Oilada duduqlanuvchilar bilan olib boriladigon korreksion logopedik ish


Logopedik mashg‘ulotlarda sistemalilik va izchillik tamoyillari



Yüklə 90 Kb.
səhifə2/11
tarix22.05.2022
ölçüsü90 Kb.
#58962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oilada duduqlanuvchilar bilan olib boriladigon korreksion logopedik ish

Logopedik mashg‘ulotlarda sistemalilik va izchillik tamoyillari
Duduqlanuvchilar bilan o‘tkaziladigan logopedik mashg‘ulotlarda sistemalilik va izchillik didaktik tamoyili shu mashg‘ulotning logik mazmunida aks etadi. Bolalarda aniq bilim va to‘g‘ri nutqiy malakalarni tarbiyalash qat’iy sistemalilik va izchillik tartibida olib boriladi.
Ularning nutqiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, butun ta’lim jarayoni oddiydan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga, Engildan og‘irga o‘tish asosida amalga oshiriladi.
Duduqlanuvchining nutqiga uning mustaqillik darajasi ta’sir qiladi.
Mustaqil nutqning rivojlanganlik darajasiga qarab, nutqning murakkablashib boruvchi bir nechta bosqichini ajratish mumkin:

  1. Uyg‘unlashgan nutq – duduqlanuvchining logoped bilan birgalikda yoki logopeddan so‘ng jumlalarni takrorlashi; Duduqlanishning eng og‘ir darajasida ham kishi erkin gapiradi, negaki o‘zga odamning jumlalari qaytariladi. Mustaqil nutq minimal darajada bo‘ladi.

  2. Aks ettirilgan nutq –duduqlanuvchining logopedning ketidan jumlalarni qaytarishi. Bunda ham o‘zga odam jumlalarining tuzilishi takrorlanadi. Bu nutq turi ham barcha duduqlanuvchilarga qo‘l keladi.

Keyingi duduqlanuvchilar uchun murakkabroq hisoblanadigan nutq shakli – savollarga javob berishdir. Bu bosqichda ish avval sodda, oddiy savollarga javob berish ustida ish olib boriladi, keyin esa murakkab, kengaytirilgan savollarga javob berish ustida ishlanadi.
Bu bosqichning aks ettirilgan nutq bosqichidan farqi shundaki, bu bosqichda mustaqil nutq namoyon bo‘ladi, savollarga javob berish duduqlanuvchilarga ma’lum bir qurilishga ega bo‘lgan gaplardan foydalanish imkonini beradi. Duduqlanuvchilar uchun eng murakkabi savollarga kengaytirilgan holda javob berishdir.

  1. So‘zlab berish – bu bosqich nutq jarayonini yanada murakkablashtiradi. YA’ni bunda duduqlanuvchi bir, ikki jumla bilan chegaralanib qolmay, balki so‘zlab berishda undan ko‘proq jumlalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. So‘zlab berishda so‘zlash uchun osonlik to‘g‘diruvchi yordamchi vositalar ham mavjud: ertak, hikoya, ko‘rilgan kinofilmini gapirib berish.


  2. Yüklə 90 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin