Gap bo’laklari reja


Toʻldiruvchi (tilshunoslikda) — gapning ot yoki otlashgan soʻz bn ifodalanadigan, harakatning obʼyekti boʻlgan predmetni koʻrsatib, asosan kesimga bogʻlanadigan boʻlagi



Yüklə 12,18 Kb.
səhifə2/4
tarix22.12.2023
ölçüsü12,18 Kb.
#189498
1   2   3   4
Mahliyo HO‘ATdan taqdimoti (2)

TO’LDIRUVCHI
ANIQLOVCHI
HOL

Toʻldiruvchi (tilshunoslikda) — gapning ot yoki otlashgan soʻz bn ifodalanadigan, harakatning obʼyekti boʻlgan predmetni koʻrsatib, asosan kesimga bogʻlanadigan boʻlagi.


U oʻzi bogʻlangan soʻz kesimga nisbatan grammatik tobe munosabatda boʻladi. Boshqaruvchi soʻzga bogʻlanish xarakteriga koʻra, Toʻldiruvchi 2 xil boʻladi; vositasiz Toʻldiruvchi va vositali Toʻldiruvchi Vositasiz Toʻldiruvchi tushum kelishigidagi soʻz bn ifodalanadi va harakat bevosita yoʻnaltirilgan obʼyektni koʻrsatadi, oʻtimli feʼl kesimga bogʻlanib, kimni? nimani? qayerni? soʻroqlariga javob beradi. Qiyoslang: Vali akasini koʻrdi. Tushum kelishigi belgisiz ham qoʻllanishi mumkin; Karim kitob sotib oldi. Vositali Toʻldiruvchi joʻnalish, chiqish va oʻrinpayt kelishiklaridagi soʻzlar yoki koʻmakchi olgan soʻz bn ifodalanib, harakat holat bevosita yoʻnaltirilmagan obʼyektni anglatadi. Masalan: Akamga shaxmat oʻyini yoqadi; Bizdan doʻstlarga salom deng; Karim ruchka bn yozdi.

Aniqlovchi — gapning ikkinchi darajali boʻlagi. Narsa, hodisa nomiga tobelanib, uning belgisi (xususiyati, sifati) ni anglatadi.

Aniqlovchining uch turi mavjud: 1) izohlovchi aniqlovchi (boshqa nomni bildiradi ularga jinsi, mansabi, unvoni, qarindoshchiligi (masalan, oʻzbek shoiri Furqat); 2) sifatlovchi aniqlovchi (masalan, keksa togʻlar); 3) qaratuvchi aniqlovchi — belgili yoki belgisiz qaratqich kelishigi shaklidagi soʻz bilan ifodalanadi (masalan, suvning beti yoki suv beti).

Hol (tilshunoslikda) — gapning ikkinchi darajali boʻlaklaridan biri boʻlib, ish-harakatning belgi-sifatini, uning bajarilish usulini, shu bajarilish bilan bogʻliq boʻlgan oʻrin, payt, sabab, maqsad, shart-sharoit, miqdordaraja kabi xususiyatlarini koʻrsatadi.

Hol ravish, feʼl, ot, sifat, son, olmosh kabi soʻz turkumlari bilan, shuningdek, taklidiy soʻzlar bilan ifodalanadi: Odil uyalganidan qizarib ketdi (Oybek); Sulaymonov tantanali ravishda knopkani bosdi (Abdulla Qahhor); Yetti oʻlchab, bir kes (maqol). Ravishning barcha turlari hol vazifasida kela oladi. Feʼlning ravishdosh, sifatdosh shakllari hol vazifasida keladi. Masalan, Saida kulib soʻzladi. Anvar jilmaygan holda kirib keldi. Oʻzbek tilida hol mazmun jihatdan 8 xil boʻladi: Tarz hol — ish-harakatning bajarilish holati, usuli va sifatini bildiradi, odatda feʼlga bogʻlanadi: Ular juda sekin yurishdi (Oybek). Miqdor-daraja holi — ishh-arakatning bajarilish darajasini, shu bajarilish bilan birga bogʻliq boʻlgan miqdorni bildiradi: Koʻp oʻyla, oz soʻzla (maqol).


Yüklə 12,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin