Ajiniyoz nomidagi NDPI Turkiy tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyot yo‘nalishi 3 V guruh talabasi Tursinbaeva Mahliyoning Hozirgi O‘zbek adabiy tilidan tayyorlagan taqdimoti.
GAP BO’LAKLARI
Reja:
1.Ega haqida ma‘lumot.
2.To‘ldiruvchi haqida ma‘lumot
3.Kesim haqida ma‘lumot.
4.Aniqlovchi haqida ma‘lumot
5.Hol haqida ma‘lumot.
GAP BO’LAKLARI BOSH
BOLAKLAR
IKKINCHI DARAJALI BO’LAKLAR
Gap boʻlaklari — gap tuzilmasida muayyan soʻroqqa javob boʻlib, maʼlum bir sintaktik vazifani bajaruvchi soʻz va soʻz birikmalari.
Ega — gapning bosh boʻlaklaridan biri; gapni tashkil etishda muhim rol oʻynaydi. Ega fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini anglatadi, shu jihatdan kesim bilan oʻzaro yaqin bog‘langan.
EGA NIMA?
KIM?
QAYER?
Ega vazifasida kelgan soʻz egalik va koʻplik qoʻshimchalarini qabul qila oladi va bosh kelishlik shaklida qoʻllanadi. U koʻpincha ot, olmosh, otlashgan soʻz va soʻz birikmasi bilan ifodalanadi. Ega, asosan, kesimdan avval keladi; bunday soʻz tartibi eganing grammatik belgilaridan biridir. Baʼzan kesimdan keyin ishlatilishi ham mumkin; bu hodisa inversiya deyiladi. Ega baʼzan birgina soʻzdan, baʼzan esa bir necha soʻzdan, yaʼni sintaktik birlikdan iborat boʻladi. Masalan: Tinchlik urushni yengadi. Ishlagan tishlar, ishlamagan kishnar (Maqol). Otlarning otxonaga olib oʻtilmagani Ziyodillani taajjublantirdi (Hamid Gʻulom).
Kesim — gapning bosh boʻlaklaridan biri . Ega bilan ifodalangan shaxs, predmet va xodisaning umumiy belgisini bildiradi. Kesim gapni uyushtiruvchi markaz boʻlib, predikativlikning belgisini koʻrsatadi.
Kesim
Nima qildi? Nima qilyapti? Nima qilmoqchi?
Kesim gapni uyushtiruvchi markaz boʻlib, predikativlikning belgisini koʻrsatadi. Ikki tarkibli gapda egaga tobe boʻladi; oʻziga bogʻlanib kelgan soʻzlarga nisbatan esa hokim hisoblanadi. Kesim barcha mustaqil soʻz turkumlari bilan ifodalanadi. Qaysi soʻz turkumi bilan ifodalanishiga koʻra, feʼl va ot Kesimlarga boʻlinadi. Feʻl kesim sof fel va baʻzan ravishdosh bilan ifodalanadi. Feʻldan boshqa soʻz turkumlari ( ot, sifat, son, olmosh, ravish va taqlid soʻz) bilan, shuningdek, feʻlning harakati nomi shakli bilan ifodalagan kesim ot kesim deyiladi.