O`qitishning tashkiliy shakli



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə65/69
tarix19.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#186256
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Yo\'l harkat qoidalari to\'plam

YO’L CHIZIQLARI

Yo’l chiziqlari xarakatlanishini tashkil etishda xaydovchining asosiy e’tibori yo’naltirilgan joylarga chiziladi.


Yo’l chiziqlari yotiq yoki yoki tik chiziq guruxlariga bo’linadi.

1. YoTIQ CHIZIQLAR

Yotiq chiziqlar yo’lning qatnov qismi yuzasiga chiziladi. Bo’ylama yotiq chiziqlar va ularning moxiyati quyida keltirilgan rasmlar ko’rsatilgan .


Yo’lning qatnov qismi yuzasidan chiziqlar , ishoralar, yozuvlar va boshqa belgilar xarakatlanish tartibini belgilaydiyu
Yo’l yuzasidan yotiq chiziqlar oq rangda bo’ladi ( 1.4,1.10 va 1.17 chiziqlar sariq rangda bo’ladi).

B o’ylama chiziqlar va ularning xususiyatlari


    1. Yo’lning o’rtasida chizilgan ensiz, sidirg’a oq chiziq

qarama-qarshi transport oqimlarini ajratadi.
CHiziqni kesib o’tish ta’qiqlanadi.

    1. Yo’lning xovfli joylarida xarakatlanish bo’laklari

o’rtasida chizilgan uzliksiz oq rangdagi sidirg’a chiziq bo’laklarining
chegarasini bildiradi.

CHiziqni kesib o’tish ta’qiqlanadi.


    1. Rasmdagi 1.16.2 va 1.16.3 chegaralari yo’lning xarakatlanish

taqiqlangan qismi (transport vositalari oqimi ajraladigshan
yoki qo’shiladigan xavfsizlik orolchalari chegarasi)ni anglatadi.

CHiziqni kesib o’tish taqiqlanadi.


    1. Y o’lning chekkasi va maxsus maydonchalarda chizilib, transport vositalarining to’xtab turish joyi chegarasini bildiradi.

CHiziqni kesib o’tish taqiqlanadi.


    1. Yo’lni chekkasiga chizilgan ensiz sidirg’a oq chiziq xarkatlanish qismining chegarasini bildiradi.

CHiziqni istalgan tarafdan kesib o’tish mumkin.

1 .2.Avtomagistrlarda qatnov qismining chekkasiga chizilgan enli ( 20 sm) uzliksiz sidirg’a chiziq qatnov Qismining chegarasini bildiradi.


CHiziqni istalgan tarafdan kesib o’tishi mumkin.

1 .3.Yo’lning o’rtasida chizilgan paralel ikki sidirg’a oq chiziq to’rt va undan ko’p bo’lakli yo’llarda qarama qarshi yo’nalishdagi tarnsport vositalarining oqimini ajratadi.



CHiziqni kesib o’tish taqiqlanadi.
1 .4.Yo’lning xarakatlanish qismi chetiga yoki yo’l chetidagi to’siqqa (bordyurga) chizilgan sariq chiziq transport vositalarining to’xtashini taqiqlaydi.Belgilangan yo’nalishli transportlarda daxli yo’q .

CHiziqni istalgan tarafdan kesib o’tish mumkin.

    1. Yo’lning o’rtasiga chizilgan ensiz uzuq-uzuq oq rangdagi chiziq ikki yoki undan ortiq bo’lakli yo’llarda bo’laklarning chegarasini bildiradi.(oraliq masofaning chiziqqa nisbati 1/3).

CHiziqni istalgan tarafdan kesib o’tish mumkin.

Bir yo’nalishda xarakatlanish uchun mo’ljallangan ikki yoki undan ortiq bo’lakli yo’llarda bo’laklarning chegarasining bildiradi ( masofaning chiziqqa nisbatan 3/1).



1.6 Yaqinlashish chizig’i ( xar bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo’lgan uzuq-uzuq chiziq) qarama-qarshi yoki bir yo’nalishda xarakatlanayotgan transport vositalari




Oqimlarni ajratuvchi 1.1yoki 1.11 chizig’iga yaqinlashayotganlik xaqida ogoxlantiradi.



CHiziqni istalgan tarafdan kesib o’tish mumkin.

1.7.Rasmdagi ensiz uzuq-uzuq orolig’i qisqa va oq chiziqlar chorraxalardagi xarakatlanish bo’laklarini bildiradi.



CHiziqni istalgan tarafdan kesib o’tish mumkin.
1.8. Enli uzuq-uzuq chiziq tezlanish yoki sekinlashish bo’lagi bilan yo’lning xarkatlanish qismidagi asosiy bo’lagi o’rtasidagi cheggarani bildiradi.( chorraxalarda, yo’lning turli satxda kesishgan qisimlarida, avtobuslar to’xtaydigan joylarda va h.k)

CHiziqni istalgan tarafdan kesib o’tish mumkin.

1.9. Reversiv xarakatlanishda qatnov qismining chegarasini belgilaydi.


Reversiv xarakatlanish amalga oshiriladigan yo’llarda (reversiv svetofor o’chirilgan xolatda) qarama-qarshi yo’nalishdagi transport oqimini ajratadi.
Reversiv svetoforlar bo’lmaganda yoki ular o’chirib qo’yilganda 1.9 chizig’ini faqat u xaydovchining o’ng tamonida bo’lsa , bosib o’tishga ruxsat etiladi.

Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yo’nalishli bo’laklarni ajratayotgan 1.9 chizig’ini istalgan tamonidan bosib o’tishga ruxsat etiladi.Reversiv svetofor o’chirilganda xaydovchilar darhol 1.9 chizig’idan o’nga qayta tizilishlari kerak.


Reversiv svetofor o’chirilgan bo’lsa, qarma-qarshi yo’nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi 1.9 chizig’ini bosib o’tish taqiqlanadi.

1 .10. Yo’lning xarakatlanish qismi chetiga yoki yo’l chetidagi to’siq (bordyur) ustidan chizilgan sariq chiziq to’xtab turishni taqiqlaydi. Taksometri ishlab turgan taksilarga daxli yo’q.

CHiziqni istalgan tarafdan kesib o’tish mumkin.
1.11. Sidirg’a chiziq yonida chizilgan uzuq-uzuq chiziq faqat biror bo’lakka qayta tizilishiga ruxsat etadi
Ushbu chiziqni kesib o’tish:

a) uzuq-uzuq tarafdan b) sidirg’a chiziq


mumkin tamonidan taqiqlanadi.

1.12. “ To’xtang” yozuvchi “ To’xtash” chizig’i svetaforning va tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida , boshqarilmaydigan chorraxalarda, “ To’xtamasdan o’tish taqiqlangan”(2.5) belgisi oldida xaydovchi to’xtashi lozim bo’lgan joyni ko’rsatadi.Bu chiziq “ To’xtash” axborot-ishora belgisi (5.33) bilan qo’llanilishi mumkin.
1.13. Bir qator bo’lib terilgan uchburchaklar bitta, katta uchburchak “ Yo’l bering ” belgisi bilan qo’llanilib, kesishgan yo’lda xarakatlanayotgan transport vositasiga yo’l berish zarur bo’lganda xaydovchi to’xtashi lozim bo’lgan joyni ko’rsatadi.Yo’l chekkasida o’rnatilgan “ Yo’l bering” belgisi ko’rinishi cheklangan ko’p bo’lakli yo’llarda qo’llanilishi mumkin.
1.14. 1-1.14.2. Parallel chizilgan keng uzliksiz chiziqlar “zebra” piyodalarning o’tish joyini bildiradi. “Piyodalar o’tish joyi” (5.16) axborot –ishora belgisi bilan qo’llanilishi mumkin. Yo’lning bunday joylarida xaydovchi shu yo’nalishning qatnov qismida bo’lgan piyodalarning o’tkazib yuborishi kerak (YHQ. 16).

1.14.3. Svetofor yordamida tartibiga solinadigan piyodalarning o’tish joyi. Svetaforning qizil chirog’i yashilga almashib, piyodalar qatnov qismini tark etishga ulgurmagan bo’lsa xaydovchi piyodalarning shu yo’nalish bo’yicha o’tib borishlariga imkon berishi kerak (YHK. 16.3).


1.15. Yo’lning velosipid yo’lkasi kesib o’tgan joyi. Bunday boshqarilmaydigan kesishmada velosipid xaydovchisi yo’lda xarakatlanayotgan transport vositalarining o’tkazib yuborishlari kerak.( imtiyoz yo’lidagi transport vositalarida).
1.16.1-1.16.3.Transport oqimlari ajraladigan yoki qo’shiladigan xovfsizlik orolchasi 1.16.3 transport oqimlari qo’shiladigan joydagi yo’naltiruvchi orolchani bildiradi.Orolchaningchegarasi 1.1 chizig’i bilan belgilangan bo’lib, uni kesib o’tish yoki ustiga chiqib to’xtash taqiqlanadi.

1.17. Sariq rangdagi , arrasimon chiziq belgilangan yo’nalishli transport vositalari hamda taksilarning to’xtab turish joyini bildiradi.


C Hiziqni istalagan tarafdan kesib o’tish mumkin.

1 .18. CHorraxada va kesishmalar oldida bo’laklar bo’yicha qatnov qismining yuzasiga chizilgan yo’naltirgich, mustaqil ravishda yoki “Bo’laklar bo’yicha xarakatlanishning yo’nalishi” (5.8.1,5.8.2) axborot –ishora belgilari bilan qo’llanilib, tarnsport vositalariga bo’laklar bo’yicha ruxsat etilan yo’nalishni ko’rsatadi.


1.19. 450 burchak ostida chizilgan yo’naltirgich yo’l qismining tor joyiga yaqinlashganlik haqida ogohlantirib, aloxida yoki “ Yo’lning torayishi” (1.18.1-1.18.3) belgilari bilan birga qo’llanadi.


1.20.Haydovchini 1.13 chizig’iga yaqinlashyotgani haqida ogoxlantiradi.
1.21. “STOP” –eo’xtang yozuvi 2.5 belgisi bilan birga qo’llanilganda haydovchini 1.12 chizig’ini yaqinlashyotganligi haqida ogoxlantiradi.
1.22. Son bilan yona-yon yozilgan harf yo’l (xarakatlanish yo’nalishi ) raqamlarini ko’rsatadi.
1 .23. Yo’lning faqat belgilangan yo’nalishli transport vositalari bo’langini bildirib, (5.9,5.10.1) axborot-ishora belgilari bilan qo’llaniladi.Bu bo’lak sidirg’a chiziq bilan ajratilmagan taqdirda, xaydovchilar o’nga burilishi, yo’lovchilarni chiqarish, tushurish uchun bu bo’lakka kirishlari mumkin (YHK. 21.2).
Ko’chma tirgakka o’rnatilgan vaqtinchalik yoo’l belgilari va chiziqlar ma’no jixatidan bir-biriga zid kelsa, haydovchilar vaqtinchalik yo’l belgilariga amal qilishlari kerak.


Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin