Оnа tili dаslаridа аqli zаif o’quvchilаrning оbrаzli tаfаkkurini rivоjlаntirish yo’llаri


Tadqiqotning nazariy va amaliy axamiyati



Yüklə 396 Kb.
səhifə3/16
tarix15.11.2022
ölçüsü396 Kb.
#69204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
ona tili daslarida aqli zaif oquvchilarning obrazli tafakkurini rivojlantirish yollari

Tadqiqotning nazariy va amaliy axamiyati. Dissertatsiyadagi ma’lumotlar yordamchi maktabda faoliyat yurituvchi barcha mutaxassislar va ayniqsa ona tili darslari o’qituvchilari, pedagogika oliy o’quv yurti defektologiya yo’nalishi mutaxassislik kafedralari professor-o’qituvchilari, talabalari tomonidan ishlatilishi mumkin.
Tadqiqot farazi. Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llari samaradorligi oshadi agarda:
- ona tili darslarida o’quvchilarning aqliy rivojlanish saviyasi, psixologik xususiyatlari, obrazli tafakkuri, o’quv predmetiga bo’lgan munosabati hisobga olinsa;
-ona tili darslarida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar (halqni iqtisodiy ta’minoti, texnika, shu jumladan maishiy xizmat texnikasini rivojlanishi hamda kundalik xayotimizda mustaxkam o’rin egallashi) hisobga olinsa:
-dars jarayonida xududiy (qishloq, shaxar) xususiyatlar hisobga olinsa;
-ishlatilayotgan DTSlari, o’quv dasturlarida yuqoridagi xususiyatlar yetarli darajada o’z ifodasini topsa;
-ona tili darslari o’qituvchilari o’quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlansa;
-ona tili darslarida qo’llanilayotgan Davlat ta’lim standartlari va o’quv dastur va darsliklari bugungi va ertangi kun talabiga mazmun hamda metodik jixatdan javob bersa.
Ilmiy tadqiqot ishimizning tuzilishi.
Dissertatsiya kirish qismi, uch bob, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Tadqiqot bosqichlari:
I – bosqich (2012-2013 y.y.)da izlanayotgan muammo bo’yicha O’zbek va chet el olimlarining aloxida yordamga muxtoj bolalarning ta’limi va tarbiyasi haqidagi asarlari‚ pedagogik – psixologik va defektologik adabiyotlari o’rganildi. Maxsus yordamchi maktab dasturlari‚ metodik adabiyotlar‚ hujjatlar tahlil qilindi. Ish tajribalar bilan tanishildi. Ilmiy tadqiqotning nazariy asoslari‚ holati aniqlandi‚ tadqiqot ishining dasturi va metodlari ishlab chiqildi. Maktablarda ona tili darslari, o’quvchilarning obrazli tafakkurini rivojlantirish, ijtimoiy adaptatsiyasi va ijtimoiy reabilitatsiyasini amalga oshirishda korrektsion ta’lim-tarbiya holati tajribalari umumlashtirildi.
II – bosqich (2013-2014 y.y.)da maxsus yordamchi maktabda ona tili darslarida olib boriladigan ishlarni o’rganish bo’yicha o’qituvchilarning ish tajribalari tahlil qilinadi‚ eksperiment ishlari o’tkaziladi. Kuzatishlar va chiqarilgan taxlillarga asoslanib metodik tavsiyalar tayyorlanadi.
Yordamchi maktabda Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish bo’yicha olib boriladigan ishlarni takomillashtirish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Yüklə 396 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin