Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
169

yo‗g‗on (Thick) kabel, diametri 1 sm atrofida, ancha qattiq, bu turdagi 
kabelni zamonaviy ingichka kabellar bozordan siqib chiqarmoqda.
Ingichka kabellar kam masofalarga axborot uzatishda yo‗g‗on kabellarga 
nisbatan ko‗p ishlatiladi, chunki ularda signal so‗nishi ko‗proq. Lekin ingichka 
kabel bilan ishlash ancha qulay, tez har bir kompyuterga o‗tkazish mumkin. 
Yo‗g‗on kabelni xona devorlariga bir vaziyatda aniq mahkamlab qo‗yishni taqozo 
qiladi. Ingichka kabelga BNS turidagi razyomni ulash qulay va qo‗shimcha 
moslama talab qilinmaydi, lekin yo‗g‗on kabelga ulanish qimmat moslamalardan 
foydalanishga to‗g‗ri keladi, chunki markaziy mis simga yetish uchun 
qoplamalarni teshib o‗ta olish, hamda himoya sim to‗qima (ekran) bilan ham 
ulanish lozimdir. Yo‗g‗on kabel ingichka kabelga nisbatan narxi ikki barobar 
qimmat. Shu sababli ingichka kabellar ko‗p qo‗llaniladi.
Xuddi o‗ralgan juftli kabellar singari koaksial kabellarda ham tashqi 
qoplama turi muhim ko‗rsatkich bo‗lib hisoblanadi. Xuddi shuningdek, bu 
vaziyatda ham non-plenum (PVC) va shuningdek, plenum kabellari ishlatiladi. 
Tabiiyki, teflonli kabel polivinilxloridli kabelga nisbatan qimmat. Odatda qoplama 
turini uning rangiga qarab ajratish mumkin (Masalan, Belden firmasining PVC 
kabellari uchun sariq rang, teflon qoplama uchun qovoq rang). Koaksial kabellarda 
signal tarqalishining ushlanishi ingichka kabel uchun 5 ns/m ni tashkil qilsa
yo‗g‗on kabel uchun 4,5 ns/m ni tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda koaksial kabellar eskirib qolgan deb hisoblanadi va 
ko‗pchilik hollarda ularni to‗liq o‗ralgan juftli kabellar bilan yoki shisha tolali 
kabellar bilan almashtirish mumkin. Kabel tizimlari uchun mo‗ljallangan yangi 
standartlarga endi koaksial kabel turlari ro‗yxati kiritilmagan.



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin