Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Shu jihatdan ham, mehmon hamda mezbon oldiga etiket quyidagi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Shu jihatdan ham, mehmon hamda mezbon oldiga etiket quyidagi 
talablarni qo‘yadi: 

Mehmon uchun joyni to‘g’ri tanlash bu – ularni kamroq bezovta qiladigan 
hamda ular uchun qulay bo‘lgan joydir. Ya’na e’tiborli joy uy egasini chap 
yoki o‘ng tomonida ham bo‘lishi mumkin. 


188 

Uy bekalari stol chekkasida, ba’zi-ba’zida oshxonadan xabar olib kelish 
uchun chiqishga qulay bo‘ladigan joyda o‘tiradi.

Uchrashuv tashkilotchisi va uy egasining vazifasi mehmonlarda do‘stona 
munosabat hamda yaxshi kayfiyatni vujudga keltirishdir.

Stolga o‘tirgach gavdani to‘g‘ri tutishga harakat qilmoq lozim. Stulda 
cho‘zilmasdan, bir oz suyangan holda o‘tirgan ma’qul. 

Mehmonlarni yashash tarzi, yoshi, faoliyatiga qarab dasturxon uchun mebel 
jihozini tanlagan ma’qul: agar xontaxta o‘tirishga o‘rgangan mehmonlar 
ko‘pchilikni tashkil qilsa, ko‘p hollarda qarindoshlarni kutganda, xontaxtadan 
foydalangan yaxshi. Ishxonadan, yoshlar, umuman xontaxta atrofida 
o‘tirishga o‘rganmagan mehmonlar uchun stol yaxshi. Albatta bunda moddiy 
imkoniyatlar ham nazarda tutiladi. Agar sharoitingiz bo‘lmasa, qariyalarga 
yumshoq kursi taklif qilgan ma’qul. 

Tirsak stolga qo‘yilsa, yonveridagilarga xalaqit beradi.

Likopchaga haddan tashqari egilib ovqatlanilmaydi. 

Sochiqni tizzaga yoyib olgan ma’qul. Qo‘l va lablarni qog‘oz salfetkalar bilan 
artgan yaxshi.

Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng sochiq stolga qo‘yiladi.

Ovqatni uy bekasining o‘ng tarafida o‘tirgan ayoldan boshlab uzatiladi. 

Ovqatni sizga yoqmagani yoki to‘g‘ri kelmasligini bahona qilib taomdan voz 
kechilmaydi. Raddiya zarur bo‘lsa, uzoq tushuntirishlarsiz, odob bilan buni 
bajarish lozim. O‘zbeklarda nomiga qoshiqni og‘izga olib, tashakkur bildirib 
qo‘yiladi.

Agar qoshiq yoki sanchqini tushirib yuborsangiz, uni olishga harakat 
qilmaslik kerak. Boshqa tozasini so‘rash joiz. Ovqatlanayotgan paytda 
sanchqini chap, pichoqni o‘ng qo‘lda ushlaydilar.

Kichik barmoqni yuqoriga ko‘tarib, qolgan barmoqlar bilan qoshiq yoki 
Shunga o‘xshash narsalarni ushlash yaxshi emas. Qoshiqni birovga 
uzatayotganda o‘rtasidan ushlagan holda berish lozim. Qo‘ldan olganda esa 
qoshiqni ushlaydigan joyidan oladi. 

Issiq ovqatni yo ichimlik puflab ichilmaydi. Chapillatib eyilmaydi. 
Xo‘rrilatish ham adabsizlik sanaladi. Yaxshi tarbiya ko‘rgan kishi ovoz 
chiqarmasdan, 
tinchgina, 
bamaylaxotir, 
shoshilmay 
va 
shalpaymay 
ovqatlanadi. 

Umumiy ovqatdan eng katta bo‘laklarni olib yyeyish yaxshi emas. Faqat 
oldidan olib yegan ma’qul.

Og‘izni to‘ldirib yyeyish yoki katta tishlamagan yaxshi. Ovoz chiqarib 
yemaslikka harakat qilish, og‘izni yumib chaynash lozim.


189 

Dasturxonda siz uchun kerak bo‘lgan narsaga cho‘zilib intilmay, uzatib 
yuborishni iltimos qilish lozim.

Og‘zingizni kuydirib olsangiz, ketidan sovuq suv ichib yuborish joiz. Bundan 
boshqacha harakatlar noo‘rin. 

Og‘zingizga tushgan nobop taom, qanchalik ko‘ngilni buzmasin, uni chaynab 
yutish shart. Imkon bo‘lmasa bildirmasdan, undan «qutulish» kerak. Og‘izdan 
faqat baliq qiltanoqlari yoki mevani danaklarigina chiqishi mumkin.

Agar tuzdonda qoshiq topilmasa, tuzni pichoqni uchida olib ishlatish mumkin. 
Bunda pichoq albatta, quruq va toza bo‘lmog‘i darkor.

Ovqatlanish vaqtinchalik to‘xtatilganida, qoshiq va sanchqilar asbobi kosani 
ustiga qanday ushlangan bo‘lsa Shunday qo‘yiladi. Kosaning ustiga 
ushlagichi bilan bir-biriga parallel qo‘yilgan anjomlar kosani almashtirish 
yoki yig‘ishtirib olish mumkin ekanligini bildiradi.

Uy egasi hammadan oldin boshlab, hammadan keyin ovqatlanishni to‘xtatadi. 
Ayniqsa, agar u oxirgi taom bo‘lsa, boshqalar tugatishini kutib turish lozim.

Dasturxon ustida chekilmaydi. Agar erkak kishi dasturxondan turishni istasa, 
ruxsat so‘raladi. 

Bayram oldi dasturxon atrofiga faqat yoshi kattaroq bo‘lgan bolalarni 
o‘tqizgan ma’qul. Bunda ular barchadan oldin dasturxonga qo‘l uzatishlari 
joiz emas, hamda kattalar boshlab bergandan keyin boshqalarni taklif 
qilgandan so‘ng taomni boshlagan ma’qul.

Bundan tashqari, kattalar bilan dasturxon atrofida o‘tirgan bolalar madaniyatli 
bo‘lgan kattalar kabi umumiy qoidalarga bo‘ysungan holda o‘zlarini tutishlari 
lozim.

Mehmonlar kelgandan so‘ng mezbon televizorni o‘chirib qo‘ygan ma’qul. 
Faqat ba’zi holatlardagina mehmonlarga barcha yig‘ilgunga qadar qiziqarli 
ko‘rsatuvni ko‘rishni tavsiya yetish mumkin. Mehmonlar bu taklifingizga 
nisbatan e’tiborsizlik bildirsalar, bu fikrdan qaytgan ma’qul.

Uy 
bekasi 
kunini 
oshxonada 
o‘tkazmasligi 
kerak. 
Oldindan 
mehmondorchilikka tayyorlanib qo‘yish lozim. Mehmonlar bilan bir oz 
o‘tirish darkor.

Idish yuvishni keyinga qo‘yish kerak. Bunday paytlarda unga dugonasi, yoqin 
qarindoshi yoki turmush o‘rtog‘i yordam berishi mumkin.

Uyga mehmonlar tashrif buyurganlarida uzundan-uzun telefon suhbatlarini 
qurish. Uy egalari dasturxon atrofida nafaqat tashkiliy jihatdan, balki 
munosabat olib borish jihatdan ham ustamon bo‘lishlari lozim.

Ular biror bir o‘tirganlarning befarosatligi tufayli vujudga kelgan noqulay 
holatlarga barham bergan holda, hajviyalarni haddan tashqari chegaradan 
chiqmasligini ham kuzatib turishlari kerak.


190 

Ular mehmonlarning har biriga alohida e’tibor bilan qarashlari lozim.

Uy bekasi tomondan tayyorlangan taomni tanqid qilish mumkin emas. Biroq 
maqtash – shart.

Dasturxon atrofida kasalliklar va ko‘ngilsiz narsalar haqida gapirilmaydi.

Sizdan uzoqroq joylashib olgan odam bilan, suhbat olib bormang, unga 
yaqinroq o‘tirib olish imkoniyatini kutish mumkin. 

Qiziqarsiz va boshqalarga tushunarsiz bo‘lgan mavzularni chetlab o‘tgan 
ma’qul.

Kyetishdan avval yaxshi mehmondorchilik va qiziqarli o‘tkazilgan vaqt uchun 
uy egalariga minnatdorchilik bildirib qo‘yishni kanda qilmaslik lozim.

Boshqalardan avvalroq turib ketmoqchi bo‘lsangiz, bildirmasdan chiqib 
kyetishga harakat qiling. Uy egalaridan uzr so‘rab xayrlashiladi.

Mehmondorchilikda yarim tungacha qolib, o‘tirib qolmang. Ayniqsa agar 
mezbonlarning farzandlari bo‘lsa.

Mehmonlar ketgandan so‘ng xonani kuzatib chiqib, imkon qadar tartib bilan 
yig‘ib qo‘yish lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin