Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

«chaqilgan»
kishi sizni kechirishi mumkin. Ammo qalbiga otilgan bu 
«nayzaning»
izi o‘chishi qiyin. Bundan siz ham foyda ko‘rmaysiz. Va eng asosiysi, 
erkaklar uchun: rafiqasi bilan bo‘lgan har mojaroda ayolni o‘ziga qaratadigan 
«Azizam»
degan murojaati masalani ijobiy tus oldirishi mumkin. Ammo erkaklarning 
bunday so‘zlarni ishlatishlari nihoyatda kam uchraydi.
Uy.
O‘zbek xalqida «O‘z uyim o‘lan to‘shagim!» degan maqol bejiz emas 
albatta. Butun umrimizni yashash joymizni chiroyli va qulay qilishga intilamiz. 
Shuning uchun ishlaymiz, tejaymiz. Zero, o‘zbek xalqi mehmondo‘st xalq. Birov 
kelsa, uyat bo‘lmasin qabilida tirishib-tirmashadi. Chunki uyga kelgan mehmon 
mezbonning uy tutishidan uning kimligini bilib oladi. Ammo eng katta muammo 
uyga kelin kelganda boshlanadi. O‘zining hayot tarzi va tartib qoidalari bilan kelar 
ekan, bu bilan bevosita paydo bo‘lgan mayda ziddiyatlar, tushunmovchiliklarni 
chetlab o‘tish juda qiyin. 
Xo‘sh qanday qilib bu masalani hal qilish mumkin? 
Buning uchun avvalambor uyning o‘zi toza va batartib bo‘lishi lozim. Barcha 
narsalarning o‘z joyida turishi va hamma bu tartibga amal qilishlari lozim. Ertalab har 
joyda yoyilib yotgan narsalar kayfiyatni ko‘tarmasligini o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. 
Yaxshi osilmagan yoki taxlanmagan ko‘ylak er-xotini asabini buzsa, joyiga 
qo‘yilmagan narsalar qaynona-qaynotani sizdan norozi bo‘lishiga sabab bo‘lishi 
mumkin. 
Uydagi tartib faqat ayolga bog‘liqmi? 
Ham to‘g‘ri ham noto‘g‘ri. Qadimdan erkak oilasini boqish uchun ko‘chaga 
chiqar, ayol esa – uyga, bolalar tarbiyasiga qarar edi. Hozirgi davrga kelib esa

Halol oila ro‘zg‘orini tebratish uchun bir erkakning ishlashi yetarli emas. Talablar 


156 
o‘zgargan. Hozirda bir farzandning o‘zini kelajagini qurish uchun faqat to‘qqiz yillik 
o‘qishnining o‘zi yetarli emas.
Uyimizning ichki ko‘rinishi, tabiiyki bizning odatimiz va didimizga bog‘liq. 
Asosiysi, biz va oila a’zolarimiz o‘zini qulay va shinam joyda his qilishni ko‘zda 
tutish lozim. Shunga qaramay sizni e’tiborga olinadigan bir qancha masalalar bor. 
Aytaylik, uyni narsalar bilan to‘ldirib tashlab, uni magazinga o‘xshatib qo‘ymaslik 
lozim. 
Uyni yasatish va saranjomlashda derazalarga alohida e’tibor berish kerak. 
Xohishga qarab ular orqali xonani kengaytirishi yoki, aksincha kichraytirish mumkin. 
Derazalarni jonli rasmga aylantirish mumkin. Yoki ularni musavvirlik bilan 
drapirovka bilan berkitish mumkin... Har qanday holatda ham derazalar sizni butun 
olam bilan bog‘lab tursin va uyga imkoni boricha ko‘proq toza havo kiritib turish 
kerak.
Agar farzandlar bo‘lsa (ayniqsa, go‘daklar), bolalar yashayotgan joyda mebel 
jihozlari va uyning umumiy saranjomligi, kichik odamchalarning erkin harakatlanishi 
va tabiiy o‘sishiga halaqit bermasligi lozim. Diqqat qiling: agar siz bolalarga haddan 
ziyod tanbehlar berayotgan bo‘lsangiz, (Tegma! Chiqma! Yugurma! va h.k.) aybdor 
bola emas, mebel joylaShuvining o‘quvsizligi (yoki sizning qobiliyatsizligingizdir). 
Har qanday uyda asosiysi har holda narsa emas (qanday qiymatga ega bo‘lishidan 
qat’iy nazar) – inson. Shu bilan birga o‘zingiz, yaqinlaringiz, qariyalaringiz, 
farzandlaringiz ham. Buni yoddan chiqarmaslik muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tanishlarni uydagi boylik va qimmatli jihozlar bilan to‘ldirib hayratga solishga 
intilmagan ma’qul. Qimmatbaho va zamonaviy jihozlar uyda doimo shinamlikni 
tug‘dirmaydi. Ba’zida buning aksi bo‘lishi ham mumkin. 
Boshqa tomondan esa, uyni eski narsalar bilan to‘ldirib tashlamaslik ham lozim. 
Ayniqsa, agar ulardan anchandan beri foydalanilmayotgan bo‘lsa. Hech bo‘lmaganda 
bir yilda bir marotaba uyni eski kerakmas narsalardan bo‘shatib turish maqsadga 
muvofiq. 
Oshxona, vannaxona va hojatxonani alohida tozalikda saqlash lozim. 
Har qanday uyni gullar go‘zallashtiradi. Ayniqsa, yangi uzilgan, chiroyli 
tanlangan guldastalar, quruq o‘t va gullar majmuasi, turli xonadon gullari bo‘lsa nur 
ustiga a’lo nur. Bu yerda xayolotingizning imkoniyatlari cheksizdir. Ammo gullar 
boshqa barcha narsalar kabi uyda ozodalik, e’tibor va parvarishni talab qiladi. 
Faqatgina ulardan haqiqiy xayolot va san’at asari darajasiga ko‘tarila oladiganigina 
xonangizni yasatishi mumkin. Lekin oshirib yubormaslik ham joiz. 
Uy hayvonlari – akvarium baliqlari, muShuk, qushlar va h.k. – nafaqat uyni 
o‘zgartirib yuboradi, iliqlik va jon bag‘ishlaydi, balki o‘ziga xos tarzda uyga oro 
beradi (gullar kabi). Ammo jonzotlar bo‘lgan uyda yoqimsiz hidlarning bo‘lishi 


157 
yomondir. Uy hayvonlari va uning egalarining doimiy ifloslik va betartiblikda 
bo‘lishi undan ham yomonroq.
Ko‘pchilik erkak ayollar «yaxshi pul topa boshlasalar» oilani boshqaruvining 
o‘z qo‘llariga oladilar degan hadik mavjud. Bo‘lmagan gap. Bu erkakka bog‘liq. 
Mamlakatimizda ayol kishining daromadi qanchaligidan qat’i nazar uning buromadi 
bilan erkak shug‘ullanadi. Boshliq ham u. Lekin bu degan ayolning ishga «sho‘ng‘ib» 
kyetishi degani emas. Ayolning ishi oilaga xalaqit bermasligi lozim. Bolalarni ozoda 
bo‘lishga, batartib ish yuritishga, munosabatlar – bularni rivojlantirishning barchasi 
ayolning zimmasida. Erkaklar esa «ishlab keldim» deb, faqat shoir iborasi bilan 
aytganda «tirik hamyon» vazifasini o‘tashi yaxshi emas. Bu ayolni ham jismonan 
ham ruhan toliqtiradi. Uydagi og‘ir ishlar, bozor-o‘char ko‘proq erkakning 
zimmasida. Agar bunga imkon topa olmasa, ayol uchun sharoit yaratib berish lozim.
Texnik masalalarda – issiq va sovuq suv, ayolga yordamchi mashinalar – go‘sht 
maydalagich, kir yuvadigan mashina va h.k. Zero, ular ketadigan vaqt hamda 
mehnatni tejaydi. Ammo ularning yo‘qligi ozodalik va tartiblilikni bo‘lmasligi degani 
emas. Har qanday sharoitda yashayotgan ayolning uyiga kirib borgan kishi uning 
sharoitiga emas, uy tutishiga baho beradi. Barcha narsalar va sharoit mavjud bo‘lgan 
uydan ko‘ra, kichkina xonalar bo‘lsa ham odmigina sharoitsiz uy ham chiroyliroq 
ko‘rinish kasb yetishi mumkin. Shu sababdan, ba’zida uyingizga kirgan mehmonlar 
«uyingiz shinamgina ekan

a?!» dyeyishlari bejiz emas. Ammo faqat «odamlarning 
ko‘ziga» uyni tutish yaxshi emas. U yerda siz yashaysiz. Hurmat avvalambor o‘zdan 
boshlanadi. Avvalambor, o‘ziga va oilasiga qulaylik tug‘dirgan odamdan oqil odam 
yo‘q. 
Batartib oilada yashagan bola ham ozoda bo‘ladi. U ota-onasidan qanday qilib 
kelishuv asosida oila boshqarishni o‘rganadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin