Test sinovi stendi
Prosessor Intel Core2Quad Q6600
Operativ xotira Crucial BallistiX 2×1 Gb PC6400
—Videokarta XFX8800GTX 540 Mb
— Ona plata — Asus P5N32e-SLi PLUS
— Monitor — Mitshubishi DiamondPoint NX77LCD
— Drayverlar — ForceWare 169.06 WHQL
Nazorat savollari:
1. Termal surtma: qanday qilib tez-tez o'zgartirish kerak?
2. Videokartalar tvikerlari
3. Grafika sozlovchilari
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
R.N.Usmonov, F.A. Raxmatov, B.M.Nurmetov ―Kompyuter
tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish‖, Toshkent –―ILM ZIYO‖-2012
2.
N.Xodjayev, R.E.Yaxshiboyev, N.V.Grinyuk ―Shaxsiy kompyuter
arxitekturasi va texnik xizmat ko‘rsatish‖ , ―Fidokor Yosh Avlod‖
Toshkent-2021
Internet saytlari
3.
Arxiv.uz
4.
Ziyonet.uz
38-Mavzu: Kompyuter komponentlari
Reja:
1.
Kompyuterning Qurilmalari
2.
MMX Pentium protsessori
3.
Doimiy xotira
4.
Kesh xotira
Sistema bloki odatda desktop (yassi) yoki town (minora) ko`rinishida ishlab
chiqariladi. Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo`lib,
ular quyidagilardir:
Tezkor xotira
(RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy
kirish mumkin bo`lgan) mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari, (ya‘ni
kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta‘minlash bloki), yumshoq disk
qurilmasi (FDDFloppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk
Driver), faqat o`qish uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM-
Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem va boshqa qurilmalar.
Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali
ko`plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Mikroprotsessor
. Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi
bo`lib, u ma‘lumotlarni berilgan programma asosida qayta ishlaydi.
Mikroprotsessor 140 tacha turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBM
rusumli kompyuterlarda intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan)
mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu firma o`z faoliyati mobaynida Intel-8080,
80286, 80386, 80486, Pentium, Pentium Pro(professional) mikroprotsessorlari
ishlab chiqargan bo`lib, hozirda faqat zamon talablariga javob beradigan
Pentium-3, Pentium-4 protsessorlarinigina bozorga chiqarmoqda, xolos. Shuni
aytish joyizki, bu protsessorlar faqat Intel firmasida ishlab chiqarilishi shart
emas. Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar,da ishlab
chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar,
ishchi kuchi arzon bo`lgan, Janubiy- Sharqiy Osiyo‗mamlakatlarida ko`plab
ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, IBM kompyuterlariga moslik shartini
bajaradigan boshqa firmalar: AMD, Cyrix, Celeron va hokazo‗ishlab chiqqan
mikroprotsessorlar ham keng qo`llaniladi. Ammo boshqa firmalar ishlab
chiqqan mikroprotsessorlar Intel-protsessorlardan umuman aytganda kuchsizroq
hisoblanadi. Hozirda MMX-protsessorli kompyuterlar keng qo`llaniladi.
Protsessorlarning tezligi megagerslar (Mgs) sekundda o`lchanadi.
Dostları ilə paylaş: |