Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Ayollar! 
Uyning qulayligi erkakni uydan kyetishini «og‘irlashtiradi». Hadeb bir 
og‘aynilarini, bir hamkasabalarini va bir qarindoshlarini bahona qilib «qochish»ga 
harakat qilmaydi. 
Erkaklar! 
Siz ayollarga yaratib beradigan sharoit qiymatli bo‘lish shart emas, buni qo‘l 
bilan ham bajarasa bo‘ladi. Ayol kishining ishi qancha yengil bo‘lsa, uning fe’li ham 
har narsaga buzilavermaydi. Demak, sizning ham kayfiyatingiz yaxshi bo‘ladi. 
Ota

onalar! 
Bolalarni uyni boshqarishga jalb eting. Ular bunda paydo bo‘ladigan barcha 
muammolarni bilishlari va hal qilinish jarayonlaridan boxabar bo‘lishlari lozim. Bu 
bolalarning sizga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartiradi. O‘g‘il-bola, qiz-
bola deb ajratmaslik lozim. O‘g‘illarni katta bo‘lganda divandan tushmaydigan 
dangasalarga aylantirib qo‘yasiz. Katta bo‘lgan sari sekin-asta erkaklar qiladigan 


158 
ishlar – deraza sinsa, rom oshig‘idan chiqib ketsa, lampa kuysa va h. k. larga otalar 
o‘rgatib oladilar. Ungacha esa sizga va oilangizga yordamchi qilish kerak. Qizlarni 
esa uy tartibidan tashqari muomalaga, akasini yoki ukasini «ishlata» olishiga, tashqi 
ko‘rinishga e’tiborni qaragan ham yaxshi. Bolalar tarbiyasida ziyolilikka inrtilish 
katta ahamiyat kasb etadi. Ota-onalarni qanday sohada va qanday ma’lumotga egaligi 
emas, balki qay darajada ziyolilikka intilishi muhimdir. Bolalar va ota-onalarning 
ilmdan, yangiliklardan doimo xabardor bo‘lishi bolalarni tushunishga, bir oz 
zamonaviyroq bo‘lishga undasa, bolalarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi ota-
onalarning aytmoqchi bo‘lgan gaplarini aniqroq anglashga yordam berishini 
unutmaslik zarur. 
Tartiblilik faqat harakat orqali emas – u tilda ham dilda ham bo‘lishi lozim. 
Erkaklar!
Bir yilda bir marotaba bo‘ladigan tug‘ilgan kunlarga bee’tibor 
bo‘lmang. Bu bilan erkaklar ayollarga bo‘ysunganini tan olmaydi, aksincha ayollar 
uchun bu – haqiqiy erkaklik xususiyatidir. Ko‘pchilik go‘yoki narsaga ko‘ngli 
bog‘langanmi yoki mengami, deb sinamoqchi bo‘ladilar. Ular qattiq adashadilar. 
Ko‘ngil moddiylikni ichida – ya’ni tanada yashaydi. Ularni ajratish, ularni o‘ldirish 
bilan barobar. Axir yigitlik chog‘ida sevgi izhor qilish yoki qizning qo‘lini so‘rash 
uchun gul ko‘tarib borar edingiz

ku! O‘zingizni o‘zingiz rad etmang. Bir og‘iz shirin 
so‘z va uch dona gul (ko‘proq bo‘lsa undan ham yaxshi) hech kimni o‘ldirmaydi. 
Muhabbat gulga o‘xshaydi. Uni parvarishlash lozim. Muhabbatga quyiladigan suv bu 
– e’tibordir. Ayolingizning sizdan ko‘ngli qolishi oilani buzishgacha olib kelishi ham 
mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin