Ma’lumki, omonim so‘zlar shakli bir xil, ammo semantikasi turfa xil bo‘lgan leksik birliklar hisoblanadi. Avtomatik qayta ishlashda omonimlik hodisasi quyidagi birliklarda mavjud: 1. so‘z omonimligi – shakldoshlik so‘z asosida bo‘ladi, ya’ni muayyan so‘z bir so‘z turkumi yoki bir necha turkumga mansub ma’no beradi.
Birinchi ustunda “birlik” so‘zi bir so‘z turkumi doirasida omonim hisoblanadi: 1) o‘ngacha bo‘lgan butun son; grammatik ko‘plik aksi (ot); 2) birlashish, hamjihatlik (ot); 3) bir turdagi miqdorlarni o‘zaro baholash uchun qabul qilingan o‘lchov; til qurilishiga xos termin (ot). Ikkinchi ustunda “bor” so‘zi ikki xil turkumga mansub shakldoshlikni yuzaga keltirgan: 1) mavjud (modal); 2) marta, daf’a, bora (hisob so‘z) 2. Qo‘shimcha omonimligi – muayyan qo‘shimcha vazifasiga ko‘ra qo‘shimchalarning turli guruhiga mansub bo‘ladi.
Leksik antonimiya
Leksik antonimiya ikkita leksema orasida yuz beradi, bu ikki so’z antonimik juftlikni hosil qiladi, ammo antonimik juftlik juft so’z degan gap emas. Qiyos qiling: katta va kichik –antonimik juftlik (undagi har bir so’z-mustaqil leksema), katta-kichik –bitta juft so’z, u umumlashgan bitta ma’noga ega.
Demak, katta va kichik zid ma’noli ikkita leksema bo’lganligi uchun, ular bir-biriga nisbatan antonimlardir, katta-kichik juft so’zi esa antonimlar ishtirokida yasalgan bitta leksemadir, binobarin, bitta leksemaning yolg’iz o’zi antonim hisoblanmaydi, shuningdek, bor va borma kabi so’z shakllari ham antonimlar deb qaralmaydi, chunki antonim bo’lish uchun, yuqorida aytib o’tilganidek, albatta ikkita so’z (leksema) mavjud bo’lishi, bu ikki so’z o’zaro zid ma’no ifodalashi shart, bor va borma esa ikkita leksema emas, balki bitta bor leksemasining (fe’lning) bo’lishli (bor) va bo’lishsiz (borma) shakllari, xolos. Demak, bunda ham antonimik juftlik yo’q.