1- mavzu: «O’rta Osiyoda paleografiya, epigrafika va me`morchilik
tarixi» fanining maqsad va vazifalari.
Reja:
1. O‘rta Osiyo tarixini o‗rganishda paleografiyaning tutgan o‗rni, maqsadi va
vazifalari.
2. O‘rta Osiyo tarixini o‗rganishda epigrafikaning
tutgan maqsadi va
vazifalari.
3. O‘rta Osiyo tarixini o‗rganishda me`morchilik tarixining tutgan o‗rni,
maqsadi, vazifalari, bugungi kundagi ahamiyati.
Maqsad:
Talabalarga
O‘rta Osiyo tarixini o‗rganishda paleografiya,
epigrafika va me`morchilik tarixining tutgan o‗rni, maqsadi, vazifalari va bugungi
kundagi ahamiyatini tushuntirishdan iborat.
Paleografiya so‗zi istiloh sifatida ikkita yunoncha so‗zdan tashkil topgan:
«palayos» – qadimgi va «grafo» – yozaman. Paleografiya fani qo‗lyozma
manbalarning tashqi belgi-xususiyatlarini tarixiy rivojlanishda o‗rganadi.
Paleografiya fani o‗rganadigan u yoki bu qo‗lyozma manbaning tashqi
belgi-xususiyatlari quyidagilardan iborat: qo‗lyozma harflari, bu harflarning
yozilish xususiyatlari, yozuv turi, qo‗lyozmaning materiali,
yozuv qurollari,
qo‗lyozmada ishlatilgan bezaklar, qo‗lyozma yozilgan siyoh, qo‗lyozmadagi
tamg‗alar, muhrlar, qo‗lyozmaning formati, qo‗lyozma muqovasi va boshqa tashqi
belgilar.
Paleografiyaning vazifasi quyidagilardan iborat: harflarning grafikasi,
xususiyatlarini, harflarning rivojlanishini, yozuvning o‗ziga xos xususiyatlarini
o‗rganish, qo‗lyozmadagi matnni xatosiz o‗qiy olish; qo‗lyozma manbaning
yozilgan vaqtini aniqlash; qo‗lyozma yaratilgan hududni aniqlash; qo‗lyozma kim
tomonidan yozilganligini belgilash; qo‗lyozmaning
asl nusxa yoki qalbaki
ekanligini aniqlash va hakozo.
Paleografiya ilmiy fan sifatida epigrafika, sfragistika, numizmatika,
xronologiya, shuningdek manbashunoslik fanlari bilan uzviy bog‗liqdir. Bu fanlar
bir-birini o‗rganishga yordam beradi va o‗zaro bir-birini to‗ldiradi.
Paleografiyaning ish uslubi: paleografiyaning uslubi asosida qo‗lyozmadagi
bir qator belgi-xususiyatlar, masalan, xarflarning grafikasi, yozuvda ishlatilgan
material, qo‗lyozmadagi bezaklar, qo‗lyozmani
yozishda ishlatilgan yozuv
qurollari ustidan o‗tkaziladigan kuzatishlar, shuningdek bu xususiyatlarning tarixiy
bir davr uchun o‗zaro mos kelish-kelmasligini aniqlash ham bu fanning ish
uslubiga kiradi.
Epirafika qattiq jismlar – tosh, metall, sopol va mye'moriy yodgorliklarning
u yoki bu qismiga yozilgan qadimiy va o‗rta asrlarga oid yozuvlar (bitiklar)ni
to‗plash, ularni tadqiq qilish, nashr etish va sharhlash bilan shug‗ullanuvchi
yordamchi tarix fanidir.
Epigrafika fan sifatida Yevropada Uyg‗onish davrida vujudga kelgan. Bu
esa antik davr tarixi, madaniyati, shuningdek Sharq mamlakatlari tarixi va
Bibliyaga bo‗lgan umumiy qiziqishning ortishi bilan bog‗liq edi. Epigrafikaning
dastlabki bosqichlarida u Italiyadan, Gresiyadan, Shimoliy Afrika mamlakatlaridan
va Palastindan topilgan, ya'ni lotin, grek, qadimgi yahudiy
va finikiy tillarida
yozilgan bitiklarnigina o‗rgangan. 18-19 asrlar davomida bu fan o‗zining
metodikasini ishlab chiqdi. Bunga binoan epigrafika fani bitiklarning qalbaki
emasligini aniqlash, undagi yozuvning xarakteriga qarab ularning bitilish sanasini
topish, ulardagi ramziy belgilarning ma'nolarini o‗rganish, qisqartmalarning
qanday so‗z ekanligini aniqlash kabi vazifalarni ham bajara boshladi. Epigrafika
fanining bu metodikasi yozuvning paleografik xususiyatlariga qarab, bitilmalarni
yozilish sanasini aniqlash, bitikdagi matnning o‗chib yoki yo‗qolib ketgan
qismlarini qayta tiklash imkonini yaratgan.
Samarqand shahrining 2750 yillik, Buxoro, Xiva
va Termiz shaharlarining
2500 yillik, Shahrisabzning 2700 yillik, Toshkent shahrining 2200, Marg‗ilon
shahrining 2000 yillik yubileylari nishonlandi. Buyuk sohibqiron va atoqli davlat
arbobi Amir Temur, jahonga mashhur vatandoshlarimiz Alisher Navoiy, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, al-Xorazmiy, Ahmad Farg‗oniy, Marg‗inoniy,
Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy, Abduxoliq G‗ijduvoniy, Najmiddin
Kubro, Imom al-Moturdiy, Jaloliddin Manguberdi
singari jahonga mashhur
kishilarning qadamjolari mamlakatimizning bosh me'mori – davlatimiz
Prezidentining tashabbuslari va rahbarliklarida zamonamizdan kelajak avlodga
meros bo‗lib qoladigan darajada restavratsiya qilindi, tubdan qayta qurildi va
yangidan tiklandi. 2007- yilda Islom madaniyatining poytaxti deb tan olingan
Toshkent shahrida ulug‗vor inshoot – Hazrati Imom masjidi bunyod etildi.
Zamonaviy materiallar va konstruksiyalar asosida, milliylikni o‗zida jo
etgan, umumiylik bilan uyg‗unlashgan ko‗plab turar-joy,
jamoat hamda sanoat
binolari va inshootlari qurildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish
yo‗lida mamlakatimizda yuksak me'morchilik san'ati darajasida akademik litseylar,
kasb-hunar kollejlari, maktablar, sport inshootlari, zamonaviy tibbiyot
muassasalari, yangicha qishloqlar yaratildi. Ko‗plab maydonlar, bog‗-rog‗lar,
oromgohlar xalqqa in'om etildi. Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, zavodlar,
fabrikalar ishga tushdi. Neft va gaz, gidrotexnika,
energetika inshootlari, yangi
yo‗nalishdagi avtomobil yo‗llari, temir yo‗llar, ko‗priklar, estakadalar va ko‗plab
boshqa turdagi inshootlar bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.
Yurtboshimiz tarixsiz kelajak yo‗qligini, vatandoshimiz Abdulla Qodiriy
ta'biri bilan aytganda, moziyga qaytib ish ko‗rmoq kerakligini e'tiborga olib talaba
yoshlarga me'morchilik, shaharsozlik va qurilish tarixini, ularning sir-asrorlarini
o‗rgatish maqsadga muvofiqdir.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli
ta‘lim, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.
Dostları ilə paylaş: