O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə57/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

Davolash. Asosan, bemorni tinchlantirishga harakat qilinadi, kechiktirmasdan yordam berish kerak. Bemor tinchlangandan keyin og'riqni qoldirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Og'riqni qoldirish maqsadida analgetik va narkotiklar; yurakning qisqaruvchan-ligini yaxshilash maqsadida elektrokardiogramma na-zorati ostida yurak glikozidlari (strofantin, korglyukon, selanid va boshqalar); qon bosimini ko'tarish maqsadida noradrenalin, mezaton va gormonlar (prednizalon, gidrokartizon) beriladi. Ishemiya va nekroz zonasida mikrosirkulatsiyani yaxshilash maqsadida reopoliglyukin; periferik tomirlar qarshiligini

kamaytirish maqsadida talamanol; yurak urishini yaxshilash maqsadida (agar bradikardiya bo'lsa, atropin) strofantin, kaliy preparatlari (kaliy xlor, panangin va h.k.) qo'llaniladi.



Miokard infarkti va uning asoratlarini davolashda antikaogu-lant terapiyaning ahamiyati kattadir. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, antikaogulantlar qo'llanilgandan keyin bilvosita ta'sir qiluvchi dorilarga o'tish shart, aks holda asoratlar kelib chiqishi mumkin.

Miokard infarkti asoratlaridan biri o'pka arteriyasining trom-boemboliyasi boiib, o'pka arteriyasi yoki uning tarmoqlariga tromblarning tiqilib qolishi natijasida vujudga keladi. Bu o'ta og'ir asorat bo'lib, uning kelib chiqishiga chanoq a'zolari, oyoq venalari va yurak o'ng bo'lmachasidagi tromboembolik jarayonlar ham sabab bo'ladi. Bundan tashqari, uzoq yotgan bemorlarni chiniq-tirmasdan tez ko'tarish ham antikaogulant terapiya asorati bo'lishi mumkin. Bu asorat og'ir kechib, klinik belgilariga qarab quyidagi formalarda bo'ladi:



  • yashin tezligida rivojlanadigan forma — bemorni bir necha daqiqa ichida o'ldiradi, chunki tromb o'pka arteriyasining asosiy stvolini berkitadi;

  • yarim o'tkir forma;

  • surunkali forma.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin