O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə51/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

Sinusli taxikardiya. Yuqorida aytib o'tilgan sabablardan tashqari, yurak-tomir kasalliklariga bog'liq bo'lmagan sabablar natijasida, ya'ni vegetativ asab sistemasining faoliyati buzilganda, mod-dalar almashinuvi jarayonlari buzilganda, gipertermiyalarda, ayrim dorilar (atropin, adrenalin, mezaton, dofamin, tiroidin) ta'sirida ham paroksizmal taxikardiya kelib chiqishi mumkin. Sinusli taxikardiya yurakning sinus chigalidan chiqqanligi sababli sinusli taxikardiya deb aytiladi. Bajariladigan muolajalar sinus chigalining ishini hisoblashga qaratilishi kerak. Davolash keltirib chiqargan sabablarga qarshi kurashishdan iborat bo'lib, yuqorida qayd etilgan dorilar qo'llaniladi.
Paroksizmal taxikardiya. Yurak ritmining talvasasimon buzilishi bo'lib, xuruj tez boshlanib, o'z-o'zidan tugashi ham mumkin. Xuruj paytida aritmiya bo'lmaydi, yurak qisqarishi xuruj paytida 180—200 dan ham oshib ketishi mumkin. Paroksizmal taxikar-diyaning bo'lmacha qorincha va artioventikular turlari mavjud. Bu turlarni aniqlashda

elektrokardiogrammadan foydalaniladi. Talvasa paytida yurak qorinchalari qon bilan yaxshi yoki to'liq to'lmaydi, tomir urishi ipsimon va yumshoq bo'ladi. Agar talvasa uzoqroq davom etsa, bemor hushidan ketishi va kollaps holatiga tushib qolishi mumkin. Organizmni sovuq ter bosadi, qon bosimi tushib ketishi mumkin, hatto jigar shishib yurak sohasida og'riq paydo bo'ladi. Paroksizmal taxikardiya og'ir holat hisoblanib, yurak infarkti, tromboemboliyaga olib keladi. Paroksizmal taxikardiya xurujidan keyin tromboemboliya sodir bo'lishi mumkin, chunki xuruj paytida yurak bo'lmachalarida tromblar paydo bo'lib, xurujdan so'ng ular ko'chishi ham mumkin.

Davolash. Davolashda ikki narsa maqsad qilib qo'yiladi: birinchisi — talvasani tezda qoldirish, ikkinchisi — xurujni keltirib chiqaruvchi sabablarning oldini olish. Talvasani qoldirish uchun mexanik usullar, ya'ni nafasni to'xtatib turish, yo'talni kuchay-tirish, qusish jarayonini qo'zg'atish, bo'yin tomirlarini massaj qilish, ko'z olmasiga bosish, qorin aortasini bosish va boshqalar qo'llaniladi. Dorilardan yuqorida qayd etilgan antiaritmik dorilar qo'llaniladi. Paroksizmal taxikardiyani davolashda dorilar aralashmasi katta yordam beradi. Bulardan tashqari, betta-blokatorlarni qo'llash foydali. Ular yordam bermasa, elektro-imtomir urishi terapiyasi qo'llaniladi.

Mersatil aritmiya yurak bo'lmachalari va qorinchalarining tartibsiz, kelishmagan holda qisqarishi natijasida amplitudasining o'zgarishi. Bu o'zgarish elektrokardiogrammada namoyon bo'ladi. Aritmiyada yurak mushaklarida organik o'zgarishlar sodir bo'ladi, mitral klapanlarning stenozi, kardiosklerozlar, mio-karditlar kasallik kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Mersatil aritmiya yurak-tomir yetishmovchiligining og'ir formasiga olib keladi. Uni davolashda yuqoridagi dorilarni qo'llash zarur.

Bo'lmacha qorinchalar blokadasi. Bunda yurak urishi sekinlashadi. Yurak urishi bir daqiqada 20—40 tagacha tushadi, natijada qon aylanishining og'ir darajasi paydo bo'lib, miya qonsiz-lanadi va Morgani-Edimis Stoks sindromi paydo bo'ladi. Bunda bemor hushini yo'qotib, qaltiratuvchi tutqanoqlar paydo bo'ladi,

siydik va axlatning beixtiyor ketib qolishi holatlari kuzatiladi. Bemorning rangi oqarib, lablari ko'kargan, ko'z qorachiqlari kengay-gan bo'ladi. Bu turdagi yurak ritmining buzilishiga yurak infarkti, og'ir zaharlanish, yurakning o'tkazuvchan yo'llarining jaroliati, kaliy miqdorining kamayib ketishi va boshqalar sabab bo'ladi

Davolashda simpatik, parasimpatik asab sistemasiga ta'sir qiladigan dorilar (0,1 % li atropin, efidrin, mezaton, kaliy xlor, gormonlar) qo'llash maqsadga muvofiqdir. Albatta, birinchi navbatda, keltirib chiqargan sabablarni aniqlashva davo choralarini ko'rish lozim.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin