Nazorat savollari:
1. Tizimlar nazariyasi
2. Tizim hususiyatlari
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
R.N.Usmonov, F.A. Raxmatov, B.M.Nurmetov ―Kompyuter
tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish‖, Toshkent –―ILM ZIYO‖-2012
2.
N.Xodjayev, R.E.Yaxshiboyev, N.V.Grinyuk ―Shaxsiy kompyuter
arxitekturasi va texnik xizmat ko‘rsatish‖ , ―Fidokor Yosh Avlod‖
Toshkent-2021
Internet saytlari
3.
Arxiv.uz
4.
Ziyonet.uz
32-Mavzu:
Videoadapter interfeysi
Reja:
1.
Videokarta
2.
Birinchi shina
3.
Maxsus konnektorlar
Videokarta, shina, konnektor, mikrosxema, AGP
Videokarta
(lotincha —
koʻrayapman va yun. saggeya — varaq) –kompyutertgi mos keluvchi qurilma
boshqaruvida monitor ishini boshqaruvchi mikro-sxema. V. ichidagi xotirasi
vidsoxo-tira deyiladi. Videoxotiranpng 2 turi mavjud: ichki (kompyuter tezkor
xotirasiga oʻriatilgan v i deoxoti-ra) va gashqi (tezkor xotiraning tashqarisida
joylashgan xotira). Tashqi turdagi videoxogira mukammalroq hisoblanadi.
Ba‘zan bo‘lsa ham zamonaviy kompyuter o‘yinlarini o‘ynaydigan har qanday
foydalanuvchi o‘yinli qo‘shimchalarning qulayliklari to‘laligicha grafik
adapterlar mahsuldorligiga bog‘liq bo‘lishini biladi. Shu bilan birga shaxsiy
kompyuter sotib olayotganda videokarta masalasiga kelganda ko‘pincha
foydalanuvchilarda ikkilanish paydo‗bo‘ladi, qarama-qarshi fikrlar mahsuldor
grafik adapter sotib olish istagidan aynitadi? «Mana qo‘shnim GeForce FX5200
videokarta bilan o‘zining kompyuterida «Need For Speed Underground»
o‘yinini o‘ynaydiku, lekin hech qanday noroziligi yo‘q …..- deb o‘ylaydi
xaridor, — demak u yaxshi, shuning uchun men ham ortiqcha ellik mingni
sarflamayman». Shunday qilib.
Avvaldan o‘yinlar uchun mo‘ljallangan shaxsiy kompyuer ofisga mo‘ljallangan
mashinaga o‘xshab qoladi.
Eslatib o‘taman, har doim ushbu kompyuterda qanday ishlar bajarilishini aniq
esda tutish kerak va shundan kelib chiqib kompyuterni tuzilishini belgilash
kerak — faqat shu yo‘l bilan kerakli narxi/mahsuldorligi eng yaxshi nisbatlarga
erishish mumkin. Bu maqolamizda biz zamonaviy grafik tezlatgichlarni o‘rganib
chiqishga va ular nimalarga qodir ekanliklarini tushunib olishga harakat qilamiz.
Biz nVidia kompaniyasi GeForce 6 series va ATI kompaniyasining Radeon X
series tezlatgichlari haqida gapiramiz.2004 yil yozida grafik tezlatgichlar
bozorida mana shu sohada ikkita asosiy raqobatchilar hisoblangan kompaniyalar
deyarli bir vaqtda yangi avlod chiplarini chiqardilar. Kaliforniyadagi nVidia
kompaniyasi NV40 kodli nomi bilan, Kanadaning ATI firmasi esa R420 kodli
nomi bilan grafik chiplarni taqdim etdilar.
Xalq orasida bu chiplar nVidia GeForce 6800 va ATI Radeon X800 nomlari
bilan ma‘lumdir. Avvalgi avlodlarining mahsuldorligi ancha sekin o‘sib kelishi
mazmunida bu yangi grafik prosessorlarning chiqishi haqiqiy keskin o‘sish
bo‘ldi. Mahsuldorligi avvalgi avlodga nisbatan deyarli ikki barobarga ortdi va
3DMark 2003 natijalari bo‘yicha birinchi bor 10000 «qushchalar»
mahsuldorligiga erishildi. Bu yangi qurilmalarning imkoniyatlari eng zamonaviy
3D-o‘yinlar uchun hatto‗tasvir sifatini maksimal darajada sozlaganda ham yetib
ortadi.
Bu ikki kompaniyalar ichida ilg‘orini ko‘rsatishning (nVidia yoki ATI) hech
ham iloji yo‘q, bu ikki stakandagi suvlarni taqqoslash bilan barobardir. U yoki
bu videokartalarga baho berishdan avval ularning umuman qandayligini bilish
olish kerak. Umuman olganda videokarta — bu plata, prosessor, xotira va
sovutish tizimidan tashkil topgan shaxsiy kompyuterning yaxlit bir grafik
tizimidir. Aytish mumkinki, videokarta — bu shaxsiy kompyuterning
platformasi bilan o‘xshash tuzilishdagi alohida tizim, lekin u faqat grafik
ma‘lumotlarni ishlab chiqadi. Ushbu holatda GPU (Graphic Processor Unit)
prosessor hisoblanadi. Grafik prosessorlar biz uchun odatiy bo‘lgan markaziy
mikroprosessorlardan farqli ravishda ancha oddiyroq yarim o‘tkazgichli qurilma
hisoblanadi. Zamonaviy GPU unchalik nozik bo‘lmagan 110/130 nm texnologik
jarayon bilan ishlab chiqarilmasa ham (GPU ishlab chiqaruvchi ulkan Intel va
AMD kompaniyalari va boshqalar anchadan beri 90 nm ishlab chiqarish
texnologiyasidan foydalanadilar va yaqin orada 65 nm texnologik jarayonga
o‘tishlari kutilmoqda), kristallda tranzistorlar soni bo‘yicha markaziy
prosessorlardan hech ham qolishmaydilar. Hamma videokartalar grafik chiplar
uchun hech qanday raz‘yomlar va slotlarga ega emaslar, GPU shundoq pechatli
plataga to‘g‘ri yig‘iladi. Albatta hozirgi kunda videokartalar sovutish sistemalari
bilan ishlab chiqariladi. Eng ko‘p issiqlikni GPU chiqaradi, lekin ba‘zan yuqori
mahsuldorxotiralar ham qo‘shimcha sovutishni talab etadi. Xotira chiplariga
passiv sovutish yetarli bo‘ladi (issiqlikni radiator yordamida yo‘qotish), lekin
topologik grafik prosessorlar sifatli sovutishni talab etadi, chunki ularqittiq qizib
ketadi. Odatda ana‘naviy kullerdan foydalaniladi, lekin oxirgi paytlarda issiqlik
trubkasi
bilan
radiatorlardan
va hatto‗suyuqlikli sistemalardan ham
foydalanilmoqda. Ish joyi kompyuterlari uchun sovutish sistemalari ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan ko‘plab kompaniyalar videokartalar uchun sovutish
sistemalari hisobiga taklif etiladigan yechimlar sonini ancha kengaytirdilar.
Ona plata kabi videokarta platasi ham BIOS lardan iborat (Base Input Output
System) o‘zining doimiy xotirasiga ega.ona platada bo‘lgani kabi uni ham
proshiva? mumkin, ya‘ni videokarta PZU sida BIOS bir versiyasini ikkinchisi
bilan almashtirish mumkin. Platani quvvat manbaiga ulash ikki usul bilan
amalga oshirilishi mumkin: interfeys shinasi orqali yoki qo‘shimcha raz‘yom
orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri sistema quvvat blokidan.
Ikkinchi usulida karta katta quvvat sarflashi va interfeys shinasi orqali ulanish
yetarli emsligi sababli foydalaniladi. Hayotda bunday vaziyat topologik grafik
adapterlarning «muammosi» bo‘lib qoldi, chunki qimmat va mahsuldor
videokartani sotib olganda foydalanuvchi quvvat blokini yanada kuchlirog‘iga
almashtirishga majbur bo‘ladi.Videokartani ona plataga ulash uchun va grafik
adapter hamda sistemali plata o‘rtasida ma‘lumotlar uzatish uchun hozirgi
paytda shinalar ikki protokolidan foydalanilmoqda.
Birinchi shina — AGP boshlang‘ich 66 MGs taktli chastotada ishlaydi,
o‘tkazish qobiliyatini oshirish uchun uni koeffisientlarga ko‘paytiriladi. AGP
shinasini maksimalko‘paytmasi 8X, ya‘ni natija beruvchi chastotasi 533 MGsni
tashkil etadi. Maksimal o‘tkazish qobiliyati 2133 Mb/s tezlikka yetadi. AGP
interfeysi (Accelerated Graphic Port) PCI interfeysi asosida ishlab chiqilgan. U
deyarli o‘n yillar davomida o‘z o‘rnini ushlab turibdi. Grafik akseleratorlarda
yangi texnologiyani tadbiq etish bo‘yicha ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi
raqobatchilik kurashi avval AGP davrida bo‘lganidek keskin bo‘lmagan. Lekin
hech narsa abadiy emas, mana AGP shinasi ham eskirib qolib unga talab juda
kam. AGP4x ona platalari va videokartalari endi deyarli ishlab chiqarilmayapti,
chunki AGP4x porti o‘tkazish qobiliyati adapterlar zamonaviy avlodi uchun
yetarli emas. AGP8x shinasi ishlab chiqarilayotgan videoadapterlar orasida hali
birinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa ham uning hajmi keskin kamayib
bormoqda.Hozirgi kunda dunyodagi ish joyi sistemalarining ko‘pi aynan AGP
interfeysiga ega, lekin uning rivojlanish imkoniyatlari nihoyasiga yetdi va uning
o‘rnini yangi PCI Express (PCI-E) shina egallamoqda, uning o‘tkazish qobiliyati
kanallar sonini oshirish yo‘li bilan kengaytiriladi. PCI-E 16x interfeysi orqali
ma‘lumotlar uzatish tezligi 4Gb/s ni tashkil etadi. PCI Express shina orqali
iste‘mol qiladigan maksimal quvvati 75 Vt gacha oshirildi. Umuman PCI-E
shinasi juda moslashuvchan, uning hammakanallarini o‘yin kartalari kabi
aralashtirish mumkin. Misol uchun videokartalarga ikki slot uchun 8 kanallar
bo‘yicha ikki taram bilan ajratish mumkin. Shunday qilib, PCI-E interfeysi bilan
plataga ikkita videokartani o‘rnatish mumkin. Umuman olganda hatto‗ikkita
PCI-E videokartasidan parallel foydalanish texnologiyasini nVidia taqdim etdi
ham va biz keyinchalik bu texnologiyaga qaytamiz, nihoyat videokarta o‘zining
operativ xotira sistemasiga ega. Xotira chiplari to‘g‘ridan-to‘g‘ri videoplataga
o‘rnatilgan, ular ham DIMM operativ xotira oddiy modullaridagi chiplarga
o‘xshash ko‘rinishga ega. Grafik tezlatgichlar yangi avlodi GDDR3 standarti
yuqori samarali xotira bilan ishlashni ta‘minlaydi, top-modellar uchun tanlash
vaqti esa atigi 2 nanosekundni tashkil etadi. Videokartalarda xotiralar umuman
olganda ona platada bo‘lgani kabi maqsadlar uchun foydalaniladi — prosessor
bevosita ishlayotgan ushbu holatda grafik prosessor, ma‘lumotlarni keshlash va
saqlash uchun foydalaniladi. Biz videoxotiralar haqida gap boshladikmi, men
biz o‘ylagandek «xotira qancha katta bo‘lsa, shunchalik yaxshi» deb hisoblash
har doim ham to‘g‘ri emasligini aytib o‘tishim kerak. Tajribasiz foydalanuvchini
qiziqtirgan narsaning boqa tomoni ham bor, xotira hajmidan tashqari grafik
tezlatgich uchun xotira shinasining kengligi va albatta takt chastotasi katta
ahamiyatga ega. Gap shundak xotirani mahsuldorligini ob‘ektiv aks ettiradigan
ko‘rsatkichlardan biri o‘tkazish qobiliyati hisoblanadi, u «shina kengligi x xotira
takt chastotasi» formulasi bo‘yicha hisoblanadi.
Buning natijasida ancha kuchli chipi va tezligi katta xotirali videokarta
ko‘pincha ancha kuchsiz chipli va sekin xotirali katta hajmli kartadan mahsuldor
bo‘lib chiqishi mumkin. Ko‘rib turganingizdek videokarta turli xildagi
funksional bloklardan tashkil topgan sistema hisoblanadi, bundan esa u hammasi
birgalikda mahsuldorlikka ta‘sir ko‘rsatadigan turli parametrlarga ega ekanligi
kelib chiqadi. Lekin shunga qaramasdan grafik sistemaning eng muhim
elementi, «yuragi» yanada aniqroq qilib aytsak «miyasi» GPU
hisoblanadi.Bugungi kunda biz grafik tezlatgichlar ikki turkumlariga egamiz:
nVidia GeForce 6 va ATI Radeon X. Bu yangi mahsulotlar texnik
ko‘rsatkichlarini uzoq gapirib o‘tirmasdan ularni hammasini jadvalda ko‘rsatib
o‘tamiz.
Endi biz «devayslarini»…….. ko‘rib chiqamiz. Biz hi-end sektori qimmatli
topovoy tezlatgichlar haqida gapiramiz, chunki aynan ular videoadapterlar
sohasida taraqqiyot namunasi hisoblanadilar, ularning o‘rta va boshlang‘ich
darajasidagi kichik turlari yetakchilarning qisqartirilgan namunalaridan boshqa
narsa emas. Umuman olganda «qisqartirilgan» degani koveerlari soni
kamaytirilgani, yadro‗va xotirasi past chastotalarini, xotira shinasi «torligi» va
nihoyat ancha sekin grafik xotiradan foydalanilganidan iborat. Kaliforniyaning
nVidia
kompaniyasining
yangi
avlod
GeForce
6800
Ultra
grafik
tezlatgichlaridan boshlaymiz.nVidia GeForce 6800 Ultrani ko‘rib chiqishda
birinchi bo‘lib grafik chipi ichidagi tranzistorlar soni ko‘zga tashlanadi. 220
million tranzistorlar juda katta sondir. Bu GeForce 6 dan avvalgisi GeForce FX
dagidan deyarli ikki barobar ko‘pdir. Shu mazmunda Intelning yuksak
mahsuldorlikka ega Pentium 4 Extrim Edition prosessorlar modeli kristalida 170
million tranzistori bilan unchalik kuchli ko‘rinmaydi. Mana shundan katta 110
Vt energiya sarflash muammosi kelib chiqadi. Chipning chastotasi atigi 2,25
MGsni tashkil etadi, bu texnologik jarayonda muammolar mavjudligini
ko‘rsatadi. Boshqa tomondan nisbatan kichik takt chastotasi keyingi modellarda
chastotasini oshirish imkoniyati borligini ko‘rsatadi. Lekin nVidia grafik
tezlatgichlar ishlab chiqaruvchisida 110 nm ishlab chiqarish texnologiyasi
mukammallashtirilmasa takt chastotasi sezilarli oshirish haqida o‘ylamasa ham
bo‘ladi, chunki issiqlik chiqarish har qanday oqilona chegaralardan chiqib
ketadi. Aytgandek, nVidia chiplarining issiqlik chiqarishi va energiya sarflashi
haqida. NV40 chipi asosidagi videokartalar birinchi sempllari AGP interfeys
porti orqali sistemali platadan quvvat olishidan tashqari hatto ikkita ajratilgan
kanallar bo‘yicha qo‘shimcha quvvat olishni talab etadi va shunga binoan
qo‘shimcha ikkita quvvat olish raz‘yomiga ega edi. Bunday videokarta bilan
sistemaning barqaror ishlashi uchun esa kamida 480 Vt kuchga ega quvvat bloki
talab etiladi, u ham qimmat turadi, ham barcha yerda sotilavermaydi.
PCIExpress interfeysi bilan GeForce 6800 Ultra versiyasi yangi shina 75 Vt
quvvat iste‘mol qiluvchi qurilmani ishlashini ta‘minlashi sababli qo‘shimcha
bitta quvvat raz‘yomiga ega.
Har qanday holda ham nVidia chiplari asosidagi yetakchi videokartalari ona
platada ikkita slotlar o‘rnini egallaydigan katta va kuchli sovutish sistemasiga
ega qurilmadan iboratdir.GPU da konveerlar sonini oshirish holati juda ham
qiziqarlidir. Yangi chiplar 16 pikselli va 6 cho‘qqili konveerlarga ega, bu
avvalgi avlodda bo‘lganidan ikki barobar ko‘pdir. Grafik prosessor tomonidan
deyarli bir xil ma‘lumotlar to‘plami ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari ko‘pchilik ma‘lumotlar bir vaqtning o‘zida ishlab chiqilishi
mumkin, chunki bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan bir nechta tuzilishi bo‘yicha
umuman bir xil, o‘xshash oqimlarda boradilar. Shuning uchun grafik
prosessorlarni mahsuldorligini chiplarning takt chastotalari hisobiga emas, balki
konveerlar sonini oshirish hisobiga kuchaytirish mumkin. Bu to‘g‘ri yo‘l, chunki
3D-akseleratori bilan tasvirni ishlab chiqish har bir bosqichida GPU bir-biriga
o‘xshash harakatlarni bajaradi, ularni osongina oldindan bilish mumkin. Misol
uchun, uchburchaklar cho‘qqilarini ishlab chiqish uchun uchta mustaqil
konveerlar talab etiladi. cho‘qqilari bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda
hisoblanar ekan, unda ular parallel hisoblanashi mumkin, konveerlar ustidan
nazorat bloki esa bajarilayotgan cho‘qqi sheyderi dasturiga qarab ular
o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlaydi.Pikseli operasiyalar bilan ham xuddi shunday
holat sodir bo‘ladi, faqat cho‘qqili konveerlardan farqli ravishda tasvirni
tayyorlash jarayoni pikselli qismi katta resurslar talab etadi, xususan ancha keng
qo‘llanilishi sababli, shuning uchun grafik chipda pikselli konveerlarning soni
ancha ko‘pdir. Aynan pikselli va cho‘qqili konveerlar sonini ikki barobarga
oshirish hisobiga grafik akseleratorlarning mahsuldorligi avvalgi avlodlariga
qaraganda shunchalik sezilarli ortdi.nVidia yangi chipi GDDR3 SDRAM to‘rt
kanalli xotira kontrolleri ko‘rinishida xotirani ta‘minlay oladigan va 256-bitli
xotira shinasiga (64 bit x 4) ega bo‘ldi. GDDR3 standarti — bu JEDEC (Joint
Electronic Devices Engineering Council — Elektron komponentlarni
hamkorlikda ishlab chiqish kengashi) tomonidan ishlab chiqilgan va
tasdiqlangan grafik xotira chiplari umuman yangi arxitekturasi. ATI
kompaniyasi grafik xotira yangi standartining asosiy loyihachisi bo‘ldi. GDDR3
standartining asosiy ustunliklari uning ancha oddiy arxitekturasi, iste‘mol
qiladigan quvvati ancha pasaytirilishi va mukammallashtirilgan sinxronizasiyasi
va demak issiqlik ajratishi. GDDR va GDDR2 standartlari bilan to‘la mos
kelishi hisoblanadi.
Yangi avlod grafik chiplari BGA turidagi qoplamada ishlab chiqariladi, shu
sababli hozircha nisbatan qimmat narxga ega. GeForce 6800 Ultra grafik
prosessorlari bilan videokartalar 256 Mb hajmdagi shunday xotira bilan
ta‘minlangan. Takt chastotasi 550 MGsni tashkil etadi (samaralisi DDR prinsipi
bo‘yicha 110 MGsni). Xotira masalasiga yana qaytib yurmaslik uchun ATI
Radeon X850XT asosidagi grafik adapterlar GDDR3 xotirasi xudi shunday
hajmiga ega, kontrolleri esa xuddi shunday 256 bit razryadli shina ishini
ta‘minlaydi.NV40 ning ustunligi unda paydo‗bo‘lgan DirectX 9.0c to‘la
apparatli ta‘minlashi hamda Shader Model 3.0 dasturlashtiriluvchi sheyderlar
yangi modeli bilan ishlashni ta‘minlashi hisoblanadi, bu o‘yinlar yaratuvchilarga
ko‘plab yangi funksiyalarni
amalga oshirishga imkon beradi. Funksionalligi ushbu darajasi zamonaviy API
(Aplication Programming Interface — qo‘shimcha dasturli interfeysi)
imkoniyatlari chegarasida amalga oshiriladi. Bundan muhim yangiliklar
kiritilishi bilan birga grafik tezlatgich nVidianing IntelliSample texnologiyasi
asosida 16- karralik anizotrop filtrasiyaga ham ega bo‘ldi. Bu esa ilgari ATI
grafik prosessorlari asosidagi videokartalarda bo‘lgan, bundan tashqari o‘rnini
bosish deb ataluvchi (Displacement Mapping) kartalar bilan ishlash
imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ultra Shadow II soyalari yaxshiroq ishlash bo‘yicha funksiyasi paydo‗bo‘ldi.
Ammo nVidia shu bilan cheklanib qolmadi va yanada qiziqarli yangi SLI
texnologiyasini taqdim etdi. SLI (Scalable Link Interface) nVidia grafik yadrosi
bilan ikkita PCI-Express videokartasidan bir sistemada, ya‘ni bita ona platada
foydalanish imkonini beradi.
Kartalar maxsus konnektorlar bian ulanadi va bitta sifatida ishlaydi. Oddiy qilib
aytganda hisoblashda sahna ikki qismga ajraladi, birinchisi sahnaning yuqori
qismi, ikkinchisi esa albatta uning pastki qismi bo‘ladi, tezlatgichlar bo‘yicha
ish ikkala kartadan ham samarali foydalanish mumkin bo‘ladigan qilib
taqsimlanadi va hisoblanayotgan sahnaning o‘zgarishiga qarab dinamik
boshqarilib boriladi. Samaradorligi ikki barobarga oshmaydi, lekin baribir
sezilarli, o‘sish 30-90 % ni tashkil etadi. Bu ko‘p jihatdan o‘yin qo‘shimchasi
SLI parallellashtirilishiga qanchalik moslashtirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Aslida
SLI yangi texnologiya hisoblanmaydi. Esingizda bo‘lsa 1998 yilda 3Dfx
kompaniyasi Voodoo‗2 videokartasi samaradorligini oshirish uchun taklif
etilgan edi. SLI ni amalga oshirish uchun mablag‘ jamlash kerak — juda qimmat
turadi. GeForce 6800 yoki 6600 asosidagi ikkita topologik videokartadan
tashqari 200 dollardan qimmat turadigan SLI texnologiyasida ishlaydigan ona
platani va qimmat turadigan quvvat blokini sotib olish kerak.
Albatta, SLI texnologiyasi keng tarqalmadi, umuman shunday bo‘ladimi xali
noma‘lum, ammo‗samaradorligi bo‘yicha u nVidiani raqobatchilari yeta
olmaydigan darajada oldinga olib chiqadi. Bunday raqobatchilik keskin
kurashlarida biz oldindamiz deb ayta olish juda ham muhimdir. Endi ATI
kompaniyasining grafik tezlatgichi bilan tanishamiz. Radeon X850XT grafik
prosessori kristalida ancha kam tranzistorlardan tashkil topgan 160 million, bu
uning yuqori samaradorlik ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilmaydi, chiplar
kattaligidagi bunday farq ATI va nVidia arxitekturalaridagi farq sabablidir.
Grafik tezlatgichning takt chastotasi 520 MGsni tashkil etadi. Shu bilan birga
kristalida tranzistorlar soni kam bo‘lgani Low-K dielektrikidan foydalanilgan
texnologik jarayoni sababli sarflaydigan quvvati va issiqlik ajralishi unchalik
katta emas.Bundan tashqari mobil yechimlar uchun hamma quvvat tejash ATI
texnologiyalari odatiy ATI grafik prosessorlarida ham tadbiq etilgan —
konveerlar hech qanday vazifani bajarmay turganida ular ishlamaydilar. Buning
natijasida sovutish sistemasi umuman kartaning o‘zi ham ancha katta ko‘rinsa
ham, lekin nVidia chiplari asosidagi mahsulotlardan ixchamroqdir. Shunga
qaramay, ular ham qo‘shimcha quvvat manbai va kuchli quvvat blokiga ega.
Radeon X850XT grafik adapterlari xotirasi 1080 MGs chastotada ishlaydi.
Radeon X850XT prosessorlari piksellar va konveerlar cho‘qqilari soni GeForce
6800 Ultra konveerlari soni bilan teng — 16 va 6. cho‘qqilar dasturlari oltita
bloklari (avvalgi to‘rtta o‘rniga) sekundiga 750 million poligonlar tayyorlaydi,
solishtirish uchun — NV40 chipi ishlash chastotasi kichikligi hisobiga
sekundiga 600 million poligonlar namoyish etadi.
16 pikselli konveerlar esa (eski sakkizta o‘rniga) 192 GigaFLOP mahsuldorlik
bilan bir taktda 80 tagacha sheyderli instruksiyalarni parallel ishlab chiqishga va
nazariy filreyti bilan (to‘ldirish tezligi) sekundiga 8,8 dan ko‘p gigapiksellarni
ishlab chiqishga qodir.Pikseli sheyder konveeri ikkita vektorli va ikkita skalyar
ALUdan tashkil topgan. Yana bitta manzilli ALU va F-Buffer maxsus bloke
OpenGL uzun sheyderlari bilan ishlaydi. To‘la ekranli silliqlash uchun javob
beradigan Smooth Vision moduli qayta ishlab chiqilgan — temporal
antialiasingni amalga oshirish imkoniyati paydo‗bo‘ldi. Bu texnologiya juft va
toq kadrlarning har biri uchun antialiasing turli maskalarini (niqoblarini) qoplash
bilan ularni tez almashtirishga asoslangan. Ya‘ni temporal antialiasing sistemasi
xaqli ravishda samaradorligi pasaytirilmasdan turib silliqlash sifatini bepul ikki
barobarga oshirish hisoblanadi. Umuman olganda R360 davridan beri R420
yangi chipida boshqa muhim arxitektur o‘zgarishlar amalga oshirilmadi. Yangi
texnologiyalar bilan ishlash masalasida Radeon X850XT prosessori GeForce
6800 kabi ma‘qul ko‘rinishga ega emas — ATI kompaniyasi yangi avlod chipi
3.0 versiyali sheyderlari bilan ishlash imkoniyatiga va DirectX 9.0c va Open GL
1.5 da ulardan foydalanish imkoniyatini beradigan API yangi versiyalariga ega
bo‘lmadi
Boshqa tomondan bugungi kunda Shader Model 3.0 dan foydalanishga o‘tish
to‘g‘rimi, buni aytish qiyin.Vaziyat yana shunisi bilan murakkablashadiki
o‘yinlarni yaratuvchilarning hammasi ham sheyderlar ikkinchi versiyasiga o‘tib
bo‘lmaslaridan uchinchisi paydo‗bo‘ldi. Bu amalda o‘zlarining mahsulotlarining
to‘la funksionalligini ta‘minlashlari uchun dasturchilarga o‘yinlar uchta
versiyasini yozishlariga to‘g‘ri kelishini angatadi. Asta-sekin sheyderlar 3-
versiyasi tarqalib bormoqda.
Bu jarayon qanday davom etadi. Lekin shina bo‘lsa ham Radeon X series ular
bilan ishlashni ta‘minlamaydi. ATI kompaniyasining 3Dc normalarini siqish
yangi texnologiyasi alohida e‘tiborga loyiq, uning yordamida tasvirning ancha
katta aniqligiga erishish mumkin.Demak, oxirgi avlod grafik tezlatgichlari
ishtiroki bilan umumiy ko‘rinish asosiy belgilari tasvirlab berildi. Ikala holatda
ham mahsuldorlikning keskin o‘sishi juda katta. Aytgandek, bu o‘rta va quyi
narxli diapazonlar uchun ham tegishlidir. Avvalgi avlod topologik grafik
akseleratorlari ancha ortda qoldi va o‘rtacha qimmatga ega mahsulotlar qatoriga
kirdi. Yangi texnologiyalarni hisobga olsak, undan ham past qatorga tushadi.
nVidia GeForce 6800 Ultra va ATI Radeon X850XT mahsuldorligi bo‘yicha
deyarli bir xil. Radeon X850XT foydasiga bir necha ballar (mingdan) va fps bir
necha o‘ndan bir qismi (frames per second — sekund kadrlar) ustunligini
hisobga olish ahamiyatga ega emas. Stakandagi suv esingizdami?
ATI kabi yuqori energetik va issiqlik chiqarish xarakteristikalari bilan maqtana
olmaydi, lekin nVidianing texnologik yetakchiligi o‘zgarmay qoldi, hi-end
sektorida tanlash juda qiyin. Bu yerda narxlar va shaxsiy afzal bilish asosiy
mezonlari bo‘lib qoladi. Har qanday bo‘lganda ham Ati Radeon 9xxx seriyali va
nVidia GeForce FX seriyali prosessorlari asosidagi videokartalar o‘zlarining
afzaliklarini yo‘qotmaydilar va eng zamonaviy 3D-o‘yinlar talablarini
qondirishga qodir emaslar. Bu seriyalarning ko‘plab modellari sotuvda mavjud,
lekin ularning narxlari qulayligiga qaramay sotib olishdan ma‘no‗yo‘q, ATI
RadeonX va nVidia GeForce 6 chiplari bilan videokartalari kelajak uchun katta
imkoniyatlarga ega mos tanlov bo‘lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |