229
qabul qilingani haqida tasdiq bitini o‗rnatadi va marker paketni halqa bo‗ylab
uzatib yuboradi.
4.
Axborot uzatgan 1-abonent butun halqa bo‗lib aylanib chiqqan o‗z
paketini oladi va markerni bo‗sh deb belgilab, tarmoqdan o‗z paketini chiqarib
tashlaydi va bo‗sh markerni halqa bo‗ylab uzatib yuboradi. Axborot uzatishni
xohlagan abonent bu bo‗sh markerni kutadi va yana hammasi qaytadan bayon
etilgan ketma-ketlikda davom etadi.
Nimasi bilandir ko‗rib chiqilgan usul so‗rov (markazlashtirilgan) usuliga
o‗xshash, vaholanki bu yerda aniq ajratilgan markaz yo‗q. Lekin qandaydir markaz
odatda bari bir ishtirok etishi lozim: abonentlardan biri (yoki maxsus qurilma)
halqa bo‗ylab marker harakat qilganda u yo‗qolib qolmasligini nazorat qilish kerak
(masalan, qaysidir abonentning ishdan chiqishi sababli yoki to‗siqlar tufayli). Aks
holda tarmoqqa ega bo‗lish mexanizmi ishlamaydi. Buning natijasida
boshqarishning mustahkamligi bu holda kamayadi (markazning ishdan chiqishi
axborot almashinuvini to‗liq izdan chiqaradi), shuning uchun odatda markazning
mustahkamligini oshirishning maxsus usullari qo‗llaniladi.
CSMA/CD usulidan ko‗rib chiqilgan usulning afzalligi shundan iboratki. Bu
yerda tarmoqqa ega bo‗lish vaqtining qiymati kafolatlangan. Uning kattaligi (N–
1)
*
t
pk
ni tashkil qiladi. Bu yerda N–tarmoqdagi abonentlarning to‗liq soni, t
pk
–
paketni halqa bo‗ylab o‗tish vaqti.
230
3.17–rasm. Almashinuvni marker usuli yordamida boshqarish (BM–bo„sh
market, YUM–yuklangan marker, TM – bandligi tasdiqlangan marker,
AP – axborotlar paketi).
Tarmoqda axborot almashinuvining intensivligi katta bo‗lgan taqdirda
tasodifiy usulga nisbatan markerli boshqarish usuli ancha unumdorligi yuqori
bo‗ladi (tarmoq yuklanganligi 30–40 % dan ko‗p bo‗lganda). U usul tarmoq
yuklamasi katta bo‗lganda ham ishlash imkonini beradi.
BM
2
4
1
3
1
2
4
1
3
2
2
4
1
3
3
2
4
1
3
4
BM
AP
TM
AP
YM
|