O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə44/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

4.1. Yurak

Yurak ham organizmning eng muhim a'zosi bo'lib, chap tomon ko'krak qafasida joylashgan, mushakli a'zo, og'irligi 100— 150 g.ni tashkil qiladi. Kattaligi erkaklar mushtidek bo'lib, yurak xaltasi ichida yotadi. Bu xaltacha perikard deb ataladi. Yurakning mushak qavati miokardva ichki qavati endokard deb ataladi. Yurak ikkita: chap va o'ng bo'lmachalar hamda ikkita chap va o'ng qorinchalardan tashkil topgan bo'lib, bo'lmacha va qorinchalar maxsus devorchalar bilan ajralib turadi. Bu devorchada chap tomonda uch tavaqali o'ng tomonda esa ikki tavaqali klapanlar joylashgan. Bu klapanlarning vazifasi yurak qisqarib bo'shagan paytda qonni qorinchalardan bo'lmachalarga o'tkazmaslikdir. Klapanlar chap qorinchaning aortaga va o'ng qorinchaning o'pka arteriyalariga chiqish joyida joylashgan. Yurak klapanlarining vazifasi sistola paytida jips yopilib, diastola paytida ochilib qonni kerakli yo'nalishda chiqarib yuborishdan iborat. Biror kasallik tufayli shu klapanlar jips yopilmasa, katta va kichik qon aylanish sistemasida buzilish paydo bo'lib, yurak-tomir yetishmovchiligi sodir bo'ladi, ya'ni yurakning nasos funksiyasi buziladi. Bulardan tashqari, yurakning qisqaruvchanlik, avtomatizm, o'tkazuvchanlik xususiyatlari ham bor. Yurakning bu hususiyatlari unda joylashgan tugunlar hisobidan amalga oshiriladi. Bu tugunlar bo'lmachalar-ning yuqori qismida joylashgan bo'lib, sinus tuguni deyiladi. Bu tugun o'zidan impulslarni Ashof-Tovar tuguniga, u esa o'z navbatida Gis tuguniga o'tkazadi. Gis tuguni esa Surkune tolalariga impulslarni o'tkazib, yurakning yuqorida qayd qilingan xususiyat­lari va funksiyalarini amalga oshiradi. Ashof-Tovar tuguni bo'lmacha va qorinchalar orasidagi devorlarda, Gis tuguni esa qorinchalar orasidagi devorchalarda, Surkune tolalari esa qorinchalar mushak-larida joylashgan. Yurakning ish faoliyati, asosan markaziy asab sistemasi va vegetativ asab sistemasi orqali boshqariladi. Yurak o'zining xususiy qon tomirlariga ega. Shu tomirlar yurak devorlarini bir umrga qon bilan ta'minlab turadi. Ular chap va o'ng yurak bo'lmacha uchun alohida bo'lib, aorta qon tomirlaridan chiqadi. Makrosirkulatsiyani ta'minlaydigan a'zolardan navbatdagisi arteriya va venalardir. Arteriyalarda organizmdagi 15—20 % qon oqadi. Arteriyalar qonni yurakdan olib arteriolalarga, arteriolalardan kapillarlarga, ulardan esa organizm a'zolariga yetkazib berish vazifasini bajaradi. Arterial qon o'z vazifasini o'tagach, yana kapillarlardan venulalarga, ulardan katta hajmdagi venalarga, keyinchalik yuqori kovak venasi orqali o'ng bo'lmachaga quyiladi.

Mikrosirkulatsiyaga kelsak, bemor uchun mikrosirku-latsiyaning ahamiyati juda katta, chunki har qanday og'ir holatda birinchi bo'lib shu sistema ishdan chiqadi yoki mikrosirkulat-siyaning ishdan chiqishida birinchi bo'lib uni tashkil qilgan organizm a'zolari ishdan chiqadi. Mikrosirkulatsiya butun a'zolar — organizmni shira bilan ta'minlaydi, turli xil metobolitlarni, ya'ni moddalar almashinuvi natijasida paydo bo'lgan keraksiz mahsulotlarni chiqarib tashlashda va arteriyalar tomonidan keltirilgan qonni organizm a'zolariga to'g'ri taqsimlashda muhim o'rinni egallaydi.

Kapillarlar uzunligi organizmda 100000 kilometrni tashkil qiladi, bunday hajmni to'ldirish uchun 5—6 litr qon emas, hatto 100 litr qon ham kamlik qiladi. Lekin odam organizmi shunday yaratilganki, kapillarlar navbati bilan ochilib-yopiladi, 20—25 % kapillar ishlaydi, xolos, qolganlari dam olib, o'z navbatini kutib turadi, ularning ochilib-yopilib turish jarayoni bir necha sekunddan bir necha daqiqagacha davom etadi. Bu jarayonlar gumoral yo'l bilan amalga oshiriladi. Kapillarlarning birin-ketin ochilib-yopilishi vazomassa deyiladi.

Mikrosirkulatsiyani tashkil qilgan sistema карпуaron sistema deb ataladi. Kapilyaron sistemada qon oqish o'ziga xos bo'lgan gemodinamika qonuniga bo'ysunadi, ya'ni qon aylanish yoki qon bilan ta'minianish o'sha to'qima va a'zoning talabiga qarab, arteriola va venulalarning o'zgarishi va tarangligi hisobiga amalga oshadi. Kapillarlar o'sha a'zo bajaradigan ishga qarab tuzilgan bo'lib, qon reologiyasi va kapilyarondagi qon oqish tezligiga bog'liq.

To'qimalardagi qon aylanish mahalliy mexanizm bilan boshqariladi, ya'ni mushaklar qisqarishi va metabolitlar (kinin, bradikinin va ferratin) hisobiga ham amalga oshiriladi.

Organizm a'zolaridagi qonning oqish tezligini oshirish yoki kuchaytirish ikki xil yo'l bilan amalga oshiriladi: birinchisi — qon bosimini oshirish, ikkinchisi — tomirlar qarshiligini kamaytirish. Eng katta qarshilik arteriolalarda bo'ladi. Qonning reologiyasini yaxshilash bilan ham organizm a'zolarida qon aylanishini yaxshilash mumkin.

Arteriya-vena shuntlari yoki anastomozlari arteriya qonini vena qoniga o'tishida terminal holatlarda paydo bo'ladigan organizmning himoya usullaridan biri hisoblanadi. Qon kapillarlarga kirmasdan qon aylanishini tashkil qiladi yoki boshqariladi, chunki a'zoga og'ir holatda zudlik bilan qon kerak, kapillarlarning funksiyasi esa izdan chiqqan. Ana shunday holatlarda shuntlar paydo bo'lib, qon aylanishi davom etadi. Mikrosirkulatsiya sistemasi ishlayot-ganini bilishning quyidagi usullari mavjud.



Kapillaroskopiya. Kapillaroskopiya apparati bilan kapillar-lardagi qonning aylanishi ko'rib boriladi. Organizmning teri harorati bilan to'g'ri ichak harorati orasidagi farqni aniqlash orqali mikrosirkulatsiyani tekshirish mumkin. Bu farq 2—3 g.ni tashkil qiladi. Bu farq undan ko'p bo'lsa, mikrosirkulatsiya yaxshi emasligidan darak beradi. Oq dog'lar, tirnoqlar va barmoqlardagi sovuqlik, bosib ko'rganda qonning bo'lmasligi, ko'karish holatlari va hokazolar mikrosirkulatsiya yaxshimasligidan dalolat beradi.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin