AT (Advanced Techology) deb ataladi. IBM RS shaxsiy kompyuterlarning oilasi
tez rivojlanmoqda. Bugungi kunga kelib Intel firmasining ko‘p razryadli ishlash
samarasi va imkoniyati katta Rentium shaxsiy kompyuterlari tez tarqaldi. Rower
RS rusumidagi yana ham kuchli mikroprotsessorlarning tarqalishi kutilmoqda.
Tizimli platada joylashgan yana bir eng muhim element-tezkor xotira
mikrosxemalaridir. Tezkor xotira yoki tezkor xotira qurilmasi (TXQ) o‘zida ayni
vaqtda kompyuter ishlayotgan dasturlar uchun ma‘lumotlar shu bilan birga
ishning natijasi saqlanadigan mikrosxemalardan tashkil topgan. Tizimli platada
joylashgan xotiraning yana bir turi - doimiy xotira qurilmasi (DXQ,) yoki
doimiy xotira (DX) deb ataladi. Doimiy xotira BIOS (Basic Inrut - Outrut
System - kiritish va chiqarishning baza tizimi) nomli zavodda yozilgan
boshqaruv dasturlari to‘plamini saqlovchi mikrosxemadir. Doimiy xotirada
saqlanayotgan axborotni tezkor xotiradagilardan farqi shuki, kompyuter tok
manbaidan o‘chirilganda ham axborot saqlanib qoladi. Undagi axborot bir marta
zavodda mikrosxema tayyorlash jarayonida kiritiladi, uni o‘zgartirish mumkin
emas. DXQ (BIOS) – quyidagi vazifalarni bajaruvchi dasturlar to‘plamidir.
Birinchidan, kompyuter manbaga ulanganda uning hamma qurilmalarini,
masalan diskyurituvchi va vinchesterlarni boshqarishga imkon bersa,
ikkinchidan taymer kompyuterdagi to‘xtovsiz ishlaydigan elektron soat, vaqtini
va yilini aniqlash uchun xizmat qiluvchi mikrosxema. Kengaytirish raz‘yomlari
- kompyuter imkoniyatlarini kengaytirib, uning yordamida kompyuterlarga
qo‘shimcha qurilmalar ulanadi. Odatda kengaytirish raz‘yomlarida qurilmani
boshqaradigan alohida maxsus platalar qo‘yiladi. Bunday platalar nazoratchilar
deb nomlanadi. Masalan, monitor ishini boshqaradigan plata videonazoratchilar
deb nomlanadi. Kompyuterning barcha qurilmalari uchun boshqaruv signallar
beruvchi vosita markaziy protsessor bo‘lsada, nima uchun nazoratchilar mavjud
degan, savol tug‘iladi. Buning mohiyati shuki, markaziy protsessor boshqaruv
signallarini umumiy tartibda beradi, nazoratchi ularni qabul qilib, bevosita
qatnashishi talab qilinmaydigan qator yumushlarni bajaradi. Hayotiy bir misol
timsolida masalan, bosh oshpaz o‘z yordamchilariga palov damlashni buyuradi,
buni markaziy protsessor boshqaruv signaliga qiyoslasak, oshpazlar esa sabzi,
guruch, o‘tinlarni tayyorlaydi, bu - nazoratchi bajaradigan ishlar deb tushunsa
bo‘ladi. Tizimli platada yana boshqa ko‘plab qurilmalar joylashgan, biroq, ular
to‘g‘risida ma‘lumot kompyuter ishini chuqur o‘rganishni hohlagan
foydalanuvchi uchun muhim bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: