O‘qitish materiallar I to‘plami shaxsiy kompyuter arxitekturasi va jihozlariga texnik xizmat ko



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə299/365
tarix19.12.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#184900
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   365
Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va ofYendirboyeva Zumrad Zohidjon qizi

Nazorat savollari: 
1.
Tizimli blok. 
2.
Tizim bloklarining turlari 
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
R.N.Usmonov, F.A. Raxmatov, B.M.Nurmetov ―Kompyuter 
tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish‖, Toshkent –―ILM ZIYO‖-2012 


2.
N.Xodjayev, R.E.Yaxshiboyev, N.V.Grinyuk ―Shaxsiy kompyuter 
arxitekturasi va texnik xizmat ko‘rsatish‖ , ―Fidokor Yosh Avlod‖ 
Toshkent-2021 
Internet saytlari 
3.
Arxiv.uz 
4.
Ziyonet.uz 
31-Mavzu: Tizim bloklarining xususiyatlari 
Reja: 
1.
Tizimlar nazariyasi 
2.
Tizim hususiyatlari 
Tizimlar nazariyasi: xususiyatlari, mualliflari, misollari 
The tizimlar nazariyai yoki umumiy tizimlar nazariyai - bu tizimlarning tuzilihi 
va xususiyatlarini o'zaro‗bog'liqligi nuqtai nazaridan o'rganadigan fan ohai 
bo'lib, undan umuman olganda 
tizimlar nazariyasi 
yoki umumiy tizimlar 
nazariyasi - bu tizimlarning tuzilishi va xususiyatlarini o'zaro‗bog'liqligi nuqtai 
nazaridan o'rganadigan fan sohasi bo'lib, undan umuman olganda to'plamlarning 
yangi xususiyatlari paydo‗bo'ladi.Bu fan sifatida 1950 yillarda Lyudvig fon 
Bertalanffi, Anatol Rapoport, Kennet E. Boulding, Uilyam Ross Eshbi, Margaret 
Mead, Gregori Bateson va boshqalar tomonidan asos solingan. 
Bir nechta fanlarni qabul qilishda u biologiya, fan falsafasi, ontologiya, fizika va 
muhandislikdan nazariy printsiplar va tushunchalarni birlashtiradi. Uning 
qo'llanmalari geografiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, tashkiliy nazariya, 
menejment, psixoterapiya va iqtisod kabi ko'plab sohalarda qo'llaniladi. 
TIZIMLI BLOK. 
Aynan tizimli blok kompyuterning eng muhim bloki bo‘lgani uchun uni batafsil 
ko‘rib chiqamiz. Avval ta‘kidlanganidek, tizimli blok kompyuterning asosiy 
elektron qurilmalarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun u SHK ning eng muhim 
tashkil etuvchilaridan biri sanaladi. Tizimli blokning tarkibi quyidagilardan 
iborat: 
Tizimli plata; 
Diskyurituvchi; 
Qattiq disk (vinchestr); 
Tok manbai bloki. 
Tizimli plata bu - maxsus materialdan yasalgan plastinada joylashgan 
mikrosxemalardan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘lovchi elektr (tok) o‘tkazuvchi 
yo‘llari bilan bog‘langan. Tizimli plata EHMning eng muhim elementlarini 
o‘zida jamlaydi, chunonchi: u markaziy protsessor; u tezkor xotira 
mikrosxemalari; u doimiy xotira qurilmasi; u taymer (joylashtirilgan soatlar); u 
kengaytirish tutashmalari va boshqalar. 
Tizimli plataning eng muhim elementlaridan biri - markaziy protsessoridir. 
Dastur bilan berilgan ma‘lumotlarni o‘zgartiradigan, hamma hisoblash 
jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning 


o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma-protsessor deb ataladi. Protsessorda 
arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturda 
berilgan ko‘rsatmalarning berilgan ketma- ketlikda bajarilishini boshqarish 
hamda asosiy xotira o‘rtasida aloqa o‘rnatish amalga oshiriladi. 
Protsessor katta integral sxemalardan foydalanish asosida quriladi. Protsessor 
kompyuterning asosiy qurilmalaridan, ya‘ni kompyuterning ―yuragi‖ deb 
hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini 
boshqaradi va barcha ko‘rsatmalarini bajaradi. Shaxsiy kompyuterning eng 
muhim ko‘rsatkichi uning ishlash tezligi va ma‘lumotlarni saqlash uchun xotira 
hajmidir. Ma‘lumki, 2 sonini turli darajalari bo‘lgan 4, 8, 16, 32, 64 lar bilan 
bog‘liq bo‘lgan mikroprotsessorlar qabul qilishi mumkin bo‘lgan betlar soni 
kompyuterlarning razryadini belgilaydi. 
IBM RS kompyuterlarning butun taraqqiyoti mikroprotsessorlarni ishlab 
chiqaruvchi Intel firmasi bilan bog‘liq. Aksariyat shaxsiy kompyuterlar ushbu 
firma mikroprotsessorlari bilan ishlaydi. Shartli ravishda firmaning 8086 yoki 
8088 (16 razryadli) mikroprotsessorlari IBM RS XT (extended version, ―Iks-ti‖ 
deb o‘qiladi) deb nomlanadi. 
Mazkur firmaning 80286 (16 razryadli) mikroprotsessorlari bilan ta‘minlangan 
SHK lar IBM RS AT (Advanced Techology) deb ataladi. IBM RS shaxsiy 
kompyuterlarning oilasi tez rivojlanmoqda. Bugungi kunga kelib Intel 
firmasining ko‘p razryadli ishlash samarasi va imkoniyati katta Rentium shaxsiy 
kompyuterlari tez tarqaldi. Rower RS rusumidagi yana ham kuchli 
mikroprotsessorlarning tarqalishi kutilmoqda. Tizimli platada joylashgan yana 
bir eng muhim element-tezkor xotira mikrosxemalaridir. 
Tezkor xotira yoki tezkor xotira qurilmasi (TXQ) o‘zida ayni vaqtda kompyuter 
ishlayotgan dasturlar uchun ma‘lumotlar shu bilan birga ishning natijasi 
saqlanadigan mikrosxemalardan tashkil topgan. Tizimli platada joylashgan 
xotiraning yana bir turi - doimiy xotira qurilmasi (DXQ,) yoki doimiy xotira 
(DX) deb ataladi. Doimiy xotira BIOS (Basic Inrut - Outrut System - kiritish va 
chiqarishning baza tizimi) nomli zavodda yozilgan boshqaruv dasturlari 
to‘plamini saqlovchi mikrosxemadir. Doimiy xotirada saqlanayotgan axborotni 
tezkor xotiradagilardan farqi shuki, kompyuter tok manbaidan o‘chirilganda 
ham axborot saqlanib qoladi. Undagi axborot bir marta zavodda mikrosxema 
tayyorlash jarayonida kiritiladi, uni o‘zgartirish mumkin emas. DXQ (BIOS) - 
quyidagi vazifalarni bajaruvchi dasturlar to‘plamidir. Birinchidan, kompyuter 
manbaga ulanganda uning hamma qurilmalarini, masalan diskyurituvchi va 
vinchesterlarni boshqarishga imkon bersa, ikkinchidan taymer kompyuterdagi 
to‘xtovsiz ishlaydigan elektron soat, vaqtini va yilini aniqlash uchun xizmat 
qiluvchi mikrosxema. Kengaytirish raz‘yomlari - kompyuter imkoniyatlarini 
kengaytirib, uning yordamida kompyuterlarga qo‘shimcha qurilmalar ulanadi. 
Odatda kengaytirish raz‘yomlarida qurilmani boshqaradigan alohida maxsus 
platalar qo‘yiladi. Bunday platalar nazoratchilar deb nomlanadi. 
Masalan, monitor ishini boshqaradigan plata videonazoratchilar deb nomlanadi. 
Kompyuterning barcha qurilmalari uchun boshqaruv signallar beruvchi vosita 
markaziy protsessor bo‘lsa-da, nima uchun nazoratchilar mavjud degan, savol 


tug‘iladi. Buning mohiyati shuki, markaziy protsessor boshqaruv signallarini 
umumiy tartibda beradi, nazoratchi ularni qabul qilib, bevosita qatnashishi talab 
qilinmaydigan qator yumushlarni bajaradi. Hayotiy bir misol timsolida masalan, 
bosh oshpaz o‘z yordamchilariga palov damlashni buyuradi, buni markaziy 
protsessor boshqaruv signaliga qiyoslasak, oshpazlar esa sabzi, guruch, 
o‘tinlarni tayyorlaydi, bu - nazoratchi bajaradigan ishlar deb tushunsa bo‘ladi. 
Tizimli blokda tizimli platadan tashqari diskyurituvchi va qattiq disk 
(vinchester) joylashgan. 
Bu qurilmalar kompyuterda dastur, matn, rasm va boshqa ko‘rinishdagi 
ma‘lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Nima uchun yuqoridagi maqsadlar 
uchun tezkor xotira yoki doimiy xotira qurilmalaridan foydalanish mumkin 
emas? degan savol tug‘ilishi mumkin. Ma‘lumki, tezkor xotira tok manbaiga 
to‘liq bog‘liq, doimiy xotiraning tarkibi esa zavodda shakllanadi. 
Shuning uchun qattiq disk - vinchester va disketlar bilan diskyurituvchi kabi 
qurilmalar yaratilgan. qattiq disk va disketlar bilan diskyurituvchi yana 
kompyuterning tashqi xotira qurilmalari deb yuritiladi. Bu qurilmalar axborotni 
uzoq vaqt saqlash uchun mo‘ljallangan va eng muhim, axborotlarni bu 
qurilmalarga yozish, o‘qish, ularni o‘zgartirish, kerak bo‘lsa, ularni yo‘q qilish 
ham mumkin. quyida bu qurilmalarni birma-bir ko‘rib chiqamiz. 
Diskyurituvchi va disketlar. Odatda ular alohida ishlamaydi. Agar 
solishtiradigan 
bo‘lsak, disketlarsiz diskyurituvchi go‘yo kassetasiz 
magnitofondir: Diskyurituvchi- disketdagi axborotni yozish va o‘qish uchun 
mo‘ljallangan qurilma. Disketa -axborotni uzoq vaqt saqlash uchun maxsus 
vosita. Disketa ichida axborot yoziladigan nozik magnit disk joylashgan. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   365




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin