Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə11/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

76. Qaysi so’z birikmalariga egalik qo’shimchalari qo’shilgach, imloviy xato yuz bergan?
A) uning bor-yo’g’i
B) yurtim ravnag’i
C) yozuvchining ocherki
D) qozonning yuqi
77. Tomiz, tik, kel, kul, eg so’zlariga orttirma nisbat qo’shimchalarining qo’shilishi qaysi qatorda to’g’ri tartiblangan?
A) –dir, -dir, -tir, -dir, -dir
B) –tir, -tir, -tir, -dir, -dir
C) -dir, -tir, -dir, -dir, -dir
D) –dir, -tir, -tir, -dir, -dir
78. Qaysi qatordagi birikmada bosh harflar to’g’ri ishlatilgan?
A) Jahon Tinchlik Kengashi
B) Misr arab respublikasi
C) Xalq Ta’limi Vazirligi
D) Rossiya federatsiyasi
79. Ikkinchi qismi atoqli ot bo’lgan joy nomlari qanday yoziladi?
A) qo’shib yoziladi B) ajratib yoziladi
C) qo’shib va ajratib yoziladi
D) chiziqcha bilan yoziladi
80. Rus tilidan aynan o’zlashtirilgan yoki so’zma-so’z tarjima qilish yo’li bilan hosil qilingan qo’shma so’zlar qanday yoziladi?
A) ajratib yoziladi
B) chiziqcha bilan yoziladi
C) qo’shib yoziladi
D) qo’shib yoki ajratib yoziladi
81. Qanday qisqartmalar ajratib yoziladi?
A) barcha qisqartma so’zlar ajratib yoziladi B) barcha qisqartma so’zlar qo’shib yoziladi
C) yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi D) to’g’ri javob yo’q
82. Qaysi so’zlar noto’g’ri yozilgan?
A) yildan-yilga B) unter-ofitser
C) ko’chama-ko’cha
D) barchasi to’g’ri yozilgan
83. Qaysi so’zlarga egalik qo’shimchalari tovush orttirmay qo’shiladi?
1. avzo 2. obro’ 3. orzu 4. mavqe 5. bobo 6. idrok
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 5
C) 3, 5, 6 D) 3, 5
84. Qaratuvchili birikmaning bir so’zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo’shma otlar berilgan qatorni toping.
A) O’rta CHirchiq, Ko’hna Urganch B) mingboshi, so’zboshi
C) kiryuvdi, qoryog’di D) oshrayhon, nosqovoq
85. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo’ljallanganligini bildiruvchi qo’shma otlarni toping.
A) kirsovun, ko’zoynak
B) olaqarg’a, , achchiqtosh
C) sheryurak, bodomqovoq
D) cho’lquvar, ishyoqmas
86. Qaysi so’zda x va h harfining yozilishida xatolik bor?
A) hulq-atvor B) maxluq
C) xoh-noxoh D) holvaytar
87. Qaysi qatordagi juftlikda xatolik bor?
A) bikir—bikr B) bidon—beton
C) beshak—beshik D) bug’i—bo’g’od
88. Qaysi so’zlar imlo qoidasiga ko’ra to’g’ri yozilgan?1. publitsistik 2. punktuatsiya 3. adlia 4. ball 5. feleton 6. mavrud
A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 4, 6
C) 1, 2, 3.4, 5, 6. D) 1, 2, 4
89. Qaysi juft so’zlarning o’rnini almashtirib qo’llash mumkin?
A) sha’n—shavkat B) shavq—zavq C) sharm—hayo D) chizma-chiziq
90. Narsani boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o’xshatish yo’li bilan hosil bo’lgan so’zlarni toping.
A) achchiqtosh, mingoyoq
B) kirsovun, qiymataxta
C) karnaygul, devqomat
D) suvilon, cho’lyalpiz
91. Qaysi juftliklarning har ikkalasi ham to’g’ri yozilgan?
1.urush—urish, 2. tutun—tutin, 3. qurut—qurit, 4. mulk—milk, 5.yuvindi—yuvundi
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4
C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4.5
92. 1995 yil imlo qoidasiga ko’ra noto’g’ri yozilgan so’zlarni toping.
A) biroz, hayron
B) evakuasiya, batalon
C) bir qadar, shovullamoq
D) birato’la, birmuncha
93. Qaysi qatorda so’z qo’llash bilan bog’liq xato mavjud?
A) Yoz boshlanib, Yaksart bo’yidagi o’tlar qovjiray boshladi.
B) Kir Araks daryosiga ko’prik qurishni buyurdi.
C) Bu jodidan ikki ko’zim, bir Sayhun, biri Jayhun
D) O’sha yili Eron shohi Darayavush O’kuzdan kechib, Sug’diyani bosib oldi.
94. Qaysi bayram nomlarida imloviy xato mavjud?
A) 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni B) 1-yanvar – yangi yil
C) 1-oktabr –Ustozlar va murabbiylar kuni D) 1-sentabr – O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni
95. Qaysi qatordagi birikma to’g’ri yozilgan?
A) O’zbekiston milliy universiteti
B) O’zbekiston respublikasi Oliy Senati
C) Toshkent traktor zavodi
D) Markaziy osiyo davlatlari
96. Qaysi qatordagi so’zda imloviy xato mavjud?1.tanbur 2. ansanbl 3. manba 4. ombur 5. yonbosh
A) 1, 2 B) 2 C) 1, 4, 5 D) barchasi to’g’ri yozilgan
97. Sovuqdan o’rtog’imning burni, qulog’i qizarib ketgan edi. Ushbu gapdagi fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan yasama so’zlar miqdorini toping.
A) 3ta B) 4 ta C) 1ta D) 2 ta
98.o’ tarzida talaffuz qilinadigan o unlili so’zlarni aniqlang.
A) bog’bon, posbon, Qo’qon
B) Hirot, Toshkent, Tojixon
C) poydevor, soz, non
D) kod, poezd, kurort
99.Tok (elektr toki) - tok (uzum toki, ishkom); tom (asarning birinchi tomi) - tom ( uy tomi); ton (sado, ovoz) - ton (gapidan tonmoq)
o harfining ikki xil talaffuz etilishi natijasida qanday birlik hosil bo’lgan?
A) omonim B) sinonim
C) paronim D) ko’p ma’noli so’z
100.Qaysi so’zlardagi b harfi v tarzida talaffuz qilinadi?
A) tavba, arbob B) qibla, tobla
C) Abror, asbob D) turuba, tumbochka
101.O’zbek tilining ichki qonunlari asosida tovush orttirilib yozilgan so’zlarni toping?
A) telegramma, diagramma
B) moddiy, taajjub C) tanka, banka
D) matbaa, mutolaa
102.Qaysi ruscha - baynalmilal so’zlar noto’g’ri yozilgan?
A) agent, tipografiya
B) agrobiyologiya, ekskovator
C) telegraf, teploxod
D) agronom, agrotexnika
103.Qaysi ruscha - baynalmilal so’zlar to’g’ri yozilgan?
1.konsert 2.sentner 3.kinosyujet 4.aeroport 5.konstruktor 6.konstitutsiya 7.delegatsiya
A) 1, 2, 3, 6, 5 B) 1, 2, 5, 6, 7
C) 1, 2, 4, 5, 6, 7 D) barchasi to’g’ri yozilgan
104.Qaysi so’z noto’g’ri yozilgan?
A) simfoniya B) ansanbl
C) felyeton D) barchasi to’g’ri yozilgan

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin