. Maqsadingiz sari yurishda davom eting, faqat yo'ldan burilmaganlarnigina ko'pincha omad eng yaqin burilishda kutib turadi.
1. To‘garak (1) yassi (2) va halqali(3) chuvalchanglar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan?
a) qadimgi yassi chuvalchanglardan; b) qadimgi bo‘shliqichlilardan; c) erkin yashovchi qadimgi yassi chuvalchanglardan;
A) 1-a; 2-b;3-c B) 1-a,2-c;3-b
C) 1-b,2-a, 3-c D)1-c,2-a,3-b
2. To‘garak chuvalchanglarning yassi chuvalchanglardan asosiy farqlarini belgilang?
1) ayrim jinsli; 2) so‘rg‘ichlari mavjud; 3) ichagi berk; 4) yopishuv organlari rivojlanmagan; 5) anal teshigi mavjud; 6) germafrodit
A) 1,2,6 B) 2,4,5 C) 1,4,5 D) 3,5,6
3. Tasmasimon chuvalchanglar nimadan kelib chiqqan?
A)qadimgi xivchinlilardan
B) kiprikli chuvalchanglardan
C) qadimgi yassi chuvalchanglardan
D) erkin yashovchi yassi chuvalchanglardan
4. Tasmasimon chuvalchanglarning kuchli taraqqiy etgan organlar sistemasini belgilang.
A) hazm qilish B) jinsiy
C) nafas olish D) qon aylanish
5. Tanasi kipriklar bilan qoplangan organizmlarni ko‘rsating?
1) nozema 2) evglena 3) tufelka 4) oq planariya 5) volvoks 6) jigar qurtining tuxumdan chiqqan lichinkasi 7) jigar qurtining suv shillig‘I tanasidan chiqqan lichinkasi
A) 1,2,3,4 B) 3,4,5 C) 3,4,6 D) 3,4,6,7
6. Tanasi kutikula bilan qoplanmagan organizmlarni ko‘rsating?
1) nereida
2) o‘troq dengiz chuvalchangi 3) exinokokk 4) jigar qurti 5) bolalar gijjasi 6) oq planariya
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 3,4,5 D) 1,2,6
7. Tana shakli bargsimon, ikki so‘rg‘ichli lichinkasi shilliq qurtning tanasida, voyaga yetgan shakli o‘txo‘r hayvonlarning hazm qilish a'zosida parazitlik qilib yashaydi. Bu belgilar qaysi parazitga xos?
A) exinokokk
B) mushuk so‘rg‘ichi
C) jigar qurti
D) planariya
8. Tana bo‘shlig‘I ichak vazifasini bajaruvchi organizmlarni ko‘rsating?
1) oq planariya 2) jigar qurti 3) gidra 4) askarida 5) medusa 6) aktiniya 7) yomg‘ir chuvalchangi
A) 1,2,3 B) 3,5,6 C) 3,4,5,6 D) 1,2,6,7
9. So‘rg‘ichlilarning parazitik hayot kechirishga qanday moslanishlar paydo bo‘ladi?
a) 2ta so‘rg‘ichlari bo‘lishi; b) 4ta so‘rg‘ichlari bo‘lishi; c) ilmoqlarining bo‘lishi; d) ko‘p tuxum qo‘yishi A) b,c B) a,d C) c,d D) b,d
10. So‘rg‘ichlilarning tasmasimon chuvalchanglardan farqi?
A) qon aylanish sistemasi bor
B) nerv sistemasi rivojlangan
C) tanasida 3 xil muskullar mavjud
D) hazm qilish sistemasi bo‘ladi
11. Qaysi hayvonlarda teri-muskul haltasi halqasimon va bo‘ylama muskullardan iborat?
A) yassi chuvalchanglar
B) tugarak chuvalchanglar
C) halqali chuvalchanglar
D) mollyuskalar
12. Qaysi hayvonning og‘iz teshigi 3ta lab bilan o‘ralgan?
A) oq planariya B) qoramol tasmasimon chuvalchangi C) yomg‘ir chuvalchangi D) askarida
13. Qaysi olimlar o‘simlik gelmintlarini (1) va yovvoyi hamda uy hayvonlarning gelmintlarini o‘rganishgan?
a) A.Tulaganov; b) m.Sultonov; c) J.Azimov; d) E.Ergashev.
A) 1a,b, 2c,d B) 1a; 2b,c,d C) 1c,d,b;2a D) 1c, a; 2b,d
14. Qaysi parazit hayvonning o‘lchami 30-40 mm bo‘ladi?
A) exinakokk B) gijja C) jigar qurti D) urg‘ochi askarida
15. Qaysi parazitning tuxumlari iflos qo‘l orqali yana ichakka tushib qolsa, qaytadan rivojlana boshlaydi?
A) jigar qurti B) exinokokk
C) gijja D) bo‘rtma nematoda
16. Qaysi parazitning yopishuv organlari bo‘lmaydi?
A) jigar qurtining B) exinokokkning
C) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangining
D) askaridaning
17. Yassi chuvalchanglaming qaysi sinf vakillari erkin hayot kechiradi?
A) kipriklilar B) tasmasimonlar
C) so‘rg‘ichlilar D) Barchasi parazit
18. Yassi chuvalchanglar orasida eng qadimgi vakill?
A) trilobitlar
B) ichaksiz kiprikli chuvalchang
C) erkin yashovchi yassi chuvalchanglardan
D) ko‘p tukli chuvalchanglar
19. Yassi chuvalchanglar tipi, kipriklilar sinfiga mansub chuvalchang?
A) oq planariya B) exinokokk C) askarida D) jigar qurti
20. Yomg‘ir chuvalchangi qaysi chuvalchanglardan kelib chiqqan?
A) ko‘p tuklilardan B) kam tuklilardan C) dengiz chuvalachanglaridan D) yassi chuvalchanglardan
21. Yomg‘ir chuvalchanginiig halqasimon muskullari qisqarganda qanday o‘zgarish kuzatilishini bеlgilang.
A) tanasining uzunlashadi va ingichkalashadi
B) nafas olishi tezlashadi
C) tanasi katalashadi
D) qon tomirlarida qoyn oqishi tezlashadi
22. Yomg‘ir chuvalchangining pillasi uning qaysi qismidan ajralgan shilimshiq moddadan hosil bo‘ladi?
A) biriktiruvchi to‘qima hujayralaridan
B) jinsiy sistemasidan
C) ayirish naychalaridan
D) bеlbog‘chasidan
23. Yomg‘ir chuvalchangining qon aylanish sistemasiga xos bo‘lmagan belgi?
A) orqa va qorin qon tomirlar mavjud
B) yirik qon tomirlar halqa tomirlar orqali o‘zaro tutashgan
C) teri va ichak devorida ko‘p kapillar tomirlar bo‘ladi
D) 2 kamerali yurak
24 Olma o'simligida 40 ta birlamchi jinsiy hujayralaridan spermiylar hosil bo'lgan spermiylarning 40 % urug'lanishda qatnashgani ma'lum bo'lsa, tuxum hujayrani nechta spermiy urug'lantirgan
J:
25. Olchaning 50 ta birlamchi jinsiy hujayrlarasidan spermiylar rivojlandi. Spermiylarning 50 % urug'lanishda ishtrok etgani ma'lum bo'lsa, markaziy hujayrani urug'lantrilgan spermiylar sonini toping?
J:
26. Na'matak va atirgulda hosil bo'lgan hami spermiylar soni 800 ta bo'lsa, va na'matakni spermiylari soni atirgulni spermiylaridan 50 taga kam bo'lsa, atirgulda tuxum hujayrasini urug'lantirgan spermiylar sonini toping.
J:
27. Xerbatsium (2n=26 )g'o'zasida, urug'lanishida ishtrok etgan spermiylardagi xromasomalar soni 780 ta bo'lsa va 40 ta bilamchi jinsiy hujayrasidan spermiylar rivojlangan bo'lsa, g'o'zani urug'lanish foizini toping
J:
28. Tasmasimon chuvalchanglar sinfiga mansub bo’lmagan, faqat umurtqali hayvonlar tanasida parazitlik qiluvchi hayvonga xos belgilarni ajrating. a) oraliq xo’jayinga ega emas; b) tuproqda, dengizlarda hayot kechiradi; c) qon orqali o’pkaga boradi; d) maxsus sezgi organiga ega emas; e) uchta lichinkalik bosqichiga ega; f) amyoba, tufelka kabi soda hayvonlar kushandasi; j) iflos qo’ l orqali ichakka tushib qolsa, qaytadan rivojlanadi; k) shakli bargsimon
A) b, c, j B) a, d, f C) e, k D) b, d, f
29. Temurning ovqat ratsionida, oqsil miqdori uglevod miqdoridan 1,5 martta kam, yog' miqdoridan 2,8 martta ko'pligi ma'lum bo'lsa, ovqatdan ajralgan umumiy energiya 16828 kJ ga teng bo'lsa, uglevoddan ajralgan energiyani (kkal)da aniqlang.
A) 2050 kkal
B) 1950 kkal
C) 2255 kkal
D) 1845 kkal
30. Nodirning bir kunlik ovqat ratsioning 70 % ni uglevod, 20 % ini oqsil va 10 % ini yog' tashkil qilsa, va ovqat tarkibidagi biopolimer moddalar miqdori 720 grmni tashkil qilsa, Nodiring ovqati tarkibidagi uglevoddan ajralgan energiyani hisoblang
A) 2050
B) 2255
C) 2296
D) 2214