O‘ZBEKISTON RESPUBILIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA‘LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN
DAVLAT UNIVERSITETI
ARXIVSHUNOSLIK KAFEDRASI
KO‘PAYSINOV ISMOYIL AHMADJANOVICH
O’RTA OSIYODA PALEOGRAFIYA, EPIGRAFIKA
VA ME’MORCHILIK TARIXI
fanidan
seminar mashg‘ulotlar uchun
USLUBIY QO‘LLANMA
NAMANGAN – 2019
Mazkur uslubiy ko‘rsatma Tarix ta‘lim yo‘nalishining bosqichi talabalari
uchun tayyorlangan bo‘lib, u Namangan davlat universiteti
Ilmiy Kengashining
2018 yil 3 sentabrdagi 1-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan muvaqqat dastur asosida
tayyorlanagan bo‘lib, unda tarix ta‘lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi fanlarga oid
atamalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar berish belgilab berilgan.
Tuzuvchi: I. Ko‘paysinov
Taqrizchilar: A. Sarimsokov
Tarix fanlari nomzodi, dotsent
Z. Madrahimov
Tarix fanlari nomzodi, dotsent
Uslubiy ko‘rsatma Namangan davlat universiteti O‘quv-uslubiy
kengashining 2019 yilning 18 dekabrdagi 5-sonli yig‘ilishida
muhokama qilinib,
nashrga tavsiya etilgan.
Kirish
O‗zbekiston Respublikasi mustaqillik sharofati bilan o‗z taraqqiyotining
yangi davriga kirdi. Xalqimiz o‗zining boy tarixiy, madaniy va ma'naviy
merosining chin ma‘nodagi sohibiga aylandi.
O‘zbekiston hududidan topilgan poleagrafik ma‘lumotlar
va ularning
ahamiyati yurtimiz tarixi uchun qimmatli manbalar hisoblanadi. Yurtimiz
hududidan topilgan yozuv va harflarning grafikasi,
xususiyatlarini, harflarning
rivojlanishini, yozuvning o‗ziga xos xususiyatlarini o‗rganish, qo‗lyozmadagi
matnni xatosiz o‗qiy olish; qo‗lyozma manbaning yozilgan vaqtini aniqlash;
qo‗lyozma
yaratilgan hududni aniqlash; qo‗lyozma kim tomonidan yozilganligini
belgilash; qo‗lyozmaning asl nusxa yoki qalbaki ekanligini aniqlash kabilar
o‘rganiladi.
Yurtimiz hududidan topib o‘rganilgan
Epirafik manbalar ham bizga
qimmatli ma‘lumotlar beradi. Manbalardagi tosh, metall, sopol va me'moriy
yodgorliklarning u yoki bu qismiga yozilgan qadimiy va o‗rta asrlarga oid
yozuvlar (bitiklar)ni to‘plash, ularni tadqiq qilish, nashr etish va sharhlash bugungi
kun tarixchilari oldidagi dolzarb vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. Bu vazifalarni
epigrafik bilimlarni rivojlantirish orqali amalga oshirish zarurdir.
Mustaqillik sharofati bilan ming yillik me'morchilik
va shaharsozlik
tariximizni, hattoki borib ko‗rish ta'qiqlangan arxitekturaviy yodgorliklarni nafaqat
ziyorat qilishga, balki ularni o‗rganishga va restavratsiya qilishga ham keng
imkoniyatlar yaratildi. Vatanimizda qadim zamonlardan
boshlab yaratilgan nodir
me'moriy obidalarni, shaharsozlikning yaratilish tarixini,
qurilish usullari va
qoidalarini talabalarga xolisona o‘rgatish imkoniyati paydo bo‘ldi. ―O‘rta Osiyoda
paleografiya, epigrafika va me`morchilik tarixi‖ fani bo‘yicha tayyorlangan ushbu
uslubiy ko‘rsatma yuqorida aytib o‘tilgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda
muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.