Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Punktuatsiya (Tinish belgilari)



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə12/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

Punktuatsiya (Tinish belgilari)
1.O’zbek tilida nechta tinish belgisi bor?
A) 8 ta B) 7 ta C) 10 ta D) 12ta
2. Ma’lum bir maqsad, fikr yozuvda qanday vositalar bilan amalga oshadi?
A) ohang B) gapning grammatik qurilishi
C) tinish belgilari D) B va C
3.Ifodalanmoqchi bo’lgan mazmun tugallangan bo’lsa, qanday tinish belgilari qo’yiladi?
1. nuqta 2. vergul 3.undov belgisi 4. so’roq belgisi 5. tire 6. uch nuqta
A) 1, 4 B) 1 C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
4.Qo’shma gaplar orasida qaysi tinish belgilari ishlatilishi mumkin?
1.ikki nuqta 2. tire 3. qavs 4.vergul 5.nuqtali vergul 6.ko’p nuqta
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 4
C) 1, 2, 5 D) 1, 2, 4, 5
5.Vatanimiz – kelgusida buyuk davlat bo’ladi.
Ushbu gapda nima sababdan tire ishlatilmoqda?
A) kesim bo’ladi bog’lamasi bilan birikkani uchun
B) ega mantiqiy urg’u olgani uchun
C) ega bosh kelishikda qo’llangani uchun D) tire noto’g’ri qo’llangan
6. Qaysi gapda tinish belgisi noto’g’ri qo’llangan?
A) Bittangiz: yo SHahobiddin yoki siz so’zga chiqasiz?
B) Yig’ilishda hech kim – na Sa’dulla, na Akbarali bu haqda gapirmadilar.
C) Uy, buyum, mol-hol – hammasi senga qolsin.
D) Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar: sa’va, bulbul, mayna va boshqalar unga jo’r bo’ldi.
7. Qalandarov//ko’ngli g’ash//g’o’za oralab kirib ketdi. Qo’shtirnoq o’rniga qanday tinish belgilari qo’yiladi?
A) tire va tire B) vergul va tire
C) vergul va vergul
D) hech qanday tinish belgi qo’yilmaydi
8. Qaysi qatordagi gapda tinish belgilari noto’g’ri qo’llangan?
A) Faqat bitta iltimos: bir bayt o’qiyman, shuni yaxshilab eshiting.
B) Xalqimiz abadiy orzusiga yetishdi: istiqlolga erishdik.
C) Suv keldi – nur keldi
D) Bizlar xizmatkor odam – nimani bilaylik, to’ram.
9. Har narsaga qiziqish – biz uchun eski odat. Ushbu gapda tirening ishlatilish sababi qaysi javobda to’g’ri izohlangan?
A) bog’lovchisiz gap tarkibidagi sodda gaplar bir-biriga o’xshatilgani uchun
B) ega so’z birikmasi bilan ifodalangani uchun
C) gapning egasi harakat nomi bilan ifodalanib, kesim tarkibida bog’lama bo’lmagani uchun
D) tire noto’g’ri ishlatilgan
10. Gulzorning narigi tomonidan daroyi, husayni, yakdona, charos, kishmish turli uzum ishkomlari bor edi. Ushbu gapdagi umumlashtiruvchi so’zdan oldin qaysi tinish belgisi ishlatiladi?
A) vergu B) ikki nuqta
C) tire D) nuqtali vergul
11. Qaysi qatordagi qo’shma gap qismlari orasida tire ishlatiladi?
A) Kelgusi taraqqiyot zamini shu//hamma kompьyuterni ishlata bilishi va undan foydalana olishi shart.
B) Ko’ziga nima ko’rinsa // shu uni qiziqtira boshladi.
C) Hali kamchiliklarimiz ko’p // bundan ko’z yumib bo’lmaydi.
D) Asadbek yaxshi bilardi // Jamshidday yigitni u endi topa olmaydi.
12. O’ –o’ // boylik // boylik // mening uyimga sen kiradigan bo’lsang-u // iymon ketadigan bo’lsa // men senga o’t qo’yaman // o’t! //belgilari o’rniga qaysi tinish belgilari qo’yiladi?
A) vergul, undov, vergul, vergul, vergul, vergul
B) birinchi // o’rniga hech narsa, qolganlari o’rniga vergul
C) undov, vergul, undov, vergul, vergul, vergul
D) vergul, vergul, undov, vergul, vergul, vergul
13. Taraladi kuy: mayin va g’amgin. Ushbu gapda nima sababdan ikki nuqta ishlatilgan?
A) umumlashtiruvchi bo’lak qo’llangani uchun
B) ajratilgan bo’lak qo’llangani uchun
C) bog’lovchisiz qo’shma gap bo’lgani uchun D) kirish birikma qo’llangani uchun
14. Said Jalolxon tovush chiqarmay uning yoniga o’tirdi // u ko’rmadi. Ushbu bog’lovchisiz qo’shma gaplar orasiga qanday tinish belgisi qo’yiladi va o’zaro qanday mazmun anglashilyapti?
A) vergul, ketma – ketlik B) tire, o’xshashlik
C) tire, natija D) ikki nuqta, izoh

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin