tug‘iladi. Buning mohiyati shuki, markaziy protsessor boshqaruv signallarini
umumiy tartibda beradi, nazoratchi ularni qabul qilib, bevosita qatnashishi talab
qilinmaydigan qator yumushlarni bajaradi. Hayotiy bir misol timsolida masalan,
bosh oshpaz o‘z yordamchilariga palov damlashni buyuradi, buni markaziy
protsessor boshqaruv signaliga qiyoslasak, oshpazlar esa sabzi, guruch,
o‘tinlarni tayyorlaydi, bu - nazoratchi bajaradigan ishlar deb tushunsa bo‘ladi.
Tizimli blokda tizimli platadan tashqari diskyurituvchi va qattiq disk
(vinchester) joylashgan.
Bu qurilmalar kompyuterda dastur, matn, rasm va boshqa ko‘rinishdagi
ma‘lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Nima uchun yuqoridagi maqsadlar
uchun tezkor xotira yoki doimiy xotira qurilmalaridan foydalanish mumkin
emas? degan savol tug‘ilishi mumkin. Ma‘lumki, tezkor xotira tok manbaiga
to‘liq bog‘liq, doimiy xotiraning tarkibi esa zavodda shakllanadi.
Shuning uchun qattiq disk - vinchester va disketlar bilan diskyurituvchi kabi
qurilmalar yaratilgan. qattiq disk va disketlar bilan diskyurituvchi yana
kompyuterning tashqi xotira qurilmalari deb yuritiladi. Bu qurilmalar axborotni
uzoq vaqt saqlash uchun mo‘ljallangan va eng muhim, axborotlarni bu
qurilmalarga yozish, o‘qish, ularni o‘zgartirish, kerak bo‘lsa, ularni yo‘q qilish
ham mumkin. quyida bu qurilmalarni birma-bir ko‘rib chiqamiz.
Diskyurituvchi va disketlar. Odatda ular alohida ishlamaydi. Agar
solishtiradigan
bo‘lsak, disketlarsiz diskyurituvchi go‘yo kassetasiz
magnitofondir: Diskyurituvchi- disketdagi axborotni yozish va o‘qish uchun
mo‘ljallangan qurilma. Disketa -axborotni uzoq vaqt saqlash uchun maxsus
vosita. Disketa ichida axborot yoziladigan nozik magnit disk joylashgan.
Dostları ilə paylaş: