Yuqori bosqich osti
(LLC-Logical Link Control, verxniy poduroven) - bu
bosqich osti mantiqiy ulashni amalga oshiradi, ya‘ni virtual aloqa kanalini
o‗rnatadi (uning vazifasini bir qismini tarmoq adapterlarining drayver dasturi
bajaradi).
Quyi bosqich osti (
MAC-Media Access Control, nijniy poduroven
) –
bu
bosqich osti aloqa uzatish muhiti (aloqa kanali) bilan to‗g‗ridan–to‗g‗ri ega
bo‗lishni amalga oshiradi. U tarmoq qurilmasi bilan to‗g‗ri bog‗langan.
OSI modelidan tashqari, 1980-yili fevral oyida qabul qilingan (802- soni yil,
oydan kelib chiqqan) IEEE Project 802 modeli ham mavjud. Bu modelni OSI
modelini aniqlashtirilgan, rivojlantirilgan modeli deb qarash mumkin.
218
Bu model aniqlashtirgan standartlar (802 – spetsifikatsiya, ro‗yxat) o‗n
ikkita toifaga bo‗linib, ularning har biriga nomer berilgan.
802–1 – tarmoqlarni birlashtirish.
802–2 – mantiqiy aloqani boshqarish.
802–3 – «shina» topologiyali CSMA/CD ega bo‗lish usuli mahalliy
hisoblash tarmoq va (Ethernet).
802–4 – «shina» topologiyali lokal tarmoq, markerli ega bo‗lish.
802–5 – «halqa» topologiyali lokal tarmoq, markerli ega bo‗lish.
802–6 – shahar tarmog‗i (Metropolitan Area Network, MAN).
802–7 – keng miqyosda aloqa olib borish texnologiyasi
(shirokoveshatelnaya texnologiya).
802–8 – optiktolali texnologiya.
802–9 – tovushni va axborotlarni uzatish imkoniyati bor integral tarmoq.
802–10 – tarmoq xavfsizligi.
802–11 – simsiz tarmoq.
802–12 – «yulduz» topologiyali markazni boshqarishga ega mahalliy
tarmoq (100 VG-Any LAN).
802.3, 802.4, 802.5, 802.12 standartlar OSI model etalonining ikkinchi (kanal)
bosqichiga qarashli MAC bosqich osti tarkibiga to‗g‗ri keladi. Qolgan 802 –
ro‗yxatlar tarmoqning umumiy masalalarini hal qiladilar.[9],[12]
|