilikka xos investitsiyalar, yoki venchur kapitali deb, tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan kapital kuyilmalarga aytiladi. Venchur kapitali - bu yuqori tavakkalchilik bilan bog‘liq yangi faoliyat turlarida chiqariladigan yangi akqiyalarga investitsiya kiritishdir. Venchur kapitali asosan innovaqion va yangi tehnologiyalar bilan bog‘liq faoliyat turlarida uchraydi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar - foyda olish va boshqaruvda ishtirok etish maqsadida, xo‘jalik faoliyati yuritayotgan sub’ekt ustav kapitaliga kuyiladigan kuyilmalardir.
Portfel investitsiyalar - portfelni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lib, kimmatli kogozlar va boshqa aktivlar (jamgarma va depozit sYertifikatlari, sug‘urta polislari va x.)ni sotib olishdan iboratdir.
Annuitet (nemischa annuitat-yillik to‘lov) - investitsiya kirituvchi shaxsga bir xil vaqt oraligida muayyan daromad keltiradigan investitsiyalardir. Bunga asosan sug‘urta va nafaka jamgarmalariga mablag‘ qo‘yishni misol tarikasida keltirish mumkin.
Davlat investitsiyalari deganda byudjet va nobyudjet fondlari xamda karz mablag‘lari hisobiga markaziy va maxalliy xokimiyat va boshqaruv organlari, xamda uzining shaxsiy va karz mablag‘lari hisobiga davlat korhona va tashkilotlari kiritadigan kapital kuyilmalar tushuniladi.
Chet el investitsiyalari - chet ellik fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatlar tomonidan amalga oshirilidigan kapital kuyilmalardir.
Chet el investitsiyalarining asosiy maqsadi qo‘yilgan mablag‘lari yuzasidan yuqori daromadni ta’minlash va qo‘ygan sarmoyasidan ko‘prok foyda olishdan iboratdir. Mamlakatimiz agrosanoat majmuasiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri chet el investitsiyalarining kirib kelishi bilan xorijiy banklar bilan ishlash tajribasini, xalqaro marketingni, xom ashyo va materiallar bozori xamda xalqaro savdo haqidagi bilimlarini xam olib keladi. O‘zbekiston chet el investitsiyalarining eksportga yunaltirilgan ishlab chiqarish uchun boy xom ashyo resurslarga ega bo‘lgan agrosanoat majmuasiga va qishloq joylariga yunaltirishdan ayniksa manfaatdordir.
Chet el investitsiyasi va qabul kiluvchi mamlakatning manfaatlari o‘zaro mos kelgan takdirdagina to‘g‘ridan - to‘g‘ri chet el investitsiyalari mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning muhim ragbatlantiruvchi omili bo‘lishi mumkin. Investitsiyalar bu ikki tomonlama o‘zaro xarakat jarayonining ya’ni tadbirkor va investorning maqsad sari xarakati natijasidir.
Kredit - bu qaytarish, to‘lovlilik, muddatlilik va foizlilik shartlarida moliya tashkilotlarining bush to‘rgan pul mablag‘laridan foydalanish.
Fermer xo‘jaliklarini kullab-kuvvatlash jamgarmasi kredit liniyalari tomonidan yunaltirilgan investitsiyaviy loyixalar turlari:

  • dehqon va fermer xo‘jaliklarining uz ishlab chiqarishini rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan:

  • qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olish;

  • fermerlik inshootlarini kurish;

  • chorva mollar, yosh chorva mollari, parranda, yem-xashak va omuxta yem, veterinariya dori-darmonlari, o‘simliklar, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, mineral ugit, urug‘lik, kuchatlar sotib olish;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash;

  • qishloq joylarida eksportga yunaltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni ustuvor ravishda tashkil qilishdan iborat.

Lizing - ishlab chiqarish uchun muljallangan mashina, uskuna, kurilma va inshootlarning uzoq muddatli ijarasidir.
Uskunalarga ega bo‘lishning ikkita usuli mavjud - uni xarid qilish va lizing.
Lizing hizmatini tashkil etish va uni takomillashtirish agrosanoat tizimida faoliyat yurituvchi korhonalarda, agrar tarmoq moddiy-texnika tizimida iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirishda mavjud moliyaviy kiyinchiliklarni bartaraf etish va ishlab chiqarishni yangi texnika va tehnologiya bilan ta’minlash imkoniyatini yaratadi.
Mamlakatimizda lizing hizmatining rivojlanishiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 avgustdagi «Lizing faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni asosiy turtki bo‘lib hizmat kildi. Shuning uchun xam, xozirgi iqtisodiy isloxotlarni chukurlashtirish bosqichida lizingga katta ahamiyat berib kelinmokda.
Lizing bo‘yicha karz bir necha yil davomida ketma-ket tulanib boriladi. Lizing uz ustunliklariga ega bo‘lib, ulardan eng asosiysi kimmat uskunani xarid qilish uchun katta mablag‘ga ega bo‘lish shart emas. Ushbu bosqichdagi barcha xarajatlarni lizing kompaniyasi koplaydi. Lizingni tor ma’noda bank opYeraqiyasi deb aytib bo‘lmaydi. U moliyalashtirishning bank shakliga juda yakin bo‘lib, savdo-sanoat korhonalari tomonidan qo‘shimcha opYeraqiya sifatida amalga oshirilishi mumkin. Ammo birinchi navbatda lizing bilan maxsus tuzilgan lizing kompaniyalari shugullanadi.
Respublikamiz qishloq xo‘jaligida lizing opYeraqiyalarini amalga oshirishda “Uzqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi (lizing beruvchi), MTP viloyat birlashmalari, mukobil MTPlari, fermer xo‘jaliklari (lizingga oluvchilar), qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodlari va kushma korhonalari (texnika vositalarini ishlab chiqaruvchilar) bilan bir katorda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koshidagi qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlashni Davlat tomonidan kullab-kuvvatlash jamgarmasi, “Agrobank” va “Uzagrosug‘urta” kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmokda.
Mamlakatimizda agrar soxani rivojlantirish maqsadida lizing opYeraqiyasiga yunaltirilgan mablag‘larni uzlashtirishda lizing opYeraqiyalarining 95,1 foizi qishloq xo‘jaligi texnikalarini olishga to‘g‘ri kelmokda.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin