boshqa tomonga yaxlitlash sababli miltillovchi piksellar hodisasi yuzaga kelishi
mumkin. Ayniqsa, bu holat harakatlanishda juda yaqqol seziladi.
Mip-mapping — tasvir sifatini yaxshilash va turli zichlikdagi bir teksturaning
o‘zida bir necha variantlarini birlashtirish va saqlash yo‘li bilan hisoblash
hajmini kamaytirishga imkon beruvchi usul (variantlardan birini mip-mapping
darajasi deb ataydilar). Gap shundaki, uch o‘lchamli fazoda nuqta uzoqlashib
borgani sari ikki o‘lchamli nuqtadan kichik bo‘lib boradi (tekstura piksellari).
Mip-mapping tekstura turli variantlaridan to‘g‘ri keladigan kattalikdagi tayyor
nuqtani tanlab olishga imkon beradi. Bir tomondan, grafik prosessorga yuklama
kamayadi, lekin ikkinchi tomondan, tekstura saqlanadigan xotira shinasining
o‘tkazish qobiliyatiga talab oshadi. Yana eski 3D-o‘yinlarga o‘xshashliklariga
murojaat etib bahaybat ekranga juda yaqin kelganida tasvir yoqimsiz tushunib
bo‘lmaydigan kvadratlar aralashmasiga aylanishini esga oling. Hozirda
baxtimizga bunday holatni kuzatmaymiz. Obyektga yaqinlashganda uning
teksturasi o‘xshashiga, biroq kattaroq zichligiga, uzoqlashganda esa aksincha,
ancha sifatsiziga almashadi
Dostları ilə paylaş: